Kecha 6-mart kuni oʻtkazilgan oflayn olimpiadada yigʻilgan xayriya mablagʻini, ya’ni sizning omonatingizni egasiga topshirdim. Shoir doʻstimiz Mirzaozodning ukasi Shohruhmirzo ancha vaqtdan buyon jigar hastaligi bilan kurashib keladi. Xalqimizda “kasal kasal emas, kasal boqqan kasal” degan maqol bor. Bu rasmni nimanidir koʻz-koʻz qilish uchun emas, xalqqa berilgan bu va’damiz ham amalga oshganini, va sizning omonatingiz haqiqatda egasiga yetib borganini koʻrsatish uchun qoʻymoqdaman.
Juma kuni - barcha kunlarning sultoni, shu ulugʻ kunda duoga qoʻl oching. Shohruhmirzo va barcha dardi borlarga Alloh taolo shifoyi komil bersin. Fursatdan foydalanib, yaqinlaringizni yoʻqlab qoying. Yoshi ulugʻ yaqinlaringiz duosini oling.
P.S: 91 ta umumiy ishtirokchidan 52 nafar oʻgʻil bolalar 30.000 soʻmdan toʻlov qilgan edi. Yigʻilgan mablagʻ toʻligʻicha doʻstimizga topshirildi. Hammamizdan Alloh rozi boʻlsin.
Hurmatli Sardor Bazarbayev siz bn qanday boģlansa bóladi. Khiso plotforma bóyicha savollarim bor edi.