Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки
@abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun test savollari kafedralarda tuzulmoqda ekan. Respublika boyicha savollar arashtirilmasa bu aniq korrupsiyaga olib kelmaydimi?
Buni mexanizimi juda oson lekin testni sotmaslikga kim kafil boladi
Magestraturaga hujjat topshirishda chet tilini tanlashni imkoni bor (adashmasam 6ta). Masalan Koreys tilini tanlasam test koreys tilidan bo'ladimi yoki Ingliz tilidan bo'laveradimi? Rahmat
Bilamizke 1-avgustdan to'y hashamlar 50 kishidan oshmagan holda amalga oshirilish haqida maxsus kamessiya qaror qabul qilgan.
Savol!
Avgust imtohonlari ham kechiktirlishi mumkinmi? Agar kechiktirilsa aniq qachon?
Yoki ochiq havoda kameralar ostida tezlik bilan o'tkazib olinadimi?
(Biz ustozlarga to'liq shu haqida ma'lumot kerak. O'quvchilarimizni shunga qarab tayyorlaymiz!)
Javob uchun oldindan rahmat🤝