Hurmatli ota-onalar, ustozlar va oʻquvchilar!
Har bir murojaat koʻrib chiqiladi. Bejizga murojaat qilish uchun 20:00 gacha (14 soatdan oshiq) vaqt berilmadi. Keyin izohga emas (
comment lar koʻrib chiqilmaydi) aynan
@khiso_admin ga yozing deyildi. Murojaat yozgandan keyin kuting. Navbat bilan hammasi koʻrib chiqiladi.
Har qanday xalqaro olimpiadalarda
apell
yatsiya jarayonlar mavjud va eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. “Adminga yozdim javob bermayapti” deb oʻylash kerak emas. Ketma-ketlik bilan har bir murojaat oʻrganib chiqiladi va hal qilinadi, birinchi bor olimpiada oʻtkazishimiz emas doʻstlar!
Video yechimlarni e’lon qilishimiz, savollarni sizlarga berib yuborishimiz bizning shaffof va adolatli ishlashga maksimal harakat qilishimizni bildiradi. Aynan oʻzimiz bundan manfaatdormiz. Natijalar e’lon qilingani haqida (telefon raqam yozib roʻyxatdan oʻtgan) barchaga sms xabarnomani ham barcha maksimal xabar topishi uchun yubordik.
Shunday ekan havotirga oʻrin yoʻq. Yuqoridagi natijalar dastlabki natijalar, yakuniy natijalarl barcha murojaatlardan keyin e’lon qilinadi.
Rahmat kattakon eʼtirof uchun!
Eʼtirof uchun rahmat kattakon!
Hozircha faqat matematikadan. Keyinchalik boshqa fanlardan ham tashkil qilish reja qilinmoqda nasib qilsa!
Meni etirozim bor edi yani Samarqand viloyati ,,Malika education" da bulib utadigan olimpiadalardan, sababi har safar ,,Khiso" dayam copernicusdayam nazoratchilar uzining uquvchilariga yordam berish holatlari bulyapti . Kechagi safar ham uglim nazoratchi yordam berib utirdi deb chiqdi,uylovdimki copernikus sal jiddiyroq utqaziladi deb. Xattoki olimpiada jarayonida qatnashmagan uquvchisi 95 ball olib utiribti, qachongacha bu illatlar davom etadi?
Umid qilamanki etirozimni qabul qilib ijobiy tomonga hal qilasiz.