This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Балик бошидан сасийди. Балик ни наханглари яьни китлари юкори лавозимларда бир неча йиллардики юкори лавозим ларда ишлаб келяпти. Аввалги олгир хакамлар Энди хакамлар ва этика кумитасида ишлаяпти .
Bekhruz Bek
Shunday deymizu lekin foydasi yoqda baribir
Shunaqa Deb o'tirsak hech qachon odimlay olmaymiz bu degani o'zbeklar hech qachon iqtisodiy taraqiy etmaydi degani. Bu esa juda katta muammolar keltirib chiqadi. Qo'limizdan kelguncha harakat qilishimiz kerak.
Vapshe pul sarflash kkmas futbolga oshanda osha poraxor amaldorla burnini tiqmasdi futbolam ozidan ozi rivojlanib ketardi
Siz qo'ymasangiz man biz qo'yamiz😁

https://t.me/uzbekvideo/16784
A G.Q
Bu futbolimiz hech uzgarmadi uzgarmadida uynaydigan mehnatkash klublarni boshi muammodan chiqishmayabdi oxirgi vaqtlarda
hurshid.
Qayta chuqurroq õylab koring nima demoqchi bolayotganizi, qanchalik sizni fikrizga qoshilishni istasamda bu fikr notoğri.
Endi bilmadim sizga futbol non berib boqayotgandir bu degani butun o'zbek fuqarolarini boqadi degani emas. Manimcha gapimni tushundiz.
Eexx bu futbol nima ga. Bunchalarnasab qildiradi
ENDI PLAYSTATIONDA FUTBOLIMIZ YAXSHI BOʻLAR.
Afsuski bu ko‘rsatkich faqat futbolda emas boshqa soha mutasaddilari ham ko‘zi ochligidan byudjetni kemirgani kemirgan.
Rivojlanish yo‘q, har tarafda bir-birini inkor qiladigan qonunlaru yangidan yangi jarimalar rivojlandi halos.
Prizedent atagan Yangi O‘zbekistonda faqat plastik va naqd pul o‘rtasidagi tafovut o‘zgardi qolgani eski hammom eski tosligicha qoldi.
none none
Eee futbolini shuncha milliard pul osmonga uchyapti kamiga xalqni rizqidan ketyapti
Eee insof bergurlar shu koptogini yorvor 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
5jasur5 Milk
Uzìni puli bulsa aqlini ishlatib pul sarflaydida oson kelgan narsani bularga qizigi yuq
@Xushnudbek aka rahmat muhokama uchun sharoit yaratganiz uchun
Qishloqlarda qancha talantlar bor ularni butsa olishga puli yuq. Shu kulublarga berayotgan pullardan 1% ni. Qishloq bolalarini natija uchun mukofatlasa yaqin yillarda uzgarsak kerak.
Qobiljon Burxonovich Umarov
To'g'risi xakamni qigan ishini ko'rib hayron qoldim axir fudbolni tushunmaydigan odam ham bu vaziyatda penalti yuq derdi lekin xakamni ham tushunish kerak yegan dan kiyin ko'z ko'r quloq kar
Shu futbol O'zbekistonga vapshe keragi yuq. Buni bir mundo ko'rib chiqadigan hal qila oladigan odam bormi uzi. Yuqotish kerak futbolni soqqani olib foydani qilib yotishibdi. Agar futbol ketsa hokim buvalarni cho'ntagiga zarar tegib qoladida. Chetdan 1mln dollarga futbolchi olib kelib futbolchiga 100 dan birini berib qolgani kissaga. O'zbekistonni bu turishda kalamushlar yeb bitirishadi. https://tx.me/Xushnudbek gapiz 100 foiz tug'ri
Show next 100 comments