Yetti yildan beri taroveh namozini mahallamizdagi masjidda òqib kelaman. Bu yili ham shu yerda òqiyman deb niyat qilib qòygandim. Nimadur bòlib ishdan kechroq chiqib qoldim. Odatda tahoratda yurganim bois, tòģri masjidga yòl oldim. Namoz vaqtiga zòrģa yetib oldim. Yòlda oldingi safda qaniydi joy bòlsa degan hayol òtdi, chunki doimo avvalgi qatorlarda òqishga harkat qilganman. Bu safar hech bòlmasa ulgura olganimga shukur qilib eng orqa safda òqisam ham mayli deb masjid eshigidan kirishim bilanoq iqomat aytib qolindi. Bir kishi menga ishora qilib yoniga chaqirdi, tezroq bòl bitta joy bor deb ishora qildi. Men ham shoshgancha òsha tomonga yurdim. Allohning qudratiga tasbeh aytib qòydim... Sababi, aynan men hayolimdan òtkazgan joyning òzi edi, naq imomning orqasida, birinchi safda.
Taroveh namozlarida jamoat kòp bòlishini va aynan ushbu saf avval tòlishini inobatga olsak, bu juda nodir holat edi...
Tòģrisi , ajablanmadim, chunki qalb Allohning huzurida ekanligiga iymonim bor.
Yodimdan òtgani esa, Oli Imron surasining 13-oyati bõldi: "Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordur" bòldi.
Aytmoqchi bòlganim, Allohga bòlgan gumoningizni poklang, chunki U sizning gumoningizdadir, qalbingizdadir...