​Айтганча, бугун тестда қизиқ иш бўлди: "шпаргалка" билан қўлга тушдим

Тонгда туриб, тестга бориш арафасида абитуриент рухсатномасини чоп этмаганим эсимга тушиб кетди. Чунки тестга бориш ҳақида кеча тунда бир қарорга келгандим.

Кейин шоша-пиша компьютерни ва принтерни ёқдим, рухсатномани юклаб олдим. Шошганда лаббай топилмайди, деганларидай, рухсатномани чоп қилай десам, бўм-бўш оқ варақ топилмай қолди. Кейин ноилож иш столим устида турган дуч келган қоғознинг орқа томонига чоп қилишга мажбур бўлдим.

Тестга бордим. Биринчи постдан ўтдим. Иккинчи постдан ўтдим. Учинчисига келганда текширувчилар рухсатномамни қарашди. Орқасидаги ёзувларни кўриб, "нима бу?" деб сўрашди. "Шунчаки черновикка чиқаргандим" дедим хотиржам оҳангда. Шу пайт текширувчи "Черновикмас, шпаргалка-ку бу" деб қолса денг.

Кейин мундоқ қарасам, эрталаб шошилинчда рухсатномамни "Заковат" турнири учун тайёрланган савол-жавоблар чоп этилган қоғознинг орқасига чиқарган эканман. Бутун варақ савол-жавоблардан иборат эди😂

Оббо, буниси неча пулдан тушди энди, деб тургандим, хайрият, кузатувчилар таниб қолишди, "Заковат"ни саволларими дейман" дейишди. "Ҳа, шунақа, бўш варақ тополмай, шошилиб шунга чоп қилгандим" дедим.

Хуллас, ўтказворишди. Фақат рухсатномамни ўзлари билан олиб қолишди. Постда турган Миллий гвардия ходими паспортимни олиб, тезда бошқа янги рухсатнома чиқартириб, олиб келиб берди.

Шунақа гаплар. Сал қолса, "шпаргалка" билан қўлга тушиб, акт тузиб, тестдан четлаштирилиб кетардим😄


👉 @xushnudbek 👈

503 comments

Show 100 more comments
🙂🙃🙂
Rossayam qiziqarli xolat bulibdi xushnud aka buyam bir davr
😄😄😄
😆😆🤣👍👍
Hasanbek Saburov
Xushnudbek aka ishlarga omad. Dunyoqarashizga, bilimizga ishonaman. Tanish bilish hazil tariqasida etildi 😊. Siz o‘z bilimizga tayanishizni hamma biladi
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Sizga bitta savolim bor edi. Meni jiyanim harbiy tavsiyanoma olib keldi.(1 yillik armiyaga borib) O'sha tavsiyanoma 5 ta yo'nalishga ham o'tadimi? Yoki faqat 1-yo'nalishga o'tadimi? Jiyanimning imtixoni 6-avgustda bo'ldi. O'sha kuni testdan chiqishini kutib turib bitta tarix domla bilan suhbatlashib turdik. Uning aytishicha harbiy tavsiyanoma 5 ta yo'nalishga ham birdek o'tadi va topshirgan yo'nalishiga undan boshqa harbiy tavsiyanomaga ega bo'lmagan abituriyent topshirmagan bo'lsa jiyanim 56 balldan yuqori to'plasa talabalikka tavsiya qilanarkan . Shu to'g'rimi?
Xushnud aka siz qaysi institutga
toshirdingiz?
Okam gap yoo garoyib iw qilibsiz iwlarizga omad tilayman
Тестни яхши топширб олдизми
Xushnud aka menga bir holat qiziq tuyuldi: talim shakli degan joyiga SIRTQI tanlangan va tanlov ustuvorligi degan joyiga DAVLAT GRANTI YOKI TULOV KONTRAKT deb belgilangan. SIRTQI shaklda uqishga kirsa, faqat KONTRAKTDA uqilmaydimi? Bunda DTM xato qilganmi yoki DASTURCHILAR xato qilganmi yoki men xato uylayabmanmi?
R🌺
Gradus
Bu maddohku prezident maqtab qo'ygani uchun birorta pichoqqa ilinadgon tanqidiy post chiqarmaydi
Unaqa demang. Bular ham oddiy xalq. Bola chaqa boqishi kerak. Kim yomonlaydi presidentni. Bundan kuchlilar yomonlolmaydi. Unaqa demang. Bu yosh avlodku hali. Hamma narsaga yomonlikcha qaramang. Yomonlab chiqarganlar ninani qoyil qilyapti. Faqat gapku.
Tⓞ'ⓛⓠⓘⓝⓑⓔⓚ Mⓐⓜⓐⓝⓞⓥ
™
Buncha negativsiz Vaziyat aniqku , Xushnudbek aka qingʻir yoʻl tutmadilar. Shunchaki shoshilinchda anglashilmovchilik boʻlganku ¯\_(ツ)_/¯
Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetga ekan dtm qog'ozini kurgandim
Nigora Muhammadjonovna
Demak har qanday odam ham adashishi mumkin.Bu inson degani
Dilrabo Ibragimovna
🤣🤣🤣🤣🤣👍👍👍👍
Nega doim test sinovlarida qatnashasiz shunchaki teslarni shaffof shakldami yòqmi tekshirish uchunmi?
Yoki òqishga kirib ketsangiz òqish niyatingiz bormi😄
Xushnud aka zoʻr qiziqarli holat boʻlibtiku
💫💫
Assalamu alaykum.Horijdan perevod qladganla bormi
Show next 100 comments