Баттар бўлинг😉

Телеграмда қишки таътил 9 мартга қадар узайтирилгани ҳақида хабар тарқалибди. Хабар тагига мени каналимнинг манзилини қўйиб қўйишибди.

Бу хабарнинг рост ёки ёлғонлигини каналимга кириб осонгина текшириб кўриш мумкинлигига ҳам айрим талабаларнинг ақли етмаяпти. Яна булар замонавий талабамиш, хеҳ, ўргилдим.

Нима ҳам дердим, ким шу хабарга ишониб юрган бўлса — БАТТАР БЎЛИНГ! Сизга бу ҳам кам.

Олдидан чиққан хабарни ҳовлиқиб ҳаммага тарқатиб юрадиганларга ҳам шу гап.

P.S.: бу хабар, катта эҳтимол билан, қишки таътил узайтирилиши муносабати билан 14 январда совғасиз қоладиган йигитларнинг 8 мартда ҳам совға бермайдиган бўлдик, деган мазмундаги ҳазили бўлган. Аммо ким нима деса ишониб кетаверадиган лақмаларга буни ҳазиллигини тушунтириб бўлармиди?

Кўп эмас, озгина мустақил фикрингиз бўлсин, барака топгурлар.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 82 more comments
Biz ham ishonmadik,u xabarni o'qib bolib sizning kanalingizga kirsak,unday xabar yo'q ekan,shunda bu xabar feyk ekan Deb qo'yaqoldik,boringizga shukur,siz doim asosli xabarni tarqatasiz,rahmat,sog boling
Нигора душаева
Biz kutgandik biz bilgandik
Rostan ham doim hayratda qolaman. Hozirgi yoshlar chaqaloqligidan telefon titkilab internetni piri bopketishgan. Lekin nega oddiy rost va yolg'on habarni farqlay olishmaydi. Axborot xavfsizligi immuniteti yo'q ko'p yoshlarda. Va yana shu rasmni 9 ta insonga jo'natsangiz ertaga sevgilingiz sizga surpriz sovg'a qiladi desa 9 tamas 90 ta odamga jo'natib chiqadiganlarni ham ko'p guvohi bo'lganman😁
Yolg‘onkuya ammo buni ko‘rgan yigitlar rosa hursand bo‘lgandirov😂😂😂😂😂😂😂😂
Shuxrat Davronov
Aka bu mishmishlarga ishonish qon qononga singip ketgan.Rostanmi shunday ekanmi vay atang yomon buliptida.Iboralarni qulab yuraveradi.
Hamma bollar paypoq olishni kutayotgan edi. Shunga siqilib qoldi bollar😂
Islom Karimov
😂😂😂
Qo'yavering tekin reklama ham bo'ladi, sizning kanalingizga a'zolar ko'payadi ))
Chindan battar bulsin
zòr gapirib qòyasizda😂😂😂
Elbek
sovg'a olmasin va sovg'a bermasin jaa shunchalik bo'lsa shu ham qiyinmi, shaxsan men 8-martni nishonlashga qo'shilmayman, ayollarni xursand qilish uchun ayni qandaydir sanaga muhtoj emasman
Oripova Gulhayo
😂😂
𝗤꯭𝗨꯭𝗩꯭꯭꯭𝐎꯭𝐍꯭𝐃꯭꯭𝐈꯭𝗤꯭꯭꯭𝐎꯭𝗩꯭𝐀
Ba'zi bir yigitlar xursand bo‘lishgandi lekin🤣🤣🤣🤣
Men ishonmagan edim. Agar rost bòlganda kanalda chiqadi dedim. Kanalda yòqmi demak yolĝon dedim.
😂😂😂😂💪. Mish mishlani hammasiga ham ishonavermeyla bolla
Ha bunday bo'lishi qiyin. Lekin shunga ishonganlar ham yo'q emas menimcha
Iroda Ikromovna
Talabalar uydan qaytishni xohlamayapti shekilli
Exxx bollar, bollar nimalarni óylab topishmaydi-a🖖🏿😂🤣
Show next 100 comments