Якшанба куни учун таъсирли воқеа.

Кун.уз нашри Бектемир туманида ижарада яшовчи, жигар циррозига чалинган ва зудлик билан операция қилиниши зарур бўлган бемор Мурот Тлеумуратов учун хайрия акцияси ташкил этади. Акцияда 100 млн сўмдан ортиқроқ маблағ йиғилади.

Аммо чегаралар ёпилиб қолгани учун Ҳиндистонда ўтказилиши керак бўлган операцияга 40 ёшли бемор етиб бора олмади ва яқинда касаллик зўрайишидан вафот этди.

Шундан сўнг, марҳумнинг турмуш ўртоғи хайрияга тушган 100 млн сўмни бошқа беморларга бўлиб берибди.

Кун.уз мухбири сўраяпти: «ижарада тураман дегандингиз, чоғроқ бўлса ҳам уй олишга ҳаракат қилмадингизми?»

Марҳумнинг турмуш ўртоғи Нурсулу жавоб беряпти:

– Бу пулларни ўзим учун ишлатишга ҳаддим сиғмади. Ҳеч кимнинг бошига биздаги каби айрилиқ тушмасин. Ҳозир ҳам 1,3 млн сўм тўлаб ижарада турамиз, эримнинг жони ҳам уйсизликда узилди. Лекин Аллоҳнинг бизга, қизимга атагани ҳам борлигига ишонаман. Ўзи истаса уйлик ҳам бўламиз.

Мана шундай яхши инсонлар борлиги учун ҳам бу дунё турибди, менимча. Яхшилар ва яхшиликлар кўпаяверсин...


👉 @xushnudbek 👈

331 comments

Show 100 more comments
Ilohim shu qilgan yaxshiligi javobsiz qolmasin.ALLOHIM raxmat nazari ila qarasin🤲🤲
Joylari jannatdan bo'lsin
Yunus
Xudo xoxlasa qizingiz va nevaralaringiz baxtini ko'rib rohatlanib o'tirasiz
Assalom alaykum! chindan ham shunaqa. òzim guvoh bòlganman. chunki bizni uyda dehqonchilik qilamiz va özimiz sotamiz. oldinlari eshitardim pomidorni optimga 500somdan opkelib 2500dan sotyapti. nimaymish dollar kotarilganmish. hoziram 1qop un eng arzoni 170ming. umumn tandirda chiroyli non bolmiydi. noshukurlik emasu ln shu nonga yetish uchun bizlar oz muncha mehnat qilganimiz yoq. yoģni narxichi yolģondan 4kg 200gr deydi ln òlchab korsez 3kg 800gr. axir bu nohaqlik emasmi narxi esa 45ming. buni ham inobatga olasla deb oyliman.
Tòģri etasiz manxam tadbirkorman oziq ovqat sotaman bugun yuk opkebsotsak ertasi kuni borsak sotgan narximizdan qimatga olib kelyapmiz odamlani nazarida biz òzimiz suniy oshirgan bòlyapmiz.buni tepasida usha zavod egalari suniy oshiryapti odamla qancha kop olsa shuncha qimmat qilishadi 😔😔😔
😭😭🤲
Akmizni olloh rahmatiga olgan bo'lsin. Bu opamizning qilgan ishlaridan zora amaldorlarimiz ham ibrat olishsa yaxshi bo'lardi!!!
Saparniyazov Inomjan
Ko'zi to'q va ko'ngli ham to'q inson ekan, ko'p yashang
Olloh rozi bulsin!
Хамдам Маматисаев
Ollox sizdan rozi boʻlsin
Qizingizni bahtu kamolini kuring ilohim umriz uzoq bulsin!
O'ylashimcha shu kabi qiynalgan oilalar uchun arzon va ko'p yilga imtiyozli uylar qurish kerak
Hozirdagi arzon uylar bu kabi oilalar uchun ancha qimmatlik qiladi
Akmal Chelsi FC
Oddiy xalqda insof bor, ammo hamma joyi but amaldorlar xalqning davlatning xaqiga hiyonat qiladi, mln mln pullar oʻzlashtirib olishdi, ular Allohdan qoʻrqmarkanmi.
Qanaqadir xayriya tashkilotiga topshirgan boʻlsa u notoʻgʻri qilibdi. Koʻplab xayriyalarni shu kungacha oʻzlashtirib kelga haromxoʻrlar u ayolni ham ehsonini jigʻildoniga urib yuboradi. Yaxshisi nochorlarga oʻzi tarqatgani maqul edi.
Akamizni olloh rahmatiga olsin. Kelinoyimizga alloh o'zi madat bersin. Taqdirdan hrchkim qochib qutulolmaydi ekan.
Spymaster
Mehr - muruvvatli , o'zgalar g'amini yeydigan insonlarni borligi quvonarli.Hali hammasi yaxshi bo'ladi.Yaxshilik yerda qolmas😊😊
Buni oʻqib padariga lanat deging keladi bazi Davlat odamlariga poraxoʻr kemiruvchi zararkunandalar ular.
unuw👼
Alloh raxmatiga olgan bolsin ilohim...
Kun.uz shularga uy olish uchun ham yana bitta hayirya otkazishsa bolarkan
Show next 100 comments