2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
2020-yil man uchun omadli keldi.Ollohga shukur bo'lsinkim ota bo'ldim. Magistraturaga 1-o'rinda byudjetga o'qishga kirdim. Ishimda ko'tarilish bo'ldi.
Barchaga 2021-yil omadli kelsin! Eng muhimi sog'ligimizni asrab avaylaylik. Sog' bo'lsak barcha orzularimiz sekin-astalik bilan ro'yobga chiqadi!!!
Г_Обидова
Ассалому алекум . Оллохга шукур 2020 йил енг яхши йилларимдан бири . 2020 йилда студентлик бахти насб килди . Шукур юртимиз тинч якинларимиз сог омон. 2021 йил хам енг яхши йилларимизда бири болсин илохим
Hushnudbek, farzand muborak boʻlsin. Sizdanda ilmli, iymonli boʻlishsin. Xalq yoʻlida mehnatingiz bardavom boʻlsin.
Assalomu aleykum hammaga Avvalambor kirib kelayotgan 2021-yil omadli,tinchlik,baxt va saodat olib kelsin.2020-yilda juda muvaffaqiyatli bo'ldi deb o'ylayman garchi butun dunyoga keng tarqalgan covid-19 virus bo'lgan bo'lsa ham bu yilda men juda ko'p narsalarga erishdim Alhamdulillah kelyapgan yangi yilda hammaga yangi omad yangi zafarlar tilayman.Hurmat ila barcha uchun Madumarov Asadbek.
Nasiba Nematullayevna
Yangi yil bn tabriklayman farzand muborak bo'lsin.2020 yil murakkab va sinovli yil bo'ldi albatta lekin men uchun juda quvonchli chunki 42 yoshimda o'g'il farzandli bo'ldim ismi Mustafo 3ta qizim bor hozirda 4ta faezandim. Ollohga shukr qilaman 2020 yil men uchun eng yaxshi yil bo'ldi
Bu yilni eng yaxwisi Alhamdulillah bu yil talaba buldim shu eng esda qolarli voqea boldi
Men bu yil maktabni tugatdim va shu yilning o‘zida talaba bo‘ldim
Jur'atbek Ibragimov
Ассалому алейким Хушнуд ака табриклиман фарзандингиз бн мен хам бу йилни йамон демайман чунки мен хам ото бу'лдим илохим бизни фарзандлар хам сиздек у'кимишли бу'лсин
Nasiba Nematullayevna
farzandim xato uchun uzr
Karimova Malika
Menga 2020-yil yomon xotiralar qoldirdi.
Ассалому алайкум!!!, Хушнудбек аввалом бор фарзанд муборак бўлсин, умри, ризқу-насибаси, ота-онаси билан бирга берган бўлсин оллоҳим, янги йил муборак бўлсин, олисдаги муҳлисигиз ва ҳамфикрингиз сифатида соғ-саломат бўлишингизни тилаб қоламан.
ТУРСУНОЙ Эгамкулова (ДЖуракулова)
Assalomu alaykum, Xushnudbek!
Farzand muborak bo‘lsin!
O‘tayotgan yil shukronalikni o‘rgatdi menga. Ilohim farzandlarimuz sog‘ bo‘lsinlar!
Bizdan kuchli ilm sohiblari bo‘lsinlar!
Хушнудбек. Фарзанд муборак булсин. Аллох умри-ризки билан берган булсин. Бу йил оиламиз учун омадли булди дея оламан. Сабаби углим ТАТУга гранд асосида укишга кирди. Янги уй сотиб олиб кучиб кирдик. Инсон харакат килса, хамма ниятига эришар экан. Факат халол йул билан, оилага харом аралаштирмасдан, ниятни яхши килиб харакат килинса, барча орзуларингизга етасизлар, иншоллох.
Assalomu alaykum. Yangi yil barchaga omadli yil bo‘lsin. Xushnudbek farzandli bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Ilohim ota-onasidek ilmli, ziyoli va solih farzand bo‘lsin.
2020 yil biz uchun ham unutilmas yil bo‘ldi. Chunki bizni oilada ham qizimiz tug‘ildi.
Фархадовна
Alhamdulillah yaqinlarim sog salomat yetib keldik shu kunga. 8 yil deganda talaba boldim. Allohga shukr. 2020 rahmat senga
Zebiniso Begimova
Ассалому алайкум фарза нд Муборак булсин. оллохга шкулар булсин яхши йил булди углим магистратура талабаси булди гранд
Assalomu alaykuum hammaga mana sanoqli soatlardan keyin 2021-yil bilan xayrlashamiz! Men bir tarafdan bu yildan minnatdorman va ozimga kere bolgan narsalarni oldim masalan Ollohga shukur bu yil Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy tillar va adabiyoti fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yonalishidatalabalikka qabul qilindim! Asosiy maqsadlarimdan biri edi bu! Buning uchun bir necha yil oqidim qancha bedor tunlar... Va bir tarafdan bir oz murakkab yil boldi CoViD-19, Sardoba fojeasi... Bular barchasi biz uchun Ollohdan sinov albatta! Aytaylik CoViD-19dan butun dunyo qancha aziyat chekdi qancha qancha insonlar bu yorug' dunyoni tark etdi. Hammalarini oxiratlari obod bolsin! Mana Ollohga shukurki ilm fan bizga korinmas yov bilan kurashish uchun bir necha xil qurollar taqdim qilmoqda. Bu degani inshalloh bu yogi oz qoldi.
Xullas barchaga yangi yil muborak bolsin! Yangi yildan nimaniki niyat qilgan bolsangiz barchasiga erisishingizni tilab qolaman! Oilangiz tinch ro'zg'oringiz barokatli bo'lsin!
Xushnudbek aka sizning ham ishlaringizga rivoj. Izlanishdan charchamang deymiz! Doimo sog buling! Ha aytgancha farzand muborak bolsin eshitmagan ekanman! Umri uzun rizqi ulug' bolsin! Otasi kabi el koriga yaraydigan farzand bolsin Ilohim!
Hurmat va extirom bilan:
UMIDJON SAYDALIYEV
@u_saydaliyev01
Assalomu aleykum. Albatta 2020 yil butun dunyo uchun sinovli yil boldi. Lekin shunga qaramay bu yilni man xursandchilik bn yakunlamoqdaman. Chunki man bu yilda Ona boldim. Toğri aytdingiz birinchi farzand ozizniki bolmas ekan. Bobo va buvisining quvonchlari cheksiz. Farzandim esda qolarli kun oy va yilda tuğildi. 11.11.2020. Alhamdulillah.
Хушнудбек ака фарзандингиз ҳам сизга ўхшасин. Меҳриноз опа билан бахт-у камолини кўриб юринг...
Show next 100 comments