2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum mani ham o'g'lim Mustafo 2020-yil tug'ildi hudoga shukur ota bo'lganim uchun hammani bayram bilan tabriklayman
Фаррух Одилов
Ассалому алайкум. Аллох муборак айласин.
Barchani yangi yil bilan tabriklayman!
2020-yil ezgulik va yovuzlik, oq va qora, insoniylik va tubanlik, ilm-ma'rifat va ofatlar, hayot va o‘lim o‘rtasidagi shiddatli kurash yili bo‘ldi!..
Men 29-dekabr kuni PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildim.
Kelayotgan yilda barchaga ulkan zafarlar tilayman!
Islom Karimov
Bu 2020-yil butun yer yuzi uchun juda sinovli buldi, yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan,xaqiqiy mumin-musulmon inson bunga kunadi. Òzbekistonda katta uzgarishlar buldi ,men ham uylandim . Kelayotgan 2021 yil xayrli bulsin. Xushnudbek aka sizdek insonni dunyoga keltirib tarbiya bergan Ota-Onangizdan Alloh rozi bulsin 🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏
Hamidulloh
Хушнудбек табрик этаман. Умри ризқи билан берган бўлсин. Сиз каби халқимизга фойдаси тегадиган фарзанд бўлсин.
Men uchun ham omadli yil boʻldi.
Men 3-o'g'limni ko'rdim. Qo'rqoqligimni angladim.
Илхом
Солиҳ фарзанд бўлсин илоҳим!!!
No Name
ASSALOM alaykum Aka sizni farzandli bòlganingiz bn tabriklayman umri uzoq risqi bòtin bòlsin.Men uzimda aytsam shu yil Samarqand qishloq xòjalik insitutni bitirdim.orzularimdan biri ushaldi.Oilamizga kelsak xammamizni boshimizdan utgan verus balosi judda qiyin òti.Olloximga mingdan ming shukurlar bòlsin Onajonimni Olloxim òzi qaytarib berdi.Shunsiga xam shukur meni eng ishongan insonim yonimda.Bu yil esdan chiqmaydigan yil bòldi.
2021yil AYYOMI sizga va oilangizga: Uzilmas umr, sinmas baxt, to'kilmas quvonch, ketmas omad, ishda rivoj, tuganmas boylik, Yo'qolmas mehr, shirin orzu, toptalmas g'urur, mustahkam sabr-toqat va xonadoningizga qut-baraka olib kelsin, bayramingiz muborak bo'lsin Xushnudbek. Men uchun eng asosiysi bu yil talaba boʻldim, muhimi manimcha shu esdaqolarlisi, Ollohga shukur.
Tirik qoldik
Илхомжон Каххоров
Хушниджон мен сизни доим кузатиб бораман, халкимизга жуда куп фойдангиз тегади бунинг учун сизга катта рахмат! Фарзандли булибсиз табриклайман фарзандларингизни камолини куринг ука. Сизга келгуси ишларизда омад, улкан зафарлар тилайман! Сог булинг. ЯНГИ ЙИЛИНГИЗ БИЛАН!!!
Eski yildan roziman ollohni bergan bermaganiga yaxshi yomon utgan har bir kunimga alhamdulilloh yangi yil har kimga baxt omad olib kelsin
Хушнудбек, аввало кириб келаётган Янги йил билан табриклайман! Фарзандлар камолини кўринг. Инсон хато қилар экан, албатта менда ҳам ўтган йилда хатолар бўлди. Хатолар инсонни изланишга, билмаган нарсаларини ўрганишга мажбур қилиб, тарбиялаб қўяр экан. Лекин, яхши кунларим кўп бўлди, жумладан фарзандим талабалик бахтига муяссар бўлди. Янги йилдан тилагим, барча юртдошларимизнинг хонадонида жамики яхши тилаклар амалга ошсин!
Men 4 oyoqli 🚗olmoqchi edim, ikki oyoqli👰🏼 nasib qildi😂😂😂
Roʻziboy Poʻlatov
Assalomu aleykum Xushnudbek sizni tabriklaymiz. albatta 2020 yil barchamiz uchun sinovli yil bo'ldi va men hursand qilgan bir jihat bu yil insoniyatga oz bo'lsada mexr oqibatni qaytadi pandemiya bizga juda katta dars buldi.kirib kelayotgan yangi yil barchamiz uchun omadli barokatli bo'lsin va bu yil faqat yaxshi xotiralar bn yodga olinsin.
ليلى
Men ucun bu yil ham ogir ham omadli yil boldi buvam buvimdan ajraldm ogir judolik boldi ammo omadli ham boldi oqiwga 1-yildan grand asosida qabul qlndm.Nma bolganda ham Allohni bergan kuni ucun unga ceksz hamdu sanolar bolsn
Men Talaba bo‘ldim Alhamdulillah Xushnud aka farzandiz o‘zizga o‘xshagan odamlarga katta foydasi tegadigon inson bo‘lsin
Assalomu alaykum hammaga sihat salomatlik tilayman! 2020 yilda men 3-farzandim 2-o‘g‘lim tug‘ildi. Akam uchun ajoyib xonadon qurdik. Singlim ham qizchalik bo‘ldi. Ayam ikkita nevarali bo‘ldilar! Covid19 hammamizga yo‘qotilgan mehr oqibatni yana qaytib berdi. Hullas men uchun mazmunli va baxtli keldi. Maktabdagi ingliz tili o‘qituvchisi kasbimni Rossiyada oddiy qora ishchi kasbiga ham almashtirishga majbur bo‘ldik. Zero, Alloh irodasi oldida bandasi ojiz ekanligi his qildim. Barchaga Allohning marhamati bo‘lsin! Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga 1000 rahmat. Qolgan korrupsioner rahbar va hodimlarga 1000 la'nat bo‘lsin, bu fikrga hamma qo‘shilsa adolatli bo‘lardi? Alloh o‘zi insof bersin, iymonli, insofli, vijdonli va vatanparvar insonlar soni ko‘paysin. Xushnudbek gazini bosing ukam! Xalq dardini ko‘tarib yurishda Alloh o‘zi kuch quvvat bersin. Hurmat bilan G‘ayrat Zokirjonovich
Umri bn bergan bo'lsin xushnudbek katta bo'lsin..
Abdurauf 597
Xushnud aka tabriklaymiz okajon ilohim umri bilan bergan bolsin
Show next 100 comments