This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Юқоридаги ҳаётий воқеани ўқиб, бир ойча олдин UzReport каналидаги «Эркакчасига гаплашамиз» кўрсатувида айтган фикрларим эсимга тушиб кетди.

Халқимизда «Қиз бола ўқиса, шаҳар олиб берармиди» деган нотўғри фикр бор. Бу фикрни унутишимиз, муомаладан чиқаришимиз керак. Қизлар ота-онасига Жаннат олиб бериши мумкин-ку, шаҳар нима бўпти.

Қизларингизни албатта ўқитинг, илмга дўст қилинг. Ўқиган ва оқила қиз, ўқиган ва оқил фарзандларни тарбиялайди.


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 70 more comments
Xamma teng huquqli manimcha u davrla ôtib ketdi Xushnudbek
Assalomu alaykum Xushnud aka. Siz aytgan fikrda tanganing ikki tomoni bor. Xozirda qizlarimizga sharoit qilib beraylik, ularni hech kimdan kam qilmaylik, o‘ynab kulib yashasin deb, ularni dindan uzoqlashtirib, tarbiyasini buzib yuboryapmiz. O‘qishyapti faqat dunyoviy ilmlarni. Keyinchi keyin kibrlanib, o‘z dinlarini unutib mazxara bo‘lishdan ham toyishmayapti. Tanganing ikkinchi tomoni to‘g‘ri qizlarni o‘qitmoqchimiz, ularni bilimli ilmli qilmoqchimiz, keling unda o‘g‘il bollar va qiz bollar o‘qiydigan sinflarni ajrataylik. Qizlar o‘qitiladigan maktablar va bolalar o‘qitiladigan maktablar qurilsin. Hattoki Oliy ta’limda ham shu yo‘nalishga o‘tilsin. Ikkinchi narsa Xushnud aka iltimos, tibbiyot universitetlaridan ayollar o‘qishi kerak bo‘lgan genekologiya, akusherlik va boshqa ayollar bilan ishlaydigan sohalarda o‘g‘il bola talaba olinishi to‘htatilsin. Chunki bu sohalarda faqat qizlar o‘qishlari kerak. Masalan meni xotinim bo‘lsa agar, o‘lib qolsa ham erkak do‘xtirga olib bormayman. Shu kabi menga o‘xshaganlar ham ko‘p O‘zbekistonda. Xushnud aka fikrlarimni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddaman. Xurmat bilan Aziz Nazarov
Dilnoza Komilovna
Ассалому алейеум Хушнудбек ука.Менинг отам ва онам рахматликлар бу гапни 55 йил олдин айтган экан.Оилада 11нафар фарзандни тарбиялаб, вояга етказган 2нафар ўғил ва 9нафар қиз миз.Оллоҳимга шукур 9нафар қизларини ҳам ОЛИЙ МАЪЛУМОТЛИ қилиб ўқитганлар. Вақти соати келиб сизларни мана шу диплом боқади, хамма сизларга қилган сепим вақтинча, ўшанда отам мени боқаяпти дейсизлар. Хали дипдом гапирадиган вақтлар келади, болаларингни тарбиялаб,сизлар ҳам ўқитинглар деб айтарди.Қиз бола ўқиш керак бўлмаса ўғил қизларни қандай тарбиялайди ўзи ҳеч нарсани тушунмай турса,эркак кўча одами дерди.Сизга ўхшаб.Отажоним бор йўғи шафёр бўлиб ўтган 9 нафар қизи олийгоҳларга ўқишга кирган пайтлари,диплом олиб мана отажон дипломим деган пайтларда йиғлиб дуо қиларди.Ўқиган ўғил қизларни жудаям яхши кўрарди отажоним раҳматлик
Eeee akamakasi biz buni bilamiz va sizni kuzatamiz sizni kuzatmaydiganlar buni bilishini xoxlardim
Zebiniso Soliyeva
Haqiqatdan ham tõğri fikr qiz bola tarbiyalagan ota ona jannati bõladi deyishadi-yu, qizlar ertaga bizni kelajagimiz bõlgan avlodni tarbiya qilishadiku. Men õzim 2ta oliy ma'lumotga ega onaman.Õqigan qizda baribir dunyoqarash õzgacha bõladi. Õzimda qizim yõğ-u, lekin kelajakda õğillarimni õqitib, albatta õqigan qizlarni kelin qilmoqchiman Nevaralarimni õqigan ilmli, dunyoqarashi keng , kelinlar tarbiya qilishini istayman.
Qiz bolalarning xorijdagi tahsil olishi tartibi sharoiti haqida kengroq ma'lumot bersangiz shu temani kotarsangiz yaxshi bulardi
Жуда хам тўғри.Чунки фарзанд тарбиясида кўпроқ онанинг роли катта бўлади.
Muhayyo Nodirova
Assalomu aleykum Hushnudbek uka men boshlangich sinf o'qituvchisiman.Maktabda yaxshi o'qigan qizlarning farzandlari ham yaxshi oqiydi,uyda yetarli e'tibor boladi,darsdan ham qolmaydi.Albatta qizlarni jamiyatda oqiydigan farzandlarni yetishtirish uchun qizlarni o'qitish albatta o'qitish zarur va shart deb bilaman
♡♡ХАЁТ♡♡
Хушнудбек фикрингизга кушиламан киз бола укиш керак келажакда турмуш уртоги билан рузгорни тенг тортади, нафакат узига фойда хам маьнавий томондан хам молиявий томондан фойдаси тегади....
Alisher
Жуда хам туғри.Рахмат
Elmurodova
100 foiz to'g'ri fokriyiz Xushnudjon.Bola tarbiyasida ham onasining o'rni katta.Agar onaning dinyoqarashi keng bo'lsa farzand tarbiyasi ham shunga qaraydi.
Базаргул Кизилова
Barakalla ,Hushnudbek fikrlaringizga qo'shilaman.
Faqat dunyoviy tarafini o'ylayvermasdan sal diniy tarafiga ham e'tibor qaratiylar. O'qigan o'qigan qiz deysilar, o'zim oliygohda o'qiyman lekin ba'zi o'qiyatgan silar aytyatgan DIPLOMLI qizlarni ko'rib o'zimmi qishlog'imni qizlaridan qo'ymasin deb yuboraman. Ming ta'limni kuchaytirganimiz bilan tarbiyaga e'tibor bermas ekanmiz maqsadga yetolmaymiz. Islomdanda to'g'riroq yaxshiroq yo'l yo'q. Bo'lmaydi ham. Bizdagilar bo'lsa qaydagi gender tengligini o'ziga shior qivolishgan....
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
Жуда хам тугри айтасиз.Бу мени хам хаётимда булган.Яккаю ягона кизимни бундан 4 йил олдин Тошкентдаги Низомий ДПУ га укишга киргиздим.Албатта бунда хужайинимни оналари ва хужайиним каиши чикканлар,нимагаки киз бола укиса шахар курса бузиладикан.Мен хужайинимга каттик каршилик билан турдим укийди деб.Сиз укитмасангиз мен уни укитаман деб.Хуллас карама каршиликдан сунг хужайин рухсат бердилар.Кизим имтихонга оз муддат колган эди.1 чили йикилдик,етарли билим йук эди.Мен эса университет домлаларига репетиторликка бердим 3 та фанга тайёргарликка,уларни пулини ойликларим чикишига тулаб 1 йил утди.Кейинги йили кизим талаба булиш бахтига муяссар булди.Мана хозир зеч адашмасдан укишини укиябди.Фикрлаши теран.Оллох насиб килган экан .Оллохга шукур.Аммолекин хужайинни оналари хали хам киз болани укитиш керак эмас угил болани укитиш керак.Кизлардан фойда йук,уларни кимгадир бериб юборасиз хузурини улар куради дейдилар,лекин мен хафа булмайман нимага тушган эшигида тиниб тинчиб кетиш учун биргаликда ишлаб уз оиласини уз ишларини узи муаммоларини ечса буни нимаси ёмон.Ахир киз бола хам харакат килса не не ишларни килишга кодир булмайди.Майли бизни пулимиз кетса хам фарзандларимиз учун килябмизку
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
тугри айтасиз
Xushnudbek bormisiz agar xammaxam sizdey fikrlaganida edi hayotimiz juda yaxshi tarafga ozgarib nurlarga tolar edi albatta bu fikrlarimiz qavs ichidagi qizlarimizdan tashqaridir. Inson toki oliy bilimga ega bolmas ekan uni eshshak ornida korib gaqat dalada ishlashidan boshqa chora yoq buni esa qizlarimiz borib tushadigan joyida xam yetuk fikrlaydigan insonlar nasib qilishsin
Unnamed
Гап йок брат
A.Boydavlatov★
Demak siz dalada eshshakdek ishlamaslik uchungina qizlarni o'qitish tarafdori ekansizda.?????
Yoq agar ularga ishonishsa xammasini uddalaydi demoqchiman faqat qora ish qilib kunbaylarga chiqib yurgan opa singillarimiz taqdiri qiziqtiradi agar korupsiya bolmaganida edi
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
Сизни гапингиз хам тугри,лекин хаммаси эмас.Хаммани бирдай курманг,уларни ичида сиз айтаётган кизлар хам йук эмас
Hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi tabiiy hol. Chunki ne qilsa ham hammamiz ham Allohning mahluqotlarimiz. Ojiz aqlimiz bilan bekamu ko'st fikrlash imkonimiz yo'q. Gaplarim ko'nglingizga botgan bo'lsa uzr. Lekin Universitet tartib intizomi deb bugun qizlar shim futbolkada o'qishga kelishiga ham ko'z ko'nikib qolyaptida afsus... Avratlarini berkitgan holda kelgan talabaga ba 'zilar g'alati nigoh bilan qaraydi. O'zim ko'zim bilan ko'rib guvohi bo'ldim bir maktabda direktori qizlarni boshidagi ro'molini majburlab yechtirganini. Nahot ilm olishga ro'mol to'sqinlik qilsa
Show next 100 comments