Юқоридаги ҳаётий воқеани ўқиб, бир ойча олдин UzReport каналидаги «Эркакчасига гаплашамиз» кўрсатувида айтган фикрларим эсимга тушиб кетди.
Халқимизда
«Қиз бола ўқиса, шаҳар олиб берармиди» деган нотўғри фикр бор. Бу фикрни унутишимиз, муомаладан чиқаришимиз керак. Қизлар ота-онасига Жаннат олиб бериши мумкин-ку, шаҳар нима бўпти.
Қизларингизни албатта ўқитинг, илмга дўст қилинг. Ўқиган ва оқила қиз, ўқиган ва оқил фарзандларни тарбиялайди.
👉 @xushnudbek 👈
Lekin bitta qizni oqitsang butun jamiyatni o'qitibsan, chunki qiz bola ona. U o'qimishli va fahm farosatli bo'lsa, jamiyat uchun hech yo'q o'z oilasi uchun mard va jasur o'g'lonlar yetishtiradi. O'zidek dono va ayollar ko'payadi... Bu bilan o'qimagan ayollarni yoki umuman qoralamoqchi emasman. Ozi Oqimasdan turib yurtga foydali o'g'lonlarini tarbiyalayotgan yuzlab, minglab onalarimiz bor. Kerak bo'lsa o'qiganlardan ham fahm farosati ular. Faqat ilmli qiz biroz bo'lsada mashaqqat chekkan, qiynalgan, dunyoqarashi keng va ertaga bo'lg'usi Farzandlarini ham ilimli qilib tarbiyalash ehtimoli yuqori. Umuman farzandlarini oqitayotgan ota onalarga ming rahmat!!!
Hamisha sogʻ salomat boʻling, ishlaringizni omadini bersin ollohim