This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Islom aka oxxirigacha boradi, bu hatoga aralashgan xar bir qo'l jazosini olishi kerak. Endigina Oliy ligaga qo'shilgan jamoaga shunday bosim bo'lishi bu shunchaki sharmandalik.
O'sha hakam xam pushtikamarlaridan bo'lgan farzandlarini oyligidan boqadiku.... Gaplarim tepyabtimi....? Turon jamoasi muhlisi sifatida hakamlarga jazo berilishini istayman. Bu hakam turonning uy o'yinini boshqarmasligini tafsiya qilaman.
Jamshid Umarov
Hakam sotilgan tochni
Futbolni xususiylashtirish kerak jamoalar huddi turonga uxwab uzini aravasini uzi tortsin, budjetga tushov bomasin, uzi shubdogam budjetti kemiradigan 24ta vazrlik, paloncha qomita ,jamgarmalar, hokimiyat,
Osilmasin budjetga jamoalar yo xususiy qilish kerak yoki futbol uynamaylik, chunki uynagan bn biron nmani qoillatayotganlari yoq, talimga sarflasin, infratuzilmaga, yol qurishga sarflasin shu pullarni
╚»★«╝Megamind╚»★«╝
Xushnudbek
1. Нимани ёзишни менга ўргатманг. 2. Гапиришдан олдин яхшилаб ўқишни ўрганинг. "Сўғдиёна"ни айблаганим йўқ. У давлатдан оладиган пуллар ҳақида маълумот бердим холос. 3. Айбни ҳакамга қаратганман. Ёки сизларнинг ҳам кўзингиз ҳакамники каби кўрмай қолдими? 4. Давлатдан молиялаштирилмасин деган гапим эса, барча клубларга тегишли, фақат "Сўғдиёна"га эмас. Болалар ҳароба мактабларда ўқишяпти, мактаб камлигидан 35-40 нафар ўқувчи битта синфда тиқилишиб ўқияпти, айрим жойларда ҳатто 3 смена дарслар бўляпти. Давлат мактаб қурсин, ўқитувчилар ойлигини оширсин, бунақа 90 минутлик цирк учун халқнинг бунча миллиард пулини сарфламасин. Бу гапим сизга ёқмаган бўлса, хоҳишингиз.
Xushnud aka 100foiz gapiz togri men ham qishloqda katta boldim ozim osha siz aytganday maktablarda oqidim togrisini aytsam 1-sinfda 2-sinfda maktabdayam o'qimaganmiz kimnidir tashlandiq uyida oqiganmiz bizga joy yoq edi xullas osha tengqurlarimdan bor yogi 3tasi oqishga kirgan men va yana 2ta sinfdoshim shunchaki achinish kerak shuncha pulni ahmoqgarchilikga sarflaganiga
sᴀʀᴠᴀʀ ᴀɴᴀʀʙᴏʏᴇᴠ
Endi xushnud oshib tushdi bu gaplarin sugdionaga til tekkizma hakamni qancha soksang suk. Faqat aqillilik qilasan talimingga shu 20 mlr bersa nima uzgaradi hamma yoshlarni boshi enternet tik tok bub yotibdi. Aqillilik qilma.
Aqlli , mabodo OTMlarga kirishda imtixonlar ochiq maydonda oʻtkazish , Toshkentda propiska masalasi , talabalardagi koʻplab muammolar yechilishiga abituriyentla ucn yengilliklar boʻlishiga sabab shu Xushnud aka boladi . Bilmasdan gapirmelar
Bu gaplarni gapiraver bizningham sizningham og'zingiz ogrigan bolsa kerak ,nmayam diymiz sabr qilish kerak, chunki sugdiyonaga o'xshagan jamolar superligada oz emas ,yani davlat tomonidan mablaglashtirladigan,menimcha buni yagona yoki faqat sabr
Ha hakam adashibdi odamiylik sportda halolik degan narsa bor biz buni yevropa fudbolidan kórganmiz (var yóq vaqtda) penalti hakam tomonidan nohaq belgilanganda penalti tepayotgan óyinchilar varataga tepmaydi ularga shunchaki respect
Bahrom Alimov
Xushnudbek bildirgan fikrlari tog'ri, klublarga ketgan pullarni maktab bog'cha yo'llarga sarflasa qancha joylar obod bo'ladi, lekin shu pul 100% belgilangan sohaga borib tushadimi yoki boshqa joylarga oyoq chiqarib ketadimi asosiysi shu
Juda to‘g‘ri gap
Узбекистонда футбол коидалари бошкача шекилик 😂😂😂😂
Ha aytmoqchi bizga var kelishiga hali kop yillar kerak boladi ,chunki var tizimi juda yuqori internet tezligida ishlaydi ,bizdagi eng yuqori internet tezlig uning choral qismigayam tog'ri kelmaydi ,bu fakt
Fudbolni qo'yingla qon qaynagani qoladi bitta ot olib Ko'pkariga qiziqish kerak Fudbolga bergan pulni Ko'pkari Federatsiyasiga berganda shu rvojlani ketarmidi
Aka fudbolni ham rivojlantirilik axir. Maylida davlat budjetidan uynayotgan bolsa ham vijdonan uynasin grom qilmasdan. Shunga yarasha chempion bolsin. Hechkim uzbek fudbolini kormay qoydi ku. Manashunaqa vijdonsizlar xisobiga. Bizda yaxshi uyinchilar bor. Lekin leki yol yoq
Shokirjon Giyosov Mubinaxon
Xar kuni shunaqa muxokamalardan mavzu ochib turing Xushnudbek.
Xalq bir dardini aytib turadi. Zora biror foydasi bulib qolsa biz oddiy xalq xursand bulardik🙄
Ажабланарли хеч нарса курмадим.
30 йилдан бери барча сохада шу ахвол. Айникса "янги Узбекистон"да.
Achilov Zokir
Pora olib shu ishni qilgan bo'lsa ham u hech qachon jazzosini olmaydi. Chunki undan manfat ko'radiganlar bunga yo'l qo'ymaydi.
Omad hakamlar🤣🤣🤣
Show next 100 comments