This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Talim, maktabga tikishsayam ettatam yeb ichvorishadi)))
Узбекистондан футбол уйинини йук килса буларди шуунча 20миллиард сарф булишини энди билдим яна битта жамоасига шуунча пул мана коррупция каерда экан.
Futbolchilarni paxta terdirgan maqul😅
Bir tinga qimmat Football va bir tinga qimmat footballimiz uchun rasxod qilib o'rnatilgan Var tizimi
Albatta bu hazil bosh aybdor kim bunda sizningcha Òzbekiston futbol federatsiyasimi yo futbolchilar
Vohidjon Abdullajonovich
Хамма камандалар узини узи молиялаштирмаса шунака булади. Узи бизга шунака футболь керакми? Бошка давлатда шуни хакам деб литцезия берадими шуларга? Демак хакамлик хукукини берувчи рухсатномани бу хакам пора билан олган, енди шунака килиб сарф килган пулини чикаради.
Bizni qon qonimizga singib ketgan ekan fitna vatani chuktirish tarixga nazar tashasak Amir Temur qancha sarhadlarni tashab ketgandilar mana talashib talashib qanday ahvolga yetib keldik har qanday qonun bizni manimcha endi odam qilolmaydi rosti umuman adolat tushunchagi ishonch qolmadi
Bekhruz Bek
Yoʻq
Unda tushuntirish qiyin sizga! Tagʻin koʻnglizga olmang! Bunday deganim shaxsan oʻzim ham kurashga qatnashib shugʻullanib yurar edim. Musobaqa boʻlishini aytishdi. Oʻzimni ayamay shugʻullandim, Men Termizdanman, bilasiz, tabiiyki issiq boʻladi. Shu issiqda ham qoldirmay kelganman. Musobaqa masalasiga kelganda tabiiyki saralash boʻlib oʻtadi. Bizda 100 yaqin bola shugʻullanar edi, maqtanishga yoymangu, shular ichida men 3 turar edim bu degani bordiyu 5 kishini olib ketkan taqdirda ham men ham borishim kerak edi. Biroq bunday boʻlmaydi, buni qarangki meni olishmadi...! Ushanda 9 kishini olib ketishti! Bu 3 sinf bolasiga qanday taʼsir qiladi. Shuncha mehnatchi... ? Xullas, bu kurashda ham gʻirromlik qilsa boʻlar ekan!
2002Yil Madagaskar chempionati,Adema 149:0 hisobi bilan o'z darvozasiga qarata gollar yog'dirgan,bu ataylab kelishilgan futbol natijasi uchun qastdan qilingan holat edi.Mana buni haqiqatga qaratilgan mardlik desa bo'ladi.Shuni ham kiritma misol tariqasida yozib qo'ymabsizda,Xushnudbek aka.
ABDUSAIDOV FERUZ
Qisqasi foydasi yuq
Doniyor Esonbekovich
Эх бечора Турон каерга кимлар олдига келиб колдинг 🤦🏻‍♂️🤦🏾‍♀️😵
суфе футболинггаям, хакамларингга хам
Bahrom Qoraboyev
Bu ketishda bilmadim, oxiri qanday bo'ladi. Fudbol axir millionlar o'yini, millionlab insonlarni asabini buzish degani emas.Ko'ryapsizmi bir insonni deb qanchadan qancha........
Bobokulova Uljon
Футболга кизикаман. Жуда. Лекин узбек футболини умуман курмайман. Терма жамоа уйинларини хам. Бизда хакикат Ажина мисол. Гапирган одам, айникса, масьулларнинг кузига шундай куринади.
Realist
Mana shu murabbiyni yonini ogan bo'lardim. Endi bu gaplaridan keyin bu kishiyam uzoqqa bormasa kerak. Yo'qotishadi baribir ko'rinmas kuchlar. Lekin akaga gap yo'q kuyip piship gapirdilar hech narsadan qo'rqmasdan. Balki bu boshlanishidir. Fudbol kerak O'zbekistonga lekin davlat budjetidan ayro bo'lishi kerak. Xalq ularni taminlashga majbur emas. Xususiy jamoalar shakllanishi kerak O'zbekistonda ham Yevropa fudboliga o'xshab.
Ashur Norqulov
Bularga sarflangan pulni Siz etgandek talimga sarflash kere
Bakhodir A
Hamma klublarni xususiy qilish kk. Byudjet aralashmasin!!! Jonga tegdi tekinxo'rlar. Hammasida Malibu.
Kamoliddin Orif
Trener 200%xaq
Show next 100 comments