Сардоба фожиаси: «Аср ўпирилиши» айбдорлари сувдан қуруқ чиқа олмаслиги шарт

👉 https://kun.uz/53571973

Мақола муаллифининг барча фикрларига қўшиламан. Коррупция, ўғрилик, таниш-билиш ва қариндош-уруғчиликни йўқотмас эканмиз, бизни муқаррар фалокат ва чуқур инқироз кутмоқда.

Бундан ташқари бюджетдан, яъни халқ пулидан сарфланаётган ҳар бир харажатлар халққа максимал очиқланиши керак. Тегишли мутасаддилар худди ўзини шахсий пулини сарфлаётгандай билганини қилмаслиги, ёпиқ эшиклар ортида миллионлаб долларлик битимлар имзоланмаслиги, халқ пуллари шубҳали лойиҳалар учун бебилиска сарфланмаслиги керак.

Умуман жуда кўп ишлар қилишимиз керак. «Сардоба» фожиаси ёки бизни тубдан ўзгартиради, ёки биз яна 20-30 йиллар кўринмас коррупцияга қарши ўзимизча қоғозда курашиб, ўзимизни алдаб, ботқоққа ботиб юраверамиз.

Ушбу фожиа янги Ўзбекистон учун бурилиш нуқтаси бўлиши керак. Яхши томонга албатта.


👉 @xushnudbek 👈

168 comments

Show 27 more comments
Shohista
Bizning Dehqonobod tumanimizda Temir yo'l qurilish davrida qurilish bo'layotgan joy qurilish mollar do'koniga aylanib ketadi.Xalqimiz ham 4-5so'm arzoni uchun shunday qurilish bo'layotgan joylardan xarid qiladi.Bila turib shundan manfaatdor bo'ladi. Bila turib o'g'irlikning avj olishiga faol ishtirok etadi.Qurilish mollar "savdo"siga talabni krltirib chiqaradi.Hamma joyda!Engddiy qorovullargacha nimadir o'g'irlab sotadi.
To'g'ri,bu eng mayda o'g'irlik Ishning bishidagilar mldlab pulni o'g'irlaydi.Ammo hammada oddiy xalqda ham korupdiyaga nisbatan yoppasiga nafrat ruhi shakllanmas ekan uni yo'qotib bo'lmaydi.
Битта булса хам Вазир, Хокимни 5 махал намоз укиб, жумага чикадиганини курмадим. Иложи булса шунака кадрлардан жойларга рахбарлар куйиш керак. Одатда Худодан куркган солих одам пора хам олмайди ва бермайди. Масалан: Мубашшир Ахмад каби ёш шижоатлик, тадаббур киладиган кадрлар бор. Тажриба юзасидан булса хам шу ишни 1-2 йил килиб курилса яхши буларди. Хозирги рахбарларга шунака жихати камлик килаяпти. Худодан эмас, камалиш ёки жазоланишдан куркишади. Хеч ким курмай колса, жиноятни килиб халкни хонавайрон килиб ташашаяпти. Хуллас иймон имунитетини кучайтиш керак.
Nishonboy Kulboev
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Banklar kredit olishni to'xtatib turubdi faqat foiz hisobini to'lasa bo'ldi tushunushimcha. Menda bitta savol bor. Agar kattaroq summa kredit olgan bo'lsa misol uchun tannarxi qimmat narsalar(mashina, yuz millionlik kredit)ning foizi ham katta bo'lib ketadi. Shunga biror bir imtiyozlar bormi? Umuman to'liq tushuncha bersangiz bank tizimi bo'yicha.
Yana bank xizmati degan narsa chiqibdi. Bir martalik to'lovlar uchun. Lekin hamma bankda bu miqdor xar hil. Bu o'zi qonuniymi? Qonuniy bo'lsa qaysi xujjat asosida xizmati foizi belgilaydi?
Agarda shu savollarga ham to'xtalsangiz hursand bo'lardim. Ro'zadorlarning ro'zasi qabul bo'lsin ilohim.
Тўғри! Шаҳар, қишлоқларда фирмалар томонидан қурилаётган айрим уйлар ўта сифатсиз. Биз ҳам 15 йилдан буён битта ҳовли қураяпмиз. Рўзғордан орттирганда секин-аста дегандай. Ўқитувчимиз, тўғриси Президентимиз шарофати билан энди ойлигимиз ошиб, энди озгина орттирадиган бўлдик. Лекин инсон ўзи учун қурганда мустаҳкам қуришга ҳаракат қиларкан. Усталар ишида ҳам сифат талаб қиласиз, материалларда ҳам. Минг афсуски, ҳозир биз қураётган уйлар бузилармиш, ўрнига янги уй-жойлар қуриларкан, лойиҳага тушганмиш,деган гаплар ҳамма қўшниларимизни безовта қилмоқда. Ҳокимият аниқ жавоб айтмайди. Тўғриси, ўзимиз қураётган чала чолдевор бўлсаям ҳовлимизни фирмачилар қураётган ҳашамдор, лекин мўрт уйга алишмаган бўлардим.Чунки танишларимиз олган янги уйларнинг деворлари ёрилиб-ёрилиб кетганини, эшикларини атрофи ўпирилиб тушганини, канализацияларини умуман қайта қилишганининг гувоҳи бўлганман.
Tan olish kerak, bizda korruppsiya oloviga moy sepadigan yana shunday omillar borki, ularning mavjudligi sezilmaydi va unga etarlicha eʼtibor berilmaydi.
Bunday omillar sifatida quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
1. Kadrlar salohiyatining bugungi zamon talabiga mos emasligi (deyarli barcha tizim va bosqichlarda).
2. Maʼmuriy buyruqbozlik va byurokratik toʻsiqlar.
3. Shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik boʻyicha etarli nazorat yoʻqligi, boʻlgan taqdirda ham tizimda va tarmoqlarda taʼsirchan boshqaruv richaglarini samarasiz qoʻllanilishi, yoki mavjud nazorat mexanizmlarining ishlamasligi.
4. Eskicha dunyo qarash, xoʻja koʻrsin degan naqlga amal qilinishi.
5. Qogʻozbozlik va byurokratiya
6. Mahalliychilik, tanish bilishchilik, urugʻ-aymoqchilik.
7. Oʻgʻrilik va talonchilikning zamonaviy koʻrinishlarining shakllanayotganligi
8. Real voqeilik va vaziyatga rasmiy munosabatning mos kelmasligi.
9. Jamoatchilik nazoratining sustligi.
10. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi yetarli darajada emasligi yoki qoʻrquvning hanuzgacha mavjudligi.
metrodagi halokat ayibdorlari qanday jazolangan bo'lsa bular ham shunday jazolanadi menimcha
Rofiyeva Gulasal
Jim qarab turadiganlar kupda. Shu uchun ham falokatlar arimaydi, bir kelsa qushaloq bulib kelyapti. Bu ham bulsa beparvoligimiz uchun jazo! Hali bunaqa o'pirilishlar kup sohalarda buladi. Balki shunda odamlarni kuzi ochilar. Balki shunda dang'illama uy qurgan boyga 7 bukilib Salom berishdan oldin shuncha pulni qayerdan oldi ekan deb uylab kurarmiz.
Халқ коррупция деган офат билан бешафқат курашмас экан, бу бало халқни косаси оқартирмайди. Ислоҳатларнинг асосий йўналиши- коррупцияга қарши кураш бўлиши керак. Бу кураш олиб борилмас экан, ҳар бир соҳада, ҳар бир жабҳада килинган саъйи- ҳаракатлар, сармоялар самарасини йўқотади.
Жинояти хаспўшланган ( "ёпиқлик қозон ёпиқлигича қолса" ) жамиятда Аллоҳдан қўрқмаган коррупционер уруғ-аймоғи билан халқнинг не ҳасратда пешона тери билан топган нонини "туя" (яримта) қилишда асдойдил давом этади.
Mirzo
Кушиламан, бунинг учун хукукий онгимиз етарлимикан
Hozirgi avlod bilan menimcha yóq.Chunki miyyalari wunga órganib bóliwgan avlod almawinuvi yani.Boĝchadagi,maktabdagi boladan bowlaw kk.chunki kap katta odamlani biron nima óĝirlaseng quloĝingdan osib qóyaman deb qórqitib bólmaydi...😌
Қурилишни эса чет элликларга берилиши масаласига қўшилмаган бўлардим. Минглаб юртдошларимиз четга бориб чет элликларга зўр-зўр уйлар, иншоотлар қуряпти. Ўзимизда ҳам моҳир усталар кўп. Фақат уларга виждонли, муносиб, ишини кўзини биладиган иш боши ва албатта яхши маош!
тайинланиши мақсадга мувофиқ.
Mansur Valibekov
Alloh barchalarimizni asrasin insofsizlarga insof iymonsizlarga iymon bersin amin
Utopiya asarini bilasizlar degan umiddaman
Elbek Hudayqulov
Хали курасизлар бу ишларга уша Сардобада ишлайдиган назоратчилар айбдор деб топилади нега десангиз нима учун вактида сув сизаётганини айтмаган деб агар айтганида биз фалокатни олдини олардик дейишади Курувчиларда айб йук ХАММА АЙБ НАЗОРАТЧИЛАРДА дейишади Сангинов эса оппогойни акаси вазиятни курбони дейишади
Maruf Tojiyev
Juda tug'ri yozibsiz. Qurilish sohasi ham juda korrupsion sohada. Shu suvomborni qurganlar vijdonsiz ekanlar. Ular 404 million dollarni hammasi bulishib olgan bulsa kerak. Essiz xalqimizni shuncha puli. Uzlarini bola chaqalari ham usha suv ombor yonida yashaganda bunday hodisalar bulmasdi.
Tanish bilishchilik yuqolmaydi yana bir narsa qaysidur bayramga yaqin qolsa aynan davay davay qilib bitiradi buni hamma biladi
1.Qonunlar insofli tadbirkorlar uchun ishlamaydi 2.Mulk huquqi ta'minlanmagan. 3.Qonunlar shunchalik murakkabki uni yaratgan odam o'zi adashadi (menimcha ) va juda tez qonunlar o'zgarib bormoqda. 4.Auksionlar hali ham shaffof emas (avtomobilga nomer olishda ham, bino inshoot olishda ham joylarda o'yinlar mavjud) 5.Budjet ochiq emas.Albatta kim xoxlaydi soliq to'lashni sizning pulingizni kimdir sochayotganini bilsangiz. 6.Talab qilib chiqsangiz aybingizni topishga va ishingiz tortib olishga, xatto oilangizni ezishga harakat qiladi. 7.Deputatlar qachon aktiv bo'ladi hayronmiz.8. Monopoliyaga ko'nikib qoldik o'zimizni mahsulot (o'zi xitoydan kelgan va yig'ilgan) deb g'urur bilan olamiz ikki baravariga shular rivojlansa arzon bo'ladi deya lekin yana adashamiz.9.Muammolar ko'p iqtisodchilarni gapini dunyo tan olsa bizda tan olinmaydi.
Avvalo ish qo'zg'atgan moddasi ular uchun saqich puliday gap. Butun xalqni dunyoga sharmanda-yu sarson qilgan jinoyatchilarga ish ochgan moddaga qarang!

Ikkinchidan Surishtiruv, tergov, sud shaffof bo'lmaguncha, har pratses OAV yoritib borilmaguncha adolatdan umid qilish axmoqlik. Chunki "ULAR"ni qonunga emas topshiriqqa (manfaatdorlikka) bo'ysonishdan boshqa chorasi yo'q. Toshkent metrosi fojeasida ham 6 nafar kishini juvonmarg qilishdi ammo aqalli ta'ziya izhor qilishmadi, yana qancha mablag'ini sovurishdi.

Uchunchidan korrupsiyani yo'qotish uchun davlat puli (aslida xalqni puli) ishlatiladigan har qanday obyekt va proyektlar hisoboti nima uchun xalqqa berilmaydi? Sababi bitta: "Endi bildim yeyish kerak".
Yaponiyada 50 yilda 1 marta muzqaymoq narxini oshirgani uchun xalqdan egilib uzur surayapti butun boshli kompaniya, sizni pulingizga bola-chaqa boqamiz rozi bo'ling deb, biznikilar xalqni xonavayron qilsa ham go'ddayib yana xalqni onasidan so'kishdan nariga o'tmaydi.
Bunaqa kadrlar davlat va xalqni faqat dunyoga sharmanda qilishga yaraydi.
Salom . Maqolani to‘liq o‘qib chiqdim ammo bitta narsa etiborimni tortdi. Usha 6-piketdan ko‘p vaqtdan beri suv sizib chiqetgandi uzi db endi suv toshganidan keyin Internetda yozebti odamla. Qars ikki qo‘ldan chiqadi digandey shettagi odamla yoki baliqchilik tashkilotlari vaqtida tegishli joylaga xabar bersa bo‘lardiku shuni ko‘rib bilib turgan ekan. Aslida xalqimiz yani uzimiz ham befarqlik bilan qareymiz. Shu narsa ni bugandan keyinmas oldin aytganida shuncha sarsonchilik bumasdi.ey hichnima bumidi diymiz. Oldini olishga harakat qmimiz. Misolchun bir joyimiz azgincha og‘risa doktorga yuguramizku birorta kasal bb qomiy oldini oliy db. Xammamiza e'tiborli haq huquqimiz bilekkan bulishimiz kere. Jurnalist aytgande shaffoflik bulishi kere.
Show next 100 comments