This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
ASSALOMU alaykum
Xushnudbek yaqinda Uzbekiston Unkar Tooni degan joyni Qirg'iz tomonga bermoqchi ekan. savol tug'iladi Konstitutsiyaga muvofiq shunaqa masalalar ovozga qo'yilmaydimi ??? Balki surovnoma utkazish kerakdir
Shu masala uzizni fikriz qanday ??
Bular eplasa, o‘ynasin. Hammayoq korrupsiya. Bu illat yo‘qolmasa, futbol tugul boshqa narsa ham rivojlanmaydi. Ta'lim tizimi ham katta islohotlarga muhtoj. Maktablardagi 25-30 yildan beri direktor, rahbar bo‘lib yurgan antikvarlarning o‘rniga vijdonli, vatanparvar, yosh, shijoatli yoshlarni qo‘yish kerak. Barcha sohada shunday qilish kerak.
футбол соғлик учун зарар бўлиб бормоқда.
Turon klubiga omad! O'ylaymanki Turon klubi bosh murabbiyini etirozlari to'g'ri muhokama qilinadi va hakamlarning hatolarini o'rgangan holda ularga tegishli choralar qoʻllaniladi! Ammo iltimos qilib qolardik Turon klubi bosh murabbiyiga hech qandey tazyiqlar o'tkazilmasligini, sababi u haq gapni aytib o'tdi!
Aлишер
Бундай тренерлар купайса футболимиз ривожланади
Maktablarga beringlar shu 20. pullarni 10 yildan so'ng 200.mlr qilib shu O'zbekistonga qaytaradi bu fakt!!!!!
Gap bir futbolda emas hamma yerda ta'limda boshqa yerda ham shunaqa
Qahramon Homidov
Turon klubiga omad tilayman. Har Kim o'z vijdoni oldida javob beradi.
Elbek Isayev
Qachonki xalq o'z haq , huquqini va burchini yaxshi biladi shunda hammasi yaxshi buladi
Lekin zor gapirib qoydida murabbiy
Jizzax klubi oldin bormidi, yoki Mirziyoyev tepaga kegandan keyin jonlanib qoldimi,🥰🤣
Mening sog'ligim yomonlashib bormoqda yordamingizni kutaman. Sizdan men bilan bog'lanishingizni iltimos qilaman.Hech kim menu eshitmayapdi.Huquqiy yordam kerak. (Tel 91 460 92 68)
Ravshanjon Abdusattorov
Bollarda ayb yo'q!
Hamma ayb tepadagilarda
Husan Bosimov
Hamma ayb hakamda
birinchi galda Turonga omad gazini bosinglar futbolimiz chirib ketganini kurayapmiz ochiği afsus...
ha yana bir gap agar Sugʻdiyona zur bulganda yaqinda Atalanta va Torina uynida A. Beloitti jarimani topmagandi.... futbolni qadrlaganlar shunday buladi
Сизга хурматим баланд эди лекин адашган эканман. Шунча вакт пойтахт жамоалари шу ишни киб келишмокда кузингиз каерда эди ёки бир оз дух етмадими. Хаммага бир хил куз билан караш кк. Бундан кейин адолатли фикр бритасиз деган умиддаман. Сугдиёнада нима айб хуштакни футболчилар чалдими ака.....
Juda tuĝri gaplar,men futbolni umuman yoqtirmayman,shu futbolni bahs qilishga,kurishga ketgan vaqtini savobli ishlarga sarflasa buladiku,ketayorgan pullar,chet qishloqlarda vrachlik punklari qursa,qancha aholi gaz svet yuqligan aziyat chekyapti,maktablarda uquvchilar sovuq xonalarda totrab dars utishadi, nafaqat chet hudud Toshkentni uzida ham shunday maktablar mavjud
Yarashev R.Z 🦅
Eeee O'zbekni peshonasiga ko'nib yashash yozilganda. Futboling ham.......😷
Show next 100 comments