This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Nimaga faqat futbol hamma sohada shuku O’zbekistonda adolat degan so’z yoq bup ketgan. Xalqda ertangi kunga ishonch yoq chunki bugungi kunini zo’rg’a o’tkazyapti.
Aytganidey hamma gapiroradi amalda hech narsa yoq 🤬🤬🤬
Muzaffar
Osmonimiz musaffo boʻlsin
Muzaffar
Biz kutgandik bilgandik .....
Oyligi yetmaganligi uchun oila tebratish uchun maktabdan tashqari ishlab yurgan mamlakatimiz taqdirini belgilovchi o'qituvchilarimiz.... eh essiz. Shuncha pullar ular uchun ajratilsa bormi borini berib o'qitishadi o'quvchilarni.
🆆🅴🆁🆉🅾🅳 🆁🅰🆂🆄🅻🅾🆅
Мен ҳам бюджет пулларининг футболга сарфланишига қаршиман.
Бу гапимни ҳамма жойда айта оламан, бирон фойдаси бўлса.
Халкни соликлар учун тулаётган пулига футбол уйналмайди яъни уйин уйналмайди бу пуллар бошка сохалар учун ишлатилиши керак шу пулларга уйин уйнагандан улган яхши
Fudbolni yoqqilish kerak
Sherzod Isroilov
Assalomu aleykum undan ko'ra bu pullarning bir qismini "matonat futbol" nogiron-amplutantlar jamosiga berilganda edi. Yurtimizga medallar olib kelishgan bo'lar edi.
Arxivarius
Ozbek futboli men uchun tirik murdadek. Eshitmaydi, kormaydi va xis qilmaydi. ESINGIZDA BOLSIN, BOSHQA SOXADA BOLGANI KABI FUTBOLDA HAM KORRUPSIYA O'LMAS EKAN VA VATAN TUYGUSI QALBDA URMAS EKAN, HECH QACHON HECH QAYSI SOXADAN UMIDVOR BOLMASLIK KERAK. JAHON CHEMPIONATINI ESA UMMMMUMAN O'YLASHNING OZI AXMOQLIK
Farrux Anorboyev
Ming lanat UFA ga aynan Ravshan Ermatovga boʻlmasam hakamlikdan chiqan odam
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Futbol qo‘rmay qo‘yganimga ancha bo‘lgan ,lekin men ham futbolni halq gardanidan olish kerak degan fikrga 💯 qo‘shilaman
Fudbolni 100% xususiylashtirish kerak. Bular byudjetdan ham pul oladi, yetmaganiga byudjet tashkilotlari xodimlaridan ham "homiylik" deb ham pul yig'iladi. Ammo shuncha yildan beri natija yo'q. Natija yo'qligi esa karrupsiyaga botganligining isboti.
Xamma ozicha aqilli xama ozini ishini bilib qillsin buldi aqillik qilmasdan
Sherbek Saidov.
Xalq qiynalapti buyog'da qancha pul bekorga sarf bulapti xaqqoniy busam maylidi
Nma so'g'diyonaga yopishib oldilaring Jizzaxga kelganda hamma qonun qoidalar eslaringa kep qoladi, insof degan narsa uyg'onib qoladida Toshkent klublariga kelganda uylaringdan chiqolmaysanlar, shu paytgacha Qanaqa yutib keldi indamaysanlar. Yana pul ketayapti emish
Qurbon
Aka siz qata ediz Navboxarni yutganda??????
Futbol Angilyada tug'ildi, Brazilyada ommalashdi, Uzbekistonga kelib o'ldi.
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek aka. Men o'qituvchiman. Mayli bu pullarni ta'limga sarflamasin, lekin shu futbol umuman qo'yilmasin, TVda berilmasin. Ishdan charchab kelganimizda dadajonlarimiz O'zbekiston o'yinini ko'rib, yutolmasa battar asabiylashib o'tiradi, dadalarini bobolarini jahli chiqqani ko'rib bolajonlarimiz indamay o'tiradi, ovqatlanganda ham, dam olganda ham shu futbolni o'ylashadi buni nima keragi bor?!
Ishqilib bechora murabbiyga jazo berishmasin
Лочинбек Хатамов
shuncha bemani sarflanayotgan pulga svet gazdi yo'ldi o'g'na rivojlantir bir cheka qishloqdi vrachlik punkitiga bor axvoldi kor
Show next 100 comments