❓Xalqaro olimpiadalar FINAL bosqichiga qanday tayyorlansak bo‘ladi? 🏆📚📌Videoda xalqaro olimpiadalar FINAL bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar qaysi manbalardan tayyorgarlik ko‘rishlari mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berilgan. 🎯Hattoki ushbu manbalardan foydalanib,
11-yanvar kuni butun
Respublika bo‘ylab
oflayn tarzda o‘tkaziladigan
Copernicus xalqaro olimpiadasining 2-saralash bosqichiga ham tayyorlanishingiz mumkin.
💡✍️🗓11-yanvar —
8-KHISO olimpiadasi (matematika)🗓11-yanvar —
Copernicus xalqaro olimpiadasi (matematika)🌍Copernicus xalqaro olimpiadasining FINAL bosqichi yoz faslida Nyu-York va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tadi.✈️🇺🇸🇦🇪🎁Copernicus xalqaro olimpiadasiga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar shu kuni KHISO olimpiadasida BEPUL ishtirok etishlari mumkin.❗️Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish:🔣 offline.khiso.uz❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma (havola ustiga bosing!):📲 t.me/khiso/5059❗️Respublika bo‘ylab oʻtkaziladigan manzillar (khiso taplinkni ustiga bosing!):📌 khiso.taplink.ws❗️ Savollar bo‘lsa, murojaat qiling:
❓ @khiso_admin📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring:
➡️@khiso
Lekin kichik eʼtirozim bor. Meni 2 ta oʻquvchim USA OLYMPIAD ga qatnashib kumush va bronza olishdi. Oʻquvchilar medal olishni rosa xohlashgan edi. Telegram orqali adminga yozdim. Lekin adminda tushuntirishni bilish malakasi va mijoz bilan ishlash koʻnikmasi juda yomon. Medallarni qayerdan olamiz deb savol bersam, imtihon topshirgan joyingizdan degan javob keldi. Uyerga borilsa hechkim yoʻq. Soat nechada ekanligini ham aytmagan. Keyin yozsam 10 da imtihon boʻladi deb yozyapti. Mijozga mana shunday yondashiladimi? Oʻquvchilar keyingi olimpiadalarga qatnashgisi ham kelmay qoldi. Medal bermas ekan baribir deb. Bu medal hech qanday imtiyoz bermaydi. Lekin bola uchun yutuq. Bu murojaatim ham katta ehtimol bilan eʼtiborsiz qolishi mumkin. Lekin yozib qoʻyish vazifam deb bildim. Rivojlanishda davom etinglar
Qaysi hududda qatnashgansiz, farzandlaringiz ism-familiyalarini yozib qoldiring. Hammaning medali va diplomlari tayyorlanib yuborilgan bizda. Olishingiz ta’minlanadi, tushunmovchilik boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shu vaqtgacha hech kimning medali berilmay qolmagan va hech qaysi murojaat javobsiz qolmagan bizda.
Siz 9:15 da oldin olimpiada boʻlgan joyda hech kim yoʻqku deb yozgan ekansiz (21-dekabr kuni). Sizga xodimlarimiz “olimpiada 10:00 da” deb javob berishgan.
Bu yerda soat 10:00 da deb yozilganini sababi 9:15 da xodimlar boʻlmaganini sababi tushuntirilgan. Shu kuni ob havo sababli hamma hududda olimpiada va taqdirlash 1 soatga surilgan edi. Bu haqida kanallarimizda ham xabar bergan edik. Shu ma’noda javob berilgan.
Olimpiada kuni soniyasiga murojaat boʻladi, shu sabab qisqa javob berilgan. Iltimos keyingi safar nimadir tushunarsiz boʻlsa qayta aniqlik uchun yana savol bering. O’zingiz undan keyin hech narsa demabsiz, tushunmovchilik boʻlib qolgan xolos.