This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Кимлар юкори урин учун кураши аник. Буларни ичида факат Насаф мард курашади. Колган командалар ПФЛни байкот килиб алохида лига тузишга хакки бор. ПФЛ шунчаки ташкилотчи, хеч канака рахбарият эмас!
Темур Кулдошев
Судья -Турон 1:0
Shu pullar nasafda bulsa edi aniq chimpion bulardi
Мураббий албатта ҳақ бу ҳолатда, шу жиззах ютмаса бўлмайди деб заказ бўлгандирда тепадан, чидолмади адолатсизликка.
Bollani motivatsiyasini yoʻq qiladiku bu ketishda.Bunaqalani hammasini yoʻqotish kere.Turon✊✊olgʻa
Bizani futbolga VAR ni ham foydasi yo‘q. Xushnudbek 2 turdagi o‘yinni ko‘rib xafsalasi pir bo‘gan bo‘sa, shaxsan mani 1-turida bizni futboldan xafsalam o‘ldi. Kimlardir etibor berishgandir balki manga o‘xshab, ‘‘NASAF-PAXTAKOR’’ o‘yinida Nasafni yosh futbolchilari Paxtakorni 2-0 hisobda yutayotgandi 70 daqiqagacha. Paxtakor o‘yinchisi Sobirho‘jayev nasaf jarima maydonida simulasiya ishlatib yiqilib o‘zini tashavordi. Hakam ham 11 metrlik belgiladi. VAR dagi Azim Asimovlar ham penalti bor deb tasdiqlashdi. Oddiy ekranda simulasiyalagi bilinib turganda VAR dagilarni ko‘zi ko‘r bo‘b qoldi paxtakor foydasiga. O‘yinni sindirib berishdi oxirida yosh Nasafchila 2-3 ga yutkazishdi. 1- turdan ahvol shu bo‘lsa bu chempionatdi ko‘rib o‘tirmasa ham bo‘ladi degan xulosaga keldim.
Bularni futbolidan maktab bolalarining futboli qiziqroq hakam ham yo'q pora ham
🎼I.Abdirayimov
Таьлим хам койил киворган жойи йук. Футбол миллионлар уйини. Сиз кизикмаслигингиз мумкин. Бугунги уйин учун масьуллар жавоб берсин. Яхши таьлим олганлар
Калек Турдыбаев
Футбол ёкатинлар шунча пул кетади бир тийин пайдаси ёк давлатка
Özbekistonda Turon yagona xususiy emas Andijon ham Xususiy
Fudbol ko'rgim keladi biroq bu o'yinlar men bezdirgan
Iflos sudyalani soqqasini bersen sanga yonbosadi. Xaromxorla
1XBETga sotilganmi oʻyin🤦🏻‍♂️
iqtidorlar qishloqda ko'pchiligi bilishmaydida boylarni bollari egallavogan
Islom Karimov
Shunday nersalarni kurasan blinn futboldagi insofsiz rahbarlardan nafratlanib ketasan,puling yuqmi sen chiqolmiysan uyinga
Хуршид Шукуров
Xushnud aka UYINNI kordizmi siz.
Agar bitta hato penalti belgilangan bulsa Turon 90 minutda 5ta gol ursin uzi harakat qilib hisobga olmasin qani kiyin koramiz Turonni ozidayam uyin yugku Korinib turibdiyu
Farruh HAMROYEV✅
Ravshan Ermatov ko'zlariz Ravshanroq ko'rsin bunday o'yinlarni!!! O'zbekistonda karrupsiyani yo'qotish kerak deb jarangdor gaplarni gapirgan sari karrupsiya ko'paymoqda, mana misol futbolimiz. Ko'zi ko'r bo'gan odamam biladi futbolimiz karrupsiya bosganini. Hakamlani esa vijdon va erkaklarga xos g'ururi yo'qligiga yana bir bora amin bo'ldim!!! Ravshanjon ko'zizni oching borligiz ham bilinmay ketdi!!!
Bunaqa hakamlarni ishini prokuraturaga oshirib tergov qilish kerak. Bitta noxaqligi bilan qancha odamlarga, jamiyatga ham moddiy ham manaviy zarar yetkazyapti. Kerak bo‘lsa, agar korrupsiya alomatlari bo‘lsa ildizini topib jinoiy javobgarlik belgilash kerak. Korrupsiyaning mana shunaqangi koprinishlari uchun jinoiy javobgarlik belgilansa nafaqat futbol balki boshqa sport turlari ham xalol va adolatli o‘tadi, shuningdek kuchlilar g‘alaba qozonadi.
Ахтам Султанов
Узбек футболи учун шунчаки шармандали холат ....
Show next 100 comments