This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
turonga omad hali hamasi oldinda osha penalti belgilangan vaziyat juda achnarli boldi biz uchun islombek ismoilov gaplariga toliq qoshlaman o
Qurbon
Qate ediz Navboxarni yutganda
Fudbol jamoalariga davoat byujetidan pul ajratmaslik kerak. Milliy terma jamoaga natijasiga qarab mukofatlash kerak
Fediratsoya var tizimini toʻliq yoʻlga qoʻysa ham yordamchi sudiyalar ham koʻrmay qoladimi deb qoʻrqaman shunday vaziyatlarni!
Shokhruz Askarovich
Raxmat aka
Shaxsan men ham shunday fikrdaman
Menham shu fikrni ilgari suraman
Axrorjon
...
Shu pulga koʻplab chekka xududdagi maktablarning issiqlik tizimi yaxshilanadi.
Uzb
Jizzax klubi oldin bormidi, yoki Mirziyoyev tepaga kegandan keyin jonlanib qoldimi,🥰🤣
Har bitta gapni ham gap deb gairaverish shart emas. Jizzaxdan prizdident chiqsa jizzax futboliga nma tasiri bor. Har hil viloyatlarda yashasakda Bitta yurt O'zbekistonda yashaymiz barchamiz.
Freedom is not free
Sen ham yebsan
Kup egan ekansanda . Yoqimli ishtasha, yaxshilab yegin. Yeb urganib qolibsan ukam
Mr_Samandar
Qachon bu O'zbek futboli o'z ustida mehnat qilib ishlaydigan, lekin shapkaga puli yuq futbolchilarni qadrlashni boshlaydi???
Qanday vijdon bn hakamlar ochiq oydin bunday xatoga yo'l qo'yishadi? Bunaqa holatlardan keyin qaysi futbolchi mehnat qilgisi keladi? Keyin qachon jahon chempionatiga chiqamiz bu holatda? Eng avval uzimizni ichki futbolimizni qattiq tartibga olish kerak, shu ishga masullar!!!
Hamma shu futbolga bujeddan pul. Ajirtishga qarshi chiqsa nima boladi ? Bunga erishsa boladdimi
Hammasi bir joyga borib taqaladi. U yer futbolga qiziqmasa futbol òsmaydi rivojlanmaydi. U yer futbolga qiziqishi uchun koruppsiya degan tilsiz yov yoqotilishi kerak. Shu uchun siqilmangla. Faqat duo qilingla osha inson futbolga qiziqsin
Ashraf Umarov
Albatta to'layotgan soliqlarimiz befoyda ketyapti. Odamlarni ahmoq qip qo'ydi ipoteka kreditlariga soliq imtiyozini bekor qilguncha budjet pulini to'g'ri yo'naltirsa bo'lar edi.
Og‘abek
Futbolni ichida yurgan halol mehnat qilayotganlarning ishini 1 tiyinga chiqaryapti bular 😡😡😡
Assalomu alaykum, yuqoridagi ayrim komentlarni o'qib, Kamina ham oz bo'lsa ham o'z fikrimni bildirmoqchi edim.
Ba'zi kuzatuvchilar to'layotgan soliqlarimizdan deb yozishgan. Men jizzaxlikman, davlat muassasasida ishlayman. Shaxsan biz Bu qo'pol qilib aytganda "darmoyet, parazit, tekinxo'rlarga" o'z ish haqqimizdan pul o'tkazganmiz.
Xasanboy Vaisov
Òqituvchilarni maqomini yuksaltirish kerak.
oddiy betaraf sifatida vaziyatga baho berish kerak. Bu yerda 100% hakamni aybi. Jamoaniyam, Futbolchilarniyam ayblash noo`rin
𝓘𝓼𝓵𝓸𝓶 𝓚𝓱𝓪𝓵𝓲𝓵𝓸𝓿
Hamma uzini iwini qilsin? Biz tulayotgan soliqlar wu debillarni qorniga kirib ketyapti sz aralashmang miyangiz yetmagan joyda
San tulamepsanmi puldi saanga tulamepsanmi soliqdi san iwen bumasn pfl superligani tepada utirganlarni ozi biliwadi nma qiliwdi san bn manga qomagan bu muomoni xal.qilish
Show next 100 comments