This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Ronaldu gooooool💪💪💪💪💪
Jahongir Akmalovich
Xushnudbek blogerman deb yozoraszmi xoxlagan gapizdi So'g'diyonada nima ayb hakamga etiroz bildiren agar siz zo'r bo'siz usha hakamni futboldan chetlaten penalti bergandan keyin tepadida har qanday komanda
U penaltini tepish tepmasligidamas shuncha pul ajratilayotgani toğrimikin shunaqa saviyadagi uyinga shu xaqda gap ketyapti undan kora shuncha odam topni orqasidan yugurib davlatni pulini ogandan mexnatqilib topgani yaxshimasmi
Mehriddin Azimov
Bunaqa fudbolni ko'rgan vaqtga odam achinadi
Assalomu alaykum. O'zim jizzaxdanman. Sog'diyonani g'alabasidan doim xursand bo'laman. Ammo bu xol sharmandali bo'ldi. Budjetdan ketgan 20mlrdga rozimasman. Chunki bu pullar xalqning pulidir. Xushnudbek aka fikrlaringiz to'g'ri
Бахром Холбоев
Bu chempionatni oyinga pul tikadigan amaldorlar korsin.To'grisi bizning futbol o'lganiga 20 yil bolgan, shuning uchun umrini shu futbolga tikib arosatda qolgan yoshlarga, yoshi otganlarga achinaman. Bunaqa chempionat bizga umuman kerak emas. Bu har yilgi boladigan holat.Sal bir choralar qollaydi, lekin asosiy roldagilar o'zgarmaydi, ulani ozgartirishga fed duxi yetmaydi ozi uchib ketishi mumkin.Bizda futbol xamma soha bn birday ketmoqda
Taxminlarim:
1. Ertaga bu hakamni quyi ligaga tushiradi yoki boshqa jazo beradi!
2. Bu bilan nimaga erishamiz. Undan italiyada qo'llagan jazoni bizda qo"llash kerak. 2 ligaga tushurib yuborish kerak.
Bu xato qarorni hakam qildi, bir jamoa jabr ko'rdi biri esa noqat yutgan bo'ladi. Oxir oqibat aziyatni futbolchilar chekadi. Bitta buyruq bilan VARni 22 kunda hamma klublar o'z stadionlariga bemalol o'rnatishadi.
Nma siz teppasida turudizmi guvoh bulib
Mehriddin Azimov
Varni keragi ham yo'q keyin vardagilar ko'r bo'lishadi
Mana o‘yin mana haqiqat nima deyishga ham xayronsan kishi bundan ko‘ra super ligani nomini o‘zgartirib raasvoo liga qilsin nima bu xalqni ko‘z ko‘rona aldayapdi.............
Toppa to‘g‘ri men xam rozi emasman....Tewib chiqsin🤣🤣🤣🤣
Bobur Islomov
GM liga
ᅠᅠᅠ ᅠᅠᅠ
Qachongacha divandagi jasurlar bo'lib o'tiramiz??? Petitsiya tashkillab ovozga qo'yish kk byudjet mablag'larini futbolga sarflanishiga xalq rozimi deb
😂😆😆😆😆hamma ko'rdiku neftchi bilan o'yinda kim yutganini. Yutqizganniki achishadi
F.Yu.
Murabbiyni siqilganicha bor. Bunaqada nafaqat futbol. Xech narsa rivojlanmaydi...
Show next 100 comments