This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 92 more comments
Зарина Холикулова
Siz aytganingizdek agar òynashmoqchi bòlishsa futbolchilarning òzlari pul topib òynashsin,balki shunda biroz harakat qilisharlar.
Odamni gapirgisiyam kemaydi bu oyinlardan! Man chi....ib kelay! 😊😊😊
Men OTMda tahsil olaman.Lekin,shu millardlab pul sarflanadigan otmlarda ta'lim sifati tugul uning berilidhi ham yaxshi darajada emas.
MUZAFFAR
Nasafga nmaga bermaydi pul
Dadaxon Habbibullayev
O‘lim jazosi kerak o‘zbekistonga
O'lim jazosi bo'lsa, haqiqat bo'ladimi? Nabarot Turonni trenerni o'ldirib yuboradi
Eng to'g'ri yol.Xato qilgan hakamlarga katta jarimalar soliw.kerak.Masalan APL da biror hakam xatoga yol qoysa bu oyin taqdiriga ta'sir qilsa ,50000 funt sterling jarima solishadi.Wu tizim bizdayam joriy qilinishi kerak.
To'g'ri aytdiz rozi emasmiz
SAMANDAR
Togri gapirdiz lekin futbolga pul sarflamasak bundan ham dabdala ahvolga kelib qoladi misol ucun qatar 5 yil oldin qanaqa kamanda edi hozir qanaqa kamanda bizni oyincilarda emas ayb katta ayb ulardan katta qatorda otiradiganlarda ular pullarni jamoga yetib kelmay qolishidan shunaqa ahvolga tushib qolgan bu jamoalar qatar milliy jamoasida 5 6ta ligeoner futbolcilar bor shunca pulni shunaqa legionerlarga sarflasa ozbek oyincilariyam shular kabi oynashga harakat qiladi xitoy chempionatiyam bunga misol
Yaxshi shu po‘ni IT ga sarflasin oz bo‘lsa ham davlatimiz rivojlanarmidi
Pfl degilar vijdonli busa oʻyindi boshidan oʻtkazib boshqa sudiya va var qoʻysin shunda adolatli boʻladi
Qani penalti bu vaziyatda yuziga tegiptiyu to'p
Togrisi achindim turon murabbiyiga
O'yinni boshqattan o'tqizish kerak
Sudyani chetlatish kerak bir umrga odammasakan to'g'risi
Sevara Tursunova
Futbol yaxshi albatta yaxshi va halol òynalganda, ta'limga e'tibor masalasiga kelsak albatta bunday e'tibor juda zarur. Kòp maktablarda sifatli ta'lim berish uchun kadr va sharoit yetarlo emaslihi afsuslanarli
Faqat Turon emas Paxtakor ham xususiy. Manimcha Andijon ham bu yil xususiylashtirildi
Serezitdinov aqlini emas vijdonini yeb quygani aniq. Alloh jazosini bermasa bu iflosga Diyorni duxi yetmaydi.
Шу тогларни орасида куринмай улиб кетамиз
Dilmurod Usmonov
Futbolchi kamida 10 million oladi o'qituvchi 2 million
Befoyda gapirish.......
do'stlar hakam ham odam adashilish tabiiy inson faktori bor albatta. hatolar hatto APLda ham bolib turadi esingizda bo'lsa Sterlingni mashhur yiqilishi taqqoslab ko'ringlar jahon futbolida bunday hatolar kuzatilib turiladi hatto VAR bo'lganda ham APLda VARni hatolarini ham ba'zan ko'rib turibmiz shunday ekan xissiyotga berilmasdan fikr beringlar
Holmuminov Faxriddin
Тугри фикр. Бу текинхур футболга бюджетдан бир тийин хам бермаслик керак. Таьлим, медицина, ижтимоий химояга купрок беришсин.
Show next 100 comments