Якшанба куни учун таъсирли воқеа.

Кун.уз нашри Бектемир туманида ижарада яшовчи, жигар циррозига чалинган ва зудлик билан операция қилиниши зарур бўлган бемор Мурот Тлеумуратов учун хайрия акцияси ташкил этади. Акцияда 100 млн сўмдан ортиқроқ маблағ йиғилади.

Аммо чегаралар ёпилиб қолгани учун Ҳиндистонда ўтказилиши керак бўлган операцияга 40 ёшли бемор етиб бора олмади ва яқинда касаллик зўрайишидан вафот этди.

Шундан сўнг, марҳумнинг турмуш ўртоғи хайрияга тушган 100 млн сўмни бошқа беморларга бўлиб берибди.

Кун.уз мухбири сўраяпти: «ижарада тураман дегандингиз, чоғроқ бўлса ҳам уй олишга ҳаракат қилмадингизми?»

Марҳумнинг турмуш ўртоғи Нурсулу жавоб беряпти:

– Бу пулларни ўзим учун ишлатишга ҳаддим сиғмади. Ҳеч кимнинг бошига биздаги каби айрилиқ тушмасин. Ҳозир ҳам 1,3 млн сўм тўлаб ижарада турамиз, эримнинг жони ҳам уйсизликда узилди. Лекин Аллоҳнинг бизга, қизимга атагани ҳам борлигига ишонаман. Ўзи истаса уйлик ҳам бўламиз.

Мана шундай яхши инсонлар борлиги учун ҳам бу дунё турибди, менимча. Яхшилар ва яхшиликлар кўпаяверсин...


👉 @xushnudbek 👈

331 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka Assalom alaykum. Savol beradigan joy topolmasdan shu yerda qoldiryapman. Transfer.edu.uz saytiga kirib ariza to'ldirganda YODJU(YTIT) kirgizishim uchun korea davlati deb belgiladim. Sababi O'zbekiston universitetlari ro'yxatida yo'q ekan. Shu to'g'rimi. Maslahat bering. Raxmat
FARIDA
Ollohim sabr ato etsin bu ayolga qanchalik qiyin ekanini his qilib turubman sababi mening ota onam ajrashgan mana necha yildirkim biz ham onam va singlim bn ijara uyda yashab kelamiz. Turmush urtogi yuq ayolga 1.3mln sumlik ijara pulini tulash ogirlik qiladi bundan tashqari farzandlar un qilinadigan sarf xarajatlarni aytmaysizmi? Ilohim hammani bir vatani bulsin ekan. Uyli bulsinla Inshaallah.
SHU AYOLNI G'URURINI QARANGDA QOIL BA'ZI SES XODIMLARI ESA SAL KAM 1 MLDR
(HALI ANIQLANGANI ANIQLANMAGANI QANCHA ) PULNI SHUNDAY OG'IR VAZIYATDA O'ZLASHTIRIB YEB YUBORISHIYAPT. BIR AYOLCHALIK BO'LOLMAGANLIKLARIGA ACHINIYAPMAN BA'ZI BIR SES XODIMLARIGA
XODIMLARI ESA SAL KAM 1 MLDR
(HALI ANIQLANGANI ANIQLANMAGANI QANCHA ) PULNI SHUNDAY OG'IR VAZIYATDA
O'ZLASHTIRIB YEB YUBORISHIYAPT. BIR AYOLCHALIK BO'LOLMAGANLIKLARIGA
ACHINIYAPMAN BA'ZI BIR SES XODIMLARIGA
IKROM
shu ayoli g'ururu hammada bolganda edi
Kh. A Dr
Shu qilganlari uchunam. Shu opamizga uy uchun hayriya boshlasak yaxshi bo'larkan.
Qancha odamlani uyi yöq sharoyiti ogirligi sabab ölib ketvotti, ayrim 2 dunyo hor bögur Allohni lanatiga duchor bögurla hotirjam, holasa budjet holasa boshqasin evotti, qogala bilan ishi yöq.
Jamoliddin Ilyosov
Hammamiz shukuronani shu insondan o‘rnak olsang arziydi.Alloh mushkulingizni oson qilsin illohim
Мавзудан ташкари саволим учун узр: 31 июль ,1 ва 2 август кунлари харакатланиш такикланса курбонликлар кандай килиб суйилади?
Olohim Nematlam Oz Panohinda Asra
Опажоним олхим Сабир бэрсин
Оллохдан опага сабр тилайман. Кани эди шундай одамлар куп булса. Бир гурух мечкайкорин, еб туймасларга худодан инсоф сураб, шу опадан урнак олинглар деган булардим
insofli odamlar haliyam bor ekan Allohga shukur
SAYYORA Daminova
Karantin uzaytirilgan bolsa magistraturaning imtihoni nima boladi qoldiriladimi kechagina 3avgustdan 20avgustgacha otkiziladi deb oqigandim
Xushnudbek aka assalomu aleykum. Sizdan bitta yordam so'ramoqchi edim. Men Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida tug'ilganman. Andijon davlat universitetini magistraturani tugatib xozr TDAU Andijon filiali akademik litseyida ishlayman. Propiskamizni Andijonga ko'chirganmiz. Toshkentga qaytmoqchiman. Xozr karantin ish bo'mayapdi bu yerda kvartirada turamiz. Oilaviyman. Shaxsiy moshinam bor. Perivaldan o'tvolishga stiker so'rab borsam gai xodimlari tug'ilgan joyish Toshkent ekan o'tkazib yuboradi dedi bir kunga stiker berilmas ekan. Shunga yo'lga chiqsam moshinamni olib jarimaga solib qo'ymaydimi maslaxat berolasizmi?
Haqiyqiy insoniylik fazilati bor ayol ekan ming rahmat osha ayolga kopchilik ornak bola oladi ekan
Ixlos Xo'jamov
Xushnud ukajon manga bir narsani oddiy tushuntirib bering.Shunday qilib man ertaga ertalab 7 dan 10 gacha mashinamni hayday olamanmi yoki yo'qmi?(Qarshi shahrida yashayman)
《G.Qodirova》
Shunday qiyin kunlarda ham amalidan foydalanib davlatimizga,xalqimizga xiyonat qilayotgan olģirlar,garchi hamma narsasi yetarli bo'lsa ham shukr nimaligini bilmayotganlar uchun ibrat olsa arziydigan ish qilibdilar,Alloh ajr-u savobini behisob qilib bersin ,ilohim!
Гули Жураева
Оллох опажонимизга сабр берсин хужайниларинг жойлари жаннат да булсин илохим оллох узи мвдадкор булсин карантин тугаганда янги уйларда яшаш насиб керосин
Азамат Мирзарахматович
Ha....
Xolida G'ayratovna
Opamizning ishlari tahsinga loyiq. Odam orasidagi bunday olmosni asrashimiz lozim ahir arzimagan pulni deb jigarlar bir biridan voz kechayapti
Жигар церрозига чалинган инсон неча ойдан бери Москвадан учиб келолмаяпти. 43000чи очериддасиз дейишибди касал бн сог бир хил. Билет бор дейишибди 880$ лекин шу хам сотувга чикмабди.
Show next 27 comments