Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки
@abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈
ikkinchi savolim: Bazi holatlarda pasport ma'lumoti kiritilgach, imtiyozlar chiqib kelyabdi. Bazi holatlarda imtiyoz chiqmayabdi. Shunday vaziyatda imtiyozni yani nogironligi borligi haqidagi ma'lumotni qanday qilib qo'shsa bo'ladi? o'tgan yilda Imtiyoz qo'shish degan joyi bo'lar edi. Bu yil unday joyi yo'q ekan.
Magistratura uchun bu yil chet tili DTM tomonidan olinar ekan bu alvatta yaxshi. Lekin mutaxassislik fanlar hujjat topshirgan OTM oladi deyildi. Agar hujjat topshirilgan OTM ni o'zi oladigan bo'lsa yana shu avvalgidek KORRUPSIYA BO'LADI DEGANIDIR. O'tgan yilgidek bo'lgani ma'qul aslida. Avvalgi yil 2020 yil menimcha Magistraturada imtihonlar juda yaxshi bo'lgandi KORRUPSIYASIZ. Bu yil imtihonlar o'tgan yilgidek bo'lishi tarafdorlari juda ko'p. Kimgadir pora berishga hammani qurbi yetmaydi.
rus tilida bo'lyapti?
Assalomu alaykum. Avvalgi yillarda magistratura kirish imtihonlari 2 bosqichda o'tkazilardi. 1-mutaxassislik 2- chet tili.
Agar talabgor mutaxassislik fanidan 55%dan kamroq ball to'plasa, chet tili imtihoniga qo'yilmas edi.
Bu yilgi tartib ham shunday bo'ladimi, ya'ni 2-bosqich imtihoniga kirish uchun mutaxassislikdan ma'lum ball chegaralab qo'yiladimi?