This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Шахноза
Ушбу маблагни таълимга сарфласин деган жойи 100% тугри.Бошка давлатлар масалан кечаги куни Хитой 400 миллион доллар ажратди.Нага оддий Алакани итидай майдонда югуриб бергани учун шунча даромат топади.Биз укитувчилар мехнат килиб укиб изланиб кечаси билан дарсга тайерланиб еш авлодга билим берсакда арзимаган чой чаками.
AIS Alimatov
Судияни корнига тепиш керак
Nimaga 1 tiyinga qimmat natija un halq tulagan soliqdan pul ajratilishi kk bularga va bowqa klublarga.
Fudbolchilar diqqatiga!!!chet el fudbolini kuringizlar qanday uynashini kiring ular ham odam sizlar ham.oyliklari bn bizni oyliklarimiz yer bn osmoncha farq bor deb uylaydigan busalaringiz aytmoqchimanki sizlarga wuncha oylik bersa natija bulmasligini bilib ham berilmagani maqul.

bu murabbiyni kurasizlar aytgan gapi un jazolashlari mn.( Tartib intizomiy qumita qonuni orqasiga utib olishadi.huddiki uzlari oldin qonunga amal qiliwganlaridek)Tizimni qanaqa ekanligini rost aytgani un.bevosita bulmasa ham bilvosita klub natijalariga ta'sir qildiriladi.lekin Turon klubidek klub borligidan hammamiz faxrlanishimiz kk.pro ligadan qanday chiqgandii xalq kurgandi.olga yegitlar.pro ligaga tuwub ketsangizlar ham chempion bulgan jamoalardan kup insonlarni obruyingiz buladi.
Хушнуд ака, биз ҳам Сиз билан турончилар ва Ислом Исмоилов томонмиз
Elbek O'roqov
Turon xususiymi zorku 2 3 ta yaxshi klub qilish kerak qolganlari ozini ozi tortishi kerak mani fikrim
umid qurbonov
So'g'diyona futnolchilariga xam besh ketmadim, shu penaltini tepmasa xam bo'lardi. Essiz shuncha mablag', kerakmas bizga bunaqa futbol. Yo'qolsin futbol!
O'zi bizga fudbol kerakmi? xa sport kerak ammo mana shu fudbol kerakmi? JCh ga chiqolmagan boshqa davlatlar o'lib qolgani yo'qku, lekin u davlatlatlar boshqa sohada (bazilarini aytmasa) bizdan oldinda
𝒁 𝑨 𝑭 𝑨 𝑹 𝑨 𝑳 𝑰
Fudbolni moliyalashtirmasdan kam taminlangan, beva va korxona yaratiw kk shunda vatan rivojlanadi
$$$$$$
Aslida Turon ham yomon oʻynamadi lekin juda katta noxaqlik bu. Bunday sudyani yoʻqotish kerak
Ex afsus men shu klub tashkil topkanidan beri fan klubidaman ming afsuski bzda xaqiqat yoq qanday qilib 8 metr masofadan bosh bilan qo'lni farqiga bormaslik mumkun aaa chunmeman
Salom hammaga, man futbolni tushunmayman,yoqtirmayman,ammo hattoki yosh bola ham biladi futbolimiz rasvoligini.Hattoki shu yerda ham korrupsiya,...Afsus.Men ko'p eshitganman tasodifiy kishilardan,.Futbol o'ynashga ishtiyoqi bor bolani,qobiliyatli bolani chet elga boshqa guruh bilan o'yinga qo'yishmagan, tanish bilishi yo'qligi uchun,pul bermagani uchun.U bola shunday sinibdiki,ruhan...Buni hamma yerda uchratayapmiz,ko'rib turibmiz,.Xuddiki paastlikka qulab tushayotgandekmiz,...Ollohga shukur deyish kk aslida tinchligimiz uchun,ammo qachongacha?Qachongacha kamchiliklarimizni xaspo'shlaymiz? Hamma, oddiy xalq birlashib yo'qotish kk poraxo'rlarni,razillarni,.Faqat futbol emas,barcha yerda shu ahvol.Qorin qo'ygan mansabdorlar ,mansabcha tegishi bilan g'aznadan kemirishni boshlaydi,ana sizga xiyonat....Qanday rivojlanish bo'lsin bunda .Dunyoda shunday yangiliklar bo'layotgan paytda esa bizfdagi yangiliklar quyidagicha:Falon-falon narsalar qurilishi uchun ajratilgan mablag'lar talon-taroj etilgani aniqlandi...Bo'ldi.U tamom bo'lgunichachi?Hamma qarab turgan bo'ladimi tomoshabin bo'lib? Xullas gapiray desa gap ko'p.Hamma birgalashib adolat uchun kurashmasa bari befoyda manimcha
N.H. G'iyosov
Коррупция йуколсин деб Равшан Эрматовни куйишдику узи балик бошидан сасиса керакда бу хакамларни узи текини сотиб оларканда нефтчи футболчиси булганда яня сакраб тепарди шу пеналти бергани учун ю. Бунака футболда усиш булмайди. Сугдиёна жамоасида хам мардлари топилмабтида
O'zbekiston fudbolini batamom yo'qqivorish kerak,essiz shuncha mablag' ......
Жуда тугри гапирди, Узбекистонда футбол йук. Ундан кура бошка нарсага сарфлаш керак шунча маблагни. Менимча бу йилги чемпион булиш навбати Сугдиенага шекили (
Хамма биладигики хамма жойда корупсия бор . Шу корупсия футболда хам бор . Асосий муамо футболни йокотиш шартмас корупсияни йокотиш керак футболга тикилайотган пулни бошка нарсалага сарфланса хам бар бир ушанда хам корупсияга сарфланади
Agar nazorat bo'lsa shu o'yinni qayta o'tqazib, hakamni futboldan chetlatish kerak
Qiyomatda javobini Allohga beradi bu "hakam"
Bu qib qizil sharmandalik boshqa hech narsa emas usha hakamlarni ishdan olish kerak va uyindi bekor qilib qayta oʻtkazish kerak. Xushnud aka yana postlar kutamiz sizdan shu masala buyicha
Бехзод Эшонкулов
Тўғри фикрлар. Аммо футболда айб йўқ. У хам битта спорт тури. Фақат Ўзбекистонда футбол атрофини тозалаш кк. Турон бош мураббийни гапига 100 фоиз қўшиламан. Ўз кучлари бн Олий лигага чиқишганди. Эссиз...... Мард бўлишса шу ўйинни қайтадан ўтказишсин.
Gold True
Виждонингга ут тушкурлар, охиратни хам уйланглар
N A V R O' Z
Xushnud aka bitta taklif bor muxlislar o'rtasida surovnoma o'tkazaylik shu uyinni natijasi bekor qilinsin uyin boshqatadan o'tkazilishi to'grisida xakam xarakatlari xaqida . Ufadagi raxbarlar bilsin xalq fikrini shunda xam natijani xisobga olsa ularga uzbek futboli nattijalari kelajagi qanchalik muxim ekanini ko'rsatib quyadi . Turon murabiyi Essiz . Xaqiqatda mard bola ekan 👏👏👏👏
Show next 68 comments