❗️Диққат, сўровнома: Сизнингча, қайси вазирлик(лар)ни тугатиш ёки бир-бирига қўшиб юбориш керак?

Яқинда собиқ иттифоқ ҳудудидаги ислоҳотчилардан бири, иқтисодчи Каха Бендукидзенинг Украинадаги ислоҳотларга бағишланган маърузасидан парчаларни ўқиб қолдим.

Ўша ерда Ҳукумат портфелини ихчамлаштириш ҳамда кўплаб вазирлик ва давлат идораларини тугатиш ҳақида ҳам сўз боради. Шуларни ўқиб, бир сўровнома ташкил қилиш фикри туғилди.

Ўзбекистонда бугунги кунда 24 та вазирлик бор (агар адашиб кетмай, тўғри санаган бўлсам). Қўмита, агентлик, инспекция, марказ ва уюшмалар сони эса бундан ҳам кўп. Давлат сектори шишиб кетгани ҳам рост. Яқинда адлия вазири Русланбек Давлетов ҳам ҳукуматни ихчамлаштириш керак, деганди.

Қуйидаги қисқа сўровнома орқали 24 вазирликнинг қайси бирини тугатиш мумкинлиги, ёки қайсиларини бир-бирига қўшиб юбориш кераклиги ҳақида жамоатчилик фикрини ўрганиб кўрамиз.

Сўровнома кўп вақт олмайди, атиги 2-3 дақиқада саволларга жавоб бериб бўласиз. Олдиндан иштирок учун раҳмат.

Сўровномада қатнашиш:

👉 https://forms.gle/CiW91Wq41jpYScwDA

Қуйида эса Каха Бендукидзенинг айни шу мавзудаги фикрларидан парча келтираман (тўлиқроғи бу ерда):

«Қайси вазирлик керак эмас?
Ҳозир Украинага оддий, таъбир жоиз бўлса, кесадиган ислоҳотлар керак. Реформа ҳақида баҳс-мунозаралар керак эмас. Тасаввур қилинг, мамлакатингиз ҳудудига ҳаводан ракета ҳужуми бўлмоқда ва снаряд қайсидир вазирлик устига тушди. Сиз вайрон бўлса, украин халқига оғир бўладиган вазирликни айтишингиз керак. Ёшлар ва спорт вазирлиги? Сукунат... Маданият вазирлиги? Сукунат... Таълим вазирлиги вайрон бўлса, бирор нарса ўзгарармиди?.. Шуни айтишим мумкинки, Мудофаа вазирлиги биноси устига ракета тушса ҳам ҳеч нарса ўзгармайди. Чунки сизда Мудофаа вазирлиги бор, лекин мудофаа йўқ...»


👉 @xushnudbek 👈

261 comments

Show 100 more comments
Oliy ta'lim , xalq ta'limi, boshlang'ich ta'lim= Ta'lim vazirligi
25.08.87
Ассалаўма алейкум! Бу вазирликта утирганларни пастга тушиб бир ишлаб кўрса биларди. Қайси вазирлик керак қайсиси керак эмас сабаби ўзим Шуманай тумани ХТБ ишлайман паст ойлик униси етмагандек ПФ-5053-буйича узларида биронта ўринни қисқартирмай ҳаммасини туманларга бўлиб ташлади. Буларнинг баринибир оптималлаштириш керак. Адлия Вазири Русланбек Давлетовнинг айтган гапига қўшиламан сабаби вазирликта сони бор сифат натийжа берадиган кадрнинг ўзи кам Балиқ бошидан мен ўзимнинг ишимдан келиб чиқиб айтаман мен ишлаган методистлик лавозимда ишлаганимда вазирликта менинг қора бошимга 4та фан методистлари ўтирибди. ХТВ ўзида ишонмасангиз бир анализ қилиб кўринг бошқа ҳамма вазирликларам шунақа экан афсус Балиқ бошидан деб тепадагилар бир ўйланмаса фойдаси йўқ.
Amaldorlarni hammasini pastdan saylash masalasini qo'yish kerak. Maktab o'qituvchilari orasidan shunga layoqatli, vatanparvarlarini saylash kerak. Direktorlar esa tuman (shahar) boshqarmalarini yoki boshqamalardagi bo'limlar boshliqlarini saylasin. Ma'lum bir (3yilda) natija ko'rsata olmaganlar, yaxshi tomonga siljish bo'lmasa almashtirish kerak. Shu tariqa har bir vazirlikda quyidan saylanib, natijaga erishganlar yuqoriga ko'tarilishi zarur. Shunda quyidagi bo'layotgan jarayonlarni biladi, shularga mos harakatlar qiladi. Yuqoridan tayinlash faqat yuqoridagilarga yoqish uchungina ishlaydi. Quyidan saylanganlar esa quyidagi xalq uchun jon kuydiradi. Hokimlardan tortib barcha bo'gindagi rahbarlarni adolatli saylov yo'li bilan amalga qo'ymas ekanmiz, bunday so'rovnomalarni keyingi yuz yilliklarda ham yana ko'p o'tkazamiz. Xudo hohlasa nevaralariz ham shunga o'xshash so'rovnomalar o'tkazsa kerak.
Районо мудирларни алмаштириш к.к беш йилдан кўп ишламачлик к.к пенсияга чиқан раҳбар бўлмаслиги к.кйуқотиш керак не за что ўтирибти столга ёпишип ўтирган пенсионер рахбарларни йуқотиш к.к
Транспорт вазирлиги тугасин
Транспорт вазири тугасин бузуқ йўллари билан ямалар билан бирга
DiamonD Diamond
Ta'lim sohasida 1 ta vazirlik, kambagallikni qisqartirish bn mahalla 1 ta vazirlik, huquqni muhovaza qilish vazirligi,tashkil etilishi kerak manimcha
Agentlik uyushmalarni ham tugatish taklifi berilganda zo'r bolardi
Odilbek Mamatqosimov
Assalomu alekum xaqiqatda bizda vazirliklar juda ko‘p lekin shundaxam vazirliklarga yuklatilgan vazifalar to‘liq bajarilmayabdi. Qaysidur vazirlikni tugatib yoki bir biriga qo‘shib yubotgan bn oddiy axoliga nima naf. Undan ko‘ra ijro o‘rganida nazoratni kuchaytirish kerak. Vazirliklarga kelsak OTV,XTV, Maktabgacha talim vazirliklarini o‘rnida yagona ta‘lim vazirligini tashkil etish kerak. Tashqi Ishlar vazirligi bn Tashqi savdo va Invistitsiyalar vazirligini , Qishloq xo‘jaligi vazirligi bn suv xo‘jaligi vazirligini birlashtitish,Kambag‘allikni qisqartirish vazirligini tugatish kerak.
Inovatsiya bn turizm,sportni bitta qilish kere tor sohalarni o‘zi uchun bitta vazirlikni band etish yaramaydi menimcha bandlik bn kambag‘allikni birlashtirvorish kere o‘zi ummuman 5 yillik faoliyati batijasi biror rivojlanish tomon siljimagan vazirlikni tubidan tozalash kere xatto mudofa bo‘lsa ham hozi dunyoda temur qurgan davlat avlodlari ekanimizni isbotlashimiz kere eronchalik bo‘laolmayapmiz bazida harbiy mudofamizni kuchaytirishimiz butunlay katta formatda modernizatsiya qilish kere askarlarimizni ham ko‘paytirish kere ,vazirlikni ochib yopib o‘tirishdan biror foyda yoq birov 1 yil bino qurish uchun qurgan fundamentini boshqasi 2yil buzaverishi xalqni davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetqazadi undan ko‘ra iqtisodiy tomondan rivojlanish yo‘llari haqida bosh qotirish kere birov o‘zini tomdan tashlasa qo‘shilib tashlamaymizku
Juda koʻpayib ketdi toʻgʻrisi tosh otsang vaziri boshiga tushyabdi
Umidjon
maktabgacha talim+xalq talimini qoshib yuborish kerek
Xushnudbek bu narsa gʻalati emasmi
Energetika vazirligi umuman kerak emas, baribir iahlamayapti. Qishloq va suv xo'jaligini yana birlashtirish kerak. Madaniyat va sportni xam. Oliy va o'rta maxsus, Xalq, Maktabgacha ta'lim va Innovatsiya vazirliklarini ham qo'shib TA'LIM VAZIRLIGI qilish kerak. Kambag'allikni qisqartirish vazirligi va Oila vazirliklarini ham tugatish kerak yoki qo'shib yuborish kerak. Tashqi savdo va invistitsiyalarni Tashqi ishlar vazirligini qo'shib yuborish kerak. FVV esa IIB ga.
Assalomualaykum, Xushnudbek, Sizni hurmat qilamiz, ko'p yaxshi so'rovnomalar o'tkazasiz, lekin bunisidan biroz ranjidim, xo'sh 4 tasini birlashtirvordik deylik, kimga foyda, nima o'zgaradi?! Yangi sifat bosqichiga o'tish, kadrlar salohiyatini oshirish, korrupsiyani yoqotish masalasini kotarish kerak. Korrupsiyani amalda yo'qotilsa hammasi risoladagiday iziga tushib ketadi.
Husniddin
Sport bn turezmni ajratish kk
Куп вазирликларни ёпиш керак. Спортни йуқ қилиш керак. Бюджетга ортиқча юк. Бу менинг шахсий фикрим ва буни хечким узгартира олмайди
Mulki Turon Zamini O'ZBEKISTON
Assalamu allaykam. Xushnudbek aka. Madaniyat vazirligi bilan Turizm vazirligini qushsak buladi. Keyin agarda sizni lechkangizga yozishni imkoni bulsa sizga bir taklifim bor edi. Iltimosimni yerda qoldirmaysiz degan umidaman.
ISROILOV MA'MURJON
Assalomu alaykum . Xushnudbek aka:
Menimcha hozirgi kunda bor vazirliklarni tugatish yoki birlashtirish mavzusini emas balki ularni sidqidildan ishlashlarini yo'lga qo'yilgani ma'qul, sababi misol qilib OTV olamiz ular alohida bólib turib o'z ishlarini ko'ngildagidek olib boraolmasa ,xalq ulardan doimiy norozi bo'lishsa qanday qilib bu vazirlikni boshqa vazirlikka qoshib yuborish yoki tugatib yuborish mumkin?. Meni fikrimcha bor vazirliklarni sof,shaffof tarzda ishlashlari uchun talab va takliflar izlab topish zarur. Joiz bólgan barcha usullarni qo'llab-quvvatlash darkor.(и многое другое...)
Xatolar bólsa avvalambor uzur sórayman. Rahmat
Hakim
Канча вазир куп булса шунча коррупция дегани. Халкни пулига яшайди. Бош вазир, вазир уринбосари, ёрдамчиси,.................. . Хар бирига отни калласидек ойлик. Кискаси турган битгани харажат.
24
Son emas sifat muhim
Show next 27 comments