Juma ayyomi muborak boʻlsin!

Kecha 6-mart kuni oʻtkazilgan oflayn olimpiadada yigʻilgan xayriya mablagʻini, ya’ni sizning omonatingizni egasiga topshirdim. Shoir doʻstimiz Mirzaozodning ukasi Shohruhmirzo ancha vaqtdan buyon jigar hastaligi bilan kurashib keladi. Xalqimizda “kasal kasal emas, kasal boqqan kasal” degan maqol bor. Bu rasmni nimanidir koʻz-koʻz qilish uchun emas, xalqqa berilgan bu va’damiz ham amalga oshganini, va sizning omonatingiz haqiqatda egasiga yetib borganini koʻrsatish uchun qoʻymoqdaman.

Juma kuni - barcha kunlarning sultoni, shu ulugʻ kunda duoga qoʻl oching. Shohruhmirzo va barcha dardi borlarga Alloh taolo shifoyi komil bersin. Fursatdan foydalanib, yaqinlaringizni yoʻqlab qoying. Yoshi ulugʻ yaqinlaringiz duosini oling.

P.S: 91 ta umumiy ishtirokchidan 52 nafar oʻgʻil bolalar 30.000 soʻmdan toʻlov qilgan edi. Yigʻilgan mablagʻ toʻligʻicha doʻstimizga topshirildi. Hammamizdan Alloh rozi boʻlsin.

8 comments

Qabul bo'lsin. Shifosini berib, ko'rmaganday bo'lib ketsin.
7777777
Allox rozi bosin🤲
Boburshoh
Alloh rozi boʻlsin sizdan tezroq tuzalib ketsinlar Alloh shifo bersin 🤲🤲🤲
Parvina Nizomiddinovna
Dardini bergan Alloh shifosini xam bersinlar iloxim🤲
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Hurmatli Sardor Bazarbayev siz bn qanday boģlansa bóladi. Khiso plotforma bóyicha savollarim bor edi.
Gmailingiz bormi farzandimni ózi gaplashadi