This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
do'stlar hakam ham odam adashilish tabiiy inson faktori bor albatta. hatolar hatto APLda ham bolib turadi esingizda bo'lsa Sterlingni mashhur yiqilishi taqqoslab ko'ringlar jahon futbolida bunday hatolar kuzatilib turiladi hatto VAR bo'lganda ham APLda VARni hatolarini ham ba'zan ko'rib turibmiz shunday ekan xissiyotga berilmasdan fikr beringlar
Holmuminov Faxriddin
Тугри фикр. Бу текинхур футболга бюджетдан бир тийин хам бермаслик керак. Таьлим, медицина, ижтимоий химояга купрок беришсин.
Futbol putboli bir tiyinga qimmat bizada tupur liga mana shuncha pulni talimga yonaltirvorsa judala yaxwi uzgariw bolardi
DILAFRO‘Z👩‍🎓
Bunaqa holatlar, afsuski, o‘zbek futbolida juda ko‘p takrorlanadi. Bularga qarab futboldan ko‘ngli sovib ketadi odamni.😏 Insofni o‘zlariga bersin.
Var boldimi hamma oyinga quysin bolmasa quymasin osha quygan oyinlarida varga talab bolmaydi lekin bunday oyinlarda var bolsa penalti yuq derdi ayirmachilik kerak emas bizni futbol faqatgina aholini 1% ni ham tashkil qilmaydigan qorni kottalarni boy qilish uchun ishlaydi afsus
Raxman Ismetov
Hamma narsani undan foyda bolmasa yoq qilib talimga yuboraberish notogri menimsha shunkiy insofsizlar u erniham yoq qilib boldi shuning ushun ular bilan tish tirnoq bilan kurashish kerak bizga futbol kerak sababi kopshilik bu sport turini boshqalariga qaraganda yaqahiroq koradi va sevadi
Õsha pullar teshib chiqsin fuflo jamoalardan.
Oddiy postlar bn bunday ishlarni hal qilib bulmaydi afsus, baribir nima bulganida ham bizdan yuqoridagi mansabdor shaxslar hal qiladi hammasini. Biz har doimgidek shunday postlar ga fikr bildirib qolamiz xolos, bizni fikrimiz hech kimga qiziqmas ( mansabdor shaxslarni nazarda tutilgan).
Mana shuncha pulni Nasafga sarflasa osiyoda tengsiz mana men javob kerak bosa jahon chempionatini kubogini oladi. Vashshe nohaqlik bogan. Turonni murabbiyi togri gaplani gapiripti.
Sudyalarni yaxshilab jazolash kerak agar turonni trenerini chetlatsa noto'g'ri ish boladi
Zuxriddin
Bunday fikrlarni boshqaruv organdagilar o'qiydimikan!? Yoki o'qisa ham indamay ko'z yumib ketadimi!?
Haqiqatanam kuyib ketti Islom Ismoilov yomon alam qilarkan

Korrupsiyani yoʻqotmasekanmz hali bunaqasi koʻoʻoʻp boʻladi
Futbol deyilsa uyat so'zi yodimga tushadi rostdan butun o'zbekistonda hech kim futbol o'ynashni bilmasmikan yoki futbol o'ynashni biladiyu o'zini ko'rsatishga imkoniyati yo'qmikan??? Nima bo'lsa ham o'zbek futboli og'ir ahvolda
Отанг рахмат турон мураббийи . Отангга рахматт !!!
Jasur Ismatullayev
Taʼlimga yoʻnaltiramiz deb oʻqituvchilarni boshiga yetmanglar. Kundalik.com ni oʻzi yetadi ularga
Show next 100 comments