Якшанба куни учун таъсирли воқеа.

Кун.уз нашри Бектемир туманида ижарада яшовчи, жигар циррозига чалинган ва зудлик билан операция қилиниши зарур бўлган бемор Мурот Тлеумуратов учун хайрия акцияси ташкил этади. Акцияда 100 млн сўмдан ортиқроқ маблағ йиғилади.

Аммо чегаралар ёпилиб қолгани учун Ҳиндистонда ўтказилиши керак бўлган операцияга 40 ёшли бемор етиб бора олмади ва яқинда касаллик зўрайишидан вафот этди.

Шундан сўнг, марҳумнинг турмуш ўртоғи хайрияга тушган 100 млн сўмни бошқа беморларга бўлиб берибди.

Кун.уз мухбири сўраяпти: «ижарада тураман дегандингиз, чоғроқ бўлса ҳам уй олишга ҳаракат қилмадингизми?»

Марҳумнинг турмуш ўртоғи Нурсулу жавоб беряпти:

– Бу пулларни ўзим учун ишлатишга ҳаддим сиғмади. Ҳеч кимнинг бошига биздаги каби айрилиқ тушмасин. Ҳозир ҳам 1,3 млн сўм тўлаб ижарада турамиз, эримнинг жони ҳам уйсизликда узилди. Лекин Аллоҳнинг бизга, қизимга атагани ҳам борлигига ишонаман. Ўзи истаса уйлик ҳам бўламиз.

Мана шундай яхши инсонлар борлиги учун ҳам бу дунё турибди, менимча. Яхшилар ва яхшиликлар кўпаяверсин...


👉 @xushnudbek 👈

331 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum! Opamizni taqdirlari insoniyliklari odam o'ylashga, mushohada qilishga undaydi(olloh sabr bersin) Lekin bilasizmi xayr ehson qiladigan odamlar xalq orasidagi, qiynalib kun korib, bir mayizni qirq bolib yeydiganlar orasidan koproq chiqadi doimo. Lekin ba'zi bir rahbarlar (e'tibor bering ba'zi bir!) shunday ogir kunlar bolshiga qaramasdan uyiga millionlarni tashishdan uyalishmayapti. Lekin karantin zonalarida infeksionniylarda hattoki oddiy perchatkalar muammo bolyapti. Nega? Qachongacha? Axir insonlar o'lyapti...Shuncha davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar qayoqqa ketyapti? Tepada talablar qattiq qo'yilyapti lekin ijroga kelganda... Xushnudbek aka, siz bilan qanday bog'lanishni bilmayapman. Siz bilan qanday bog'lansam boladi?
55555
Ассалому алейкўм ҳамма ҳаммага мен нима демоқчиман, бизнинг ҳалқимиз орасида бағри кенг, қўли очиқ, раҳимдил, содда ва кўнгли тоза, саҳоватпеша инсонлар кўпаяверсин. Энг аввало дунёмиз тинч ва хар ҳил бало қазоларда Парвардигорни ўзи барчамизни асрасин.
Lester Siti
Dunyoda yaxshi insonlarning kupaygani yomon iflos poraxur nokas nafs quli itdan battarlarning orom olib yeb ichishiga yordam beradi balki yaxshi odamlar bulmagani maquldir. Xali yaxshi odamning bu xayotda yutganini kurmadim faqat kinolarda kitoblarda yutadi. Qarang pul yig'ilibdi nima uchun bemor tuzalishiga tepadan yul berilmadi pul yig'ilmasdan oldin jon uzilsa bulmasmidi xech qanday yaxshilik uchun yutuq yuqga uxshaydi. Adolatsizlik yurakni qiynab yuboradi Ollox demiz xaqiqat demiz insof demiz qachon YAXSHILAR YUTIB CHIQARKANA
Lester Siti
Anvar .
Negadir blogerlarimiz kurinmay qoldida Xushnud akadan ham umidimiz katta edi xalq farovonligini o'ylab yaxshi ishlar boshlagandi lekin afsus
Blogerlar xalq uchun xizmatdami ular layk yig'ish bilan ovvora xatto imomchalar xam chiqib bir maqola tayyorlab boshida layk bosing dedi . Agar layk yuq bulsa pul topish yuq bulsa bloger boshqa ish qidiradi
Magistraturaga hujjat topshirib beramiz. Bog'lanish uchun - +998977859767 yoki @JekLondon77 ga murojaat qiling. Xizmat pullik.
Ilyos
Admin bn qanday boglansa buladi.
B__E__K
Assalom aleykum Xushnudbek aka. Avvalam bor biz yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan minnaddor bulgan holda gapimni boshlamoqchiman. Pandemiya sababli qo'shni davlatlardan perevod bulgan talabalarni uqishi qolib ketti (bu jarayon faqat biz uqishimizni kuchirgan OTM da). Men uqishimni Samarqand iqtisod va servis intstitutiga kuchirgandim. Mana sal kam 5 oydirki hech kim biz bilan qiziqqani yuq. Institutda ishlaydigan hodimlar bilan bog'lanishga harakat qildik lekin hech kim telefonni kutarmadi. Kutarishgan taqdirda ham kutishimizni aytishdi. Lekin allaqachon bizga kontrakt pulimizni tulatishgan. Lekin natija yo'q. Mu faqat mening muammoyim emas. Barchani dardi shu. Men sizdan shu muammoni yechimi topishda yordam berishingizni surayman
Бечоралар бечораларга мадад.Сув бошида турган харомхур ифлослар угирлик билан банд.карантин уруш.шунга кура уришга аталган захирани угирлаб еб ётганларни харбий конунлар буйича о т и ш керак. Етар халкни эзиш.халк улаяпти булар кемираяпти.У з р ни кабул килмаймиз.качон чора курилади.камбагилликни йукотиш дегани улдириб тугатишми.
Ёки хитойдан конун химоячиларини импорт килиш керакми-а?
Шарофбек
Assalomu aleykum Xushnud aka bir savolim bor edition. Men magistratura ta'lim bosqichini tugatganman.Agarda turdosh ta'lim yo'nalishiga magistraturaga topshirsam nechchi yil o'qiladi. Oldingi magistr diplomim inobatga olinadimi.Javob uchun oldindan
Q_A_J✓✓✓
Бу аёл Қороқолпғистонлик буса керак,Қораколпқларда шунаха карактер бор
Шарофбек
Assalomu aleykum Xushnud aka bir savolim bor edition. Men magistratura ta'lim bosqichini tugatganman.Agarda turdosh ta'lim yo'nalishiga magistraturaga topshirsam nechchi yil o'qiladi. Oldingi magistr diplomim inobatga olinadimi.Javob uchun oldindan
Bari bir Yana shuncha yil o'qiladi. Chunki 1 kursda diplom ishi uchun mavzu beriladi. Bitirgunizcha vaqt beriladi. Undan Kam vaqtda ulgurib bo'lmaydi. Shuning uchun ham Yana shuncha o'qish kerak. Agar diplom ishini tugatish uchun vaqt bemalol bo'lganda magistraturada perevod qilish mumkin bo'lar edi.
Shu inson va farzandlari xaloldan boy bo'lishsin millioner bo'bketishsin iloyim
Olloh rahmatigaolgan bulsin bu insonni.Rafiqasiga ming bor rahmat
murod urinov
Агар битта икта демаса , у́збек халкининг хаммаси шундай сабрли халк