Баттар бўлинг😉

Телеграмда қишки таътил 9 мартга қадар узайтирилгани ҳақида хабар тарқалибди. Хабар тагига мени каналимнинг манзилини қўйиб қўйишибди.

Бу хабарнинг рост ёки ёлғонлигини каналимга кириб осонгина текшириб кўриш мумкинлигига ҳам айрим талабаларнинг ақли етмаяпти. Яна булар замонавий талабамиш, хеҳ, ўргилдим.

Нима ҳам дердим, ким шу хабарга ишониб юрган бўлса — БАТТАР БЎЛИНГ! Сизга бу ҳам кам.

Олдидан чиққан хабарни ҳовлиқиб ҳаммага тарқатиб юрадиганларга ҳам шу гап.

P.S.: бу хабар, катта эҳтимол билан, қишки таътил узайтирилиши муносабати билан 14 январда совғасиз қоладиган йигитларнинг 8 мартда ҳам совға бермайдиган бўлдик, деган мазмундаги ҳазили бўлган. Аммо ким нима деса ишониб кетаверадиган лақмаларга буни ҳазиллигини тушунтириб бўлармиди?

Кўп эмас, озгина мустақил фикрингиз бўлсин, барака топгурлар.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Ana shunday o‘ylamasdan, tahlil qilmasdan xabar tarqatadigan odamlar xavfli bo‘ladi
70416
👍👍👍👍
Nargiz
24 chidan òqish bõlarmikan aniq ayta olaszmi
Man bironta jiddiy xabarmikin deb oqiib otiribman😂😂😂😂
Номоз Хамзаев
70416
👍👍👍👍
Шу талабаларни ўқитаётган ўқитувчиларга давлат бепул сут билан таъминлаши керак.
Manam ishonmadm kn kanalga kirib qarab chiqdim topomadm, keyin kanalli linkini qoyib xabar tarqatishibdi dedim😂
Райхон🦕
🤣🤣🤣
Мен факат шу Хушнудбек каналига ишонаман мандатниям шу каналга асосланиб курсам укишга кириб комман😃🤓
Behzod Mansurov
Ажабланманг мани куйларим азалдан еб туймас. Друппи
Ilmsizlik, fikrsizlik, .......... . Fojea
Assalomu alaykum mening fikrimcha bu maʼlumot xato ekanligini barcha bilgan boʻlishi kerak va buni tarqatgan ham yozgan ham hazil tarzida taʼtilda zerikkanidan shu ishni qilgan. Buni tarqatganlar ham inki toifa biri shoshma shoshar ishonuvchilar ular goh talaba boʻlsin goh boshqa ikkinchi toifa esa oʻshanaqalarni shunchaki goʻlligidan foydalanib axmoq qilivchilar. Nima boʻlganda ham bu yerda hech qanday ishonarli joyi yoʻq xabarning, koʻngli pok odam joʻnatgan odamning maqsadini bilmasdan jerkib tashlamaydi, aksincha adashgan taqdirda tanbeh berar, ammo kelib kelib bu xabarga kim ham ishonardi. Shunchaki qizlarbob fake xabar boʻlgani uchun tezda ommalashgan. Xalqimiz bu darajada esini yegan emas. Menimcha buni hamma hazil edi deb tushunsa maqsadga muvofiq. Yana bir gap shaxsan mening oʻzim buni qizlarimizga, va ishonuvchan yigitlarimizga hazil qilish uchun tarqatganman. Tushundingiz va toʻgʻri mulohaza yuritdingiz degan umiddaman.
Muhammadyusuf
Xususiy maktablarga online o'tish kerakligi aytildi o'quv kurslariga bu narsa taaluqlimi shuni kanalingizda batafsil yoritib bersangiz iltimos
🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️😂😂😂
Assalomu aleykum Xushnudbek aka salomatmisiz ishlar bilan charchamayabsizmi 🤣🤣🤣ee tinib tinchimagan odamlar nimalarni oʻylab topishmaydiya!!!😉😉
Iwonibmiz biz 🤣🤣
Yashang Xushnud aka. Ko'nglimdagi gaplarni siz orqali aytib olgandek bo'ldim.💪💪
Battar bo'ling deb kesatish shartmasdi, madaniyat qani?
Asabiylashmang asabbi saqlang aka
Show next 100 comments