This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Юқоридаги ҳаётий воқеани ўқиб, бир ойча олдин UzReport каналидаги «Эркакчасига гаплашамиз» кўрсатувида айтган фикрларим эсимга тушиб кетди.

Халқимизда «Қиз бола ўқиса, шаҳар олиб берармиди» деган нотўғри фикр бор. Бу фикрни унутишимиз, муомаладан чиқаришимиз керак. Қизлар ота-онасига Жаннат олиб бериши мумкин-ку, шаҳар нима бўпти.

Қизларингизни албатта ўқитинг, илмга дўст қилинг. Ўқиган ва оқила қиз, ўқиган ва оқил фарзандларни тарбиялайди.


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 56 more comments
Sevib òqydi usha kasbni
👍👍👍👍
Хамма шундай фикрлагандами.... .
Канчадан канча истедодларимиз ярим йулда ишларини ташаб кетмаган буларди.😔😔😔
Ortiqov Olimjon
Пайгамбаримиз Мухаммад саллаллоху алайхи вассаллам айтган эканлар. Агар1та фарзандингни укитишга курбинг етса албатта кизингни укит.-деган гапларига купчиллигимиз ахамият бермай куйгандикда узи
Uzur Xushnud aka bu gapizga qo'shilolmadim birinchidan oliy ta'limda o'g'il bolalardan ko'ra qiz bola talabalar soni ko'p deb bilaman (balki xatodir shaxsiy fikrim bu chunki talabalik paytida qiz bola talabalar kopdek ko'rinardi) ikkinchidan qiz bolalarga dunyoviy ta'lim dan ko'ra islomiy ta'limni kuchatirishimz kk (bizda ko'pchilik musulmon bo'lgani uchun aytayapman kofir bo'lsa bilganini qilsin) ayolning birinchi vazifasi oilasini chiroyli qilib farzandlarini chiroyli tarbiya qilishdir. Plyus qiz bola shahar oberarmidi degan maqol yo'q shunchaki odamlar orasida uchrab turadigan ibora.
Абдуллаев Фарид ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
Qanday chiroyli gaplar🤙qizlarimizga chiroyli tarbiya berib oqila qilsak Jannat olib beradi..... Haqiqatda chiroyli gap bo'libdi ishlarizga omad.
Jannat yoki shaharni olib berishi uchun avvalo oʻsha jannatga boradigan yoʻllarni oson qilib qoʻysin. Yani, roʻmol, avrat masalasini yopib kiyinish masalasidagi shariatga zid toʻsiqlarni olib tashlab keyin bu narsalarni aytsa boʻladi. Gap bu yoqda. Boshlangʻich maktabdan tortib to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan davrda bu narsalarga umuman ruxsat yoʻq.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka siz bilan qanday bog‘lanishin bilmay kommentariyaga yozyapman .Bir savolim bor edi Xorijda o‘qishini ko‘chirayotgan talabada kirdi chiqdi so‘raladimi yoki yuqmi.Bu yil karantin bo‘lganini hisobga Olib o‘qishi chet davlatda online bo‘ldi pasportda kirdi chiqdi pechat bo‘lishi kerakmi
Iltimos savolimga iloji bo‘lsa javob bering
Unda, avvalo islom dini ta'limotini o'qishsin va amal qilishsin, iltimooos! Iymon-e'tiqodli yigitlar soliha qiz izlab yoshi o'tib ketyapdi. Aynan OTMda o'qishmas, e'tiqodni o'qishsin. Qolgan dunyoviy ilmlar keyin bo'laveradi. Qizlarimizga avvalo dinu islomni o'rgataylik, iltimos!!!
...
Òģil bola yòlni topib ketadi lekin qiz bolani yolni topib ketwi mushkul bu kotta hayot bòlsa hayotta hammanars bòlshi.mumkin
Lekin, qiz bola yo'lini topib ketsa – bu, qiyin masala. Eriga itoat qilmay qo'yadi. Avvalo islomiy ta'lim olishi kerak. Lekin, hatto farz amal – hijobga ham ruxsat yo'q ku. Manavi la'nati kinochilar har xil tuturuqsiz kinolar ishlab, xalqni qo'rqitib tashlashgan
Xamma teng huquqli manimcha u davrla ôtib ketdi Xushnudbek
Assalomu alaykum Xushnud aka. Siz aytgan fikrda tanganing ikki tomoni bor. Xozirda qizlarimizga sharoit qilib beraylik, ularni hech kimdan kam qilmaylik, o‘ynab kulib yashasin deb, ularni dindan uzoqlashtirib, tarbiyasini buzib yuboryapmiz. O‘qishyapti faqat dunyoviy ilmlarni. Keyinchi keyin kibrlanib, o‘z dinlarini unutib mazxara bo‘lishdan ham toyishmayapti. Tanganing ikkinchi tomoni to‘g‘ri qizlarni o‘qitmoqchimiz, ularni bilimli ilmli qilmoqchimiz, keling unda o‘g‘il bollar va qiz bollar o‘qiydigan sinflarni ajrataylik. Qizlar o‘qitiladigan maktablar va bolalar o‘qitiladigan maktablar qurilsin. Hattoki Oliy ta’limda ham shu yo‘nalishga o‘tilsin. Ikkinchi narsa Xushnud aka iltimos, tibbiyot universitetlaridan ayollar o‘qishi kerak bo‘lgan genekologiya, akusherlik va boshqa ayollar bilan ishlaydigan sohalarda o‘g‘il bola talaba olinishi to‘htatilsin. Chunki bu sohalarda faqat qizlar o‘qishlari kerak. Masalan meni xotinim bo‘lsa agar, o‘lib qolsa ham erkak do‘xtirga olib bormayman. Shu kabi menga o‘xshaganlar ham ko‘p O‘zbekistonda. Xushnud aka fikrlarimni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddaman. Xurmat bilan Aziz Nazarov
Dilnoza Komilovna
Ассалому алейеум Хушнудбек ука.Менинг отам ва онам рахматликлар бу гапни 55 йил олдин айтган экан.Оилада 11нафар фарзандни тарбиялаб, вояга етказган 2нафар ўғил ва 9нафар қиз миз.Оллоҳимга шукур 9нафар қизларини ҳам ОЛИЙ МАЪЛУМОТЛИ қилиб ўқитганлар. Вақти соати келиб сизларни мана шу диплом боқади, хамма сизларга қилган сепим вақтинча, ўшанда отам мени боқаяпти дейсизлар. Хали дипдом гапирадиган вақтлар келади, болаларингни тарбиялаб,сизлар ҳам ўқитинглар деб айтарди.Қиз бола ўқиш керак бўлмаса ўғил қизларни қандай тарбиялайди ўзи ҳеч нарсани тушунмай турса,эркак кўча одами дерди.Сизга ўхшаб.Отажоним бор йўғи шафёр бўлиб ўтган 9 нафар қизи олийгоҳларга ўқишга кирган пайтлари,диплом олиб мана отажон дипломим деган пайтларда йиғлиб дуо қиларди.Ўқиган ўғил қизларни жудаям яхши кўрарди отажоним раҳматлик
Eeee akamakasi biz buni bilamiz va sizni kuzatamiz sizni kuzatmaydiganlar buni bilishini xoxlardim
Zebiniso Soliyeva
Haqiqatdan ham tõğri fikr qiz bola tarbiyalagan ota ona jannati bõladi deyishadi-yu, qizlar ertaga bizni kelajagimiz bõlgan avlodni tarbiya qilishadiku. Men õzim 2ta oliy ma'lumotga ega onaman.Õqigan qizda baribir dunyoqarash õzgacha bõladi. Õzimda qizim yõğ-u, lekin kelajakda õğillarimni õqitib, albatta õqigan qizlarni kelin qilmoqchiman Nevaralarimni õqigan ilmli, dunyoqarashi keng , kelinlar tarbiya qilishini istayman.
Qiz bolalarning xorijdagi tahsil olishi tartibi sharoiti haqida kengroq ma'lumot bersangiz shu temani kotarsangiz yaxshi bulardi
Жуда хам тўғри.Чунки фарзанд тарбиясида кўпроқ онанинг роли катта бўлади.
Show next 100 comments