This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 39 more comments
Diyor Imomxo'yevdan munosabat kutib qolamiz.Har doimgidan fedaratsiya ,PFL.jim.
Ассаломуалайкум!Хушнудбек илтимос 998333257030 рақамига номериздан смс ёзинг.Илтимос
𝐑꯭𝐄꯭𝐂꯭𝐏꯭𝐄꯭𝐂꯭𝐓꯭
Haa ula odam bomidii
Anvar Turdikulov
Futboldan tashqari qayerda haqiqatni kòrayapsiz
Hamma sodada korrupsiya botib ketdiyu hamma sohada. HUSHNUD siz ham yuragizi oldirib qoʻydiz.
Xalqni pulini hohlagan joyiga ishlatib yotibdi bu vijdonsizlar . Ozini moliyalashtiraolmasa yigishtirsin bu futbolimi , boshqasinimi
Juda to'g'ri fikr deyolmiman , Xushnudbek aka. Chunki futbolga qiziqadigan insonlar millionlab O'zbekistonda.
Bu tizimni siz aytgandek qilish uchun PFL kurashmoqda , bunday qilish izoh yozgandek oson bo'lganida qani edi .
Hammasi to'g'ri yo'lga qo'yilsa futbol orqali davlat ancha rivojlanadi .
Birgina transfer summa orqali (masalan)
Oka bizning futbol hech qanday foyda keltrmayapti bizni xalq uchun faqat zarar zarar xarajat har yili 2 3 martalab dubay avstraliya deh pul sovirib shohona hayotni yaratib beramiz ular hech nima beromedu biz uchun natija berolmayapti òz davlatidan halovat topomayotgan suriyadan yutqazvomiz bu sharmandalik. Umuman foydasiz narsani yoqotish kerak xòjakorsinga bulvotgan futbol kerak emas
Абдураҳмон Аҳмедов
Гапирганни фойдаси йўқ менимча,ким рози экан а?
Наврузбек
Nasafni sindirishdi, navbat sizga....
To'g'ri.Xushnud aka.Lekin,futbolchilar bit musobaqada nisbatan yuqori bosqichga chuqishsa va yoki chempion bo'lish sharafiga muyassar bo'salar millardlab pul keladiku.
Bunga chidab bolmaydi
Mirmukhsin Otamurodov
Tugri futbol jamoalariga budjetdan pul ajratish kerakmas
Sharmandalik, oʻzim jizzaxlikman lekin haqqoniy gʻalaba+ gol bomapti
Бахромжон Валиев
Эссиз футболга кетган вакт
Ochiqchasi ozbek fudboli uchun bu sharmandalik sharmandalik bo'libhamki juda katta sharmandalik bunday holat bn bilmadim NO COMMENT
Buni futbol dep ham bomaydi
To'g'ri qancha qancha maktablarda jismoniy zali yo'q. 20 mlrd kichik pul emas. Shuncha pulni olib endi chiqqan komandani 1:0 hisobiga yutish, eng alamlisi yagona gol penaltidan bo'lgani. Bu to'qlikka sho'xlik emasmi?...
Show next 100 comments