2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Yangi yil barchaga omadli yil bo‘lsin. Xushnudbek farzandli bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Ilohim ota-onasidek ilmli, ziyoli va solih farzand bo‘lsin.
2020 yil biz uchun ham unutilmas yil bo‘ldi. Chunki bizni oilada ham qizimiz tug‘ildi.
Фархадовна
Alhamdulillah yaqinlarim sog salomat yetib keldik shu kunga. 8 yil deganda talaba boldim. Allohga shukr. 2020 rahmat senga
Zebiniso Begimova
Ассалому алайкум фарза нд Муборак булсин. оллохга шкулар булсин яхши йил булди углим магистратура талабаси булди гранд
Assalomu alaykuum hammaga mana sanoqli soatlardan keyin 2021-yil bilan xayrlashamiz! Men bir tarafdan bu yildan minnatdorman va ozimga kere bolgan narsalarni oldim masalan Ollohga shukur bu yil Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy tillar va adabiyoti fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yonalishidatalabalikka qabul qilindim! Asosiy maqsadlarimdan biri edi bu! Buning uchun bir necha yil oqidim qancha bedor tunlar... Va bir tarafdan bir oz murakkab yil boldi CoViD-19, Sardoba fojeasi... Bular barchasi biz uchun Ollohdan sinov albatta! Aytaylik CoViD-19dan butun dunyo qancha aziyat chekdi qancha qancha insonlar bu yorug' dunyoni tark etdi. Hammalarini oxiratlari obod bolsin! Mana Ollohga shukurki ilm fan bizga korinmas yov bilan kurashish uchun bir necha xil qurollar taqdim qilmoqda. Bu degani inshalloh bu yogi oz qoldi.
Xullas barchaga yangi yil muborak bolsin! Yangi yildan nimaniki niyat qilgan bolsangiz barchasiga erisishingizni tilab qolaman! Oilangiz tinch ro'zg'oringiz barokatli bo'lsin!
Xushnudbek aka sizning ham ishlaringizga rivoj. Izlanishdan charchamang deymiz! Doimo sog buling! Ha aytgancha farzand muborak bolsin eshitmagan ekanman! Umri uzun rizqi ulug' bolsin! Otasi kabi el koriga yaraydigan farzand bolsin Ilohim!
Hurmat va extirom bilan:
UMIDJON SAYDALIYEV
@u_saydaliyev01
Assalomu aleykum. Albatta 2020 yil butun dunyo uchun sinovli yil boldi. Lekin shunga qaramay bu yilni man xursandchilik bn yakunlamoqdaman. Chunki man bu yilda Ona boldim. Toğri aytdingiz birinchi farzand ozizniki bolmas ekan. Bobo va buvisining quvonchlari cheksiz. Farzandim esda qolarli kun oy va yilda tuğildi. 11.11.2020. Alhamdulillah.
Хушнудбек ака фарзандингиз ҳам сизга ўхшасин. Меҳриноз опа билан бахт-у камолини кўриб юринг...
Adminka Mahfuza
Otamni ayrildim...Sizga esa wu wodligiz ota onez quvonchi uzoq yillarga tatisin!Yaqinlarizi borida qadrlang azizlarim!
Ортик Алиевич
Хушнудбек кириб келаетган янги йилингиз билан.. Мен кискача бир гап айтмокчиман. Хуллас сизни каналангизга биринчи 50 таликда аъзо булганман ва бундан хечкачон афсусланмаганман... Илохим келажакда мартабангиз хурматингиз бундан хам баланд булсин. Балки президент буларсиз келадакдв
Sabr...sabr..sabr....
Salom
2020 yil man uchun omadli yil bo’ldi IELTSdan 7 ball olib birinchi uriniahdayoq institut talabasi buldim
Улмасхон Каримова
Har bir kundan, oy-u yildan quvonchni ham sinovni ham topish mumkin. Muhimi, shukr va sabr qila bilish lozim.
Ассалому алайкум Хушнутбек. Фарзандингиз бахти камолини куринг. 2020- йил бизнинг оиламиз учун хам яхши хотиралар Билан колмокда. Сабаби уйимизга янги Келин туширдик, бахтларини берсин, кизим мактабни тамомлаб талаба булди, узим мутахассислигим буйича Олий тоифага утиб олдим. Хозир уйимизда 4 та талаба. Худога Шукур, бахти камолларини куришлик насиб килсин
Улмасхон Каримова
Har bir ondan quvonchni ham sinovni ham koʻrish mumkin ekan. Muhimi, sabr hamda shukr qila bilish
2020-yil men uchun omadli yil bo'ldi. Shaxsiy rivojlanish poygasiga chiqdim. Repititorman. O'quvchilarim o'qishga kirdi. 2021-yildan umidlarim katta
Zuhraxon
Tinim bilmas insoniyat bir zum harakatdan tŏxtab nimalarnidir õylab kŏrishga,mulohaza qilishga imkon bõldi..Yaqinlarimizni qadrini angladik.Bu ham Allohning inoyati,hayotda har narsadan ezgulik qidirish lozim
Assalomu aleykum, Xushnudbek bayramlariz bilan.
Kanal zo'r shu stilda ketavering.
Tasurotlar juda kòp ollohga behisob shukur, eng avvalo ollohni yanada shukur qiladigan bòldim.
Tibbiyot sohasiga kelsam (òzimni soham),umuman biror narsa deyish qiyin tibbiyot kadrlarni tayorlash 0% .Qishloqda mana hozir svet keldi 🤦‍♂️,yangi yil kuni.
Nima ham derdik ozizni gapiz yurtimizga kòz tegmasin.
Assalomu aleykum, Xushnudbek bayramlariz bilan.
Kanal zo'r shu stilda ketavering.
Tasurotlar juda kòp ollohga behisob shukur, eng avvalo ollohni yanada shukur qiladigan bòldim.
Tibbiyot sohasiga kelsam (òzimni soham),umuman biror narsa deyish qiyin tibbiyot kadrlarni tayorlash 0% .Qishloqda mana hozir svet keldi 🤦‍♂️,yangi yil kuni.
Nima ham derdik ozizni gapiz yurtimizga kòz tegmasin.
Opacham koronavirus bölib yengil shaklini boshidan ötkazdi. Hozirda soppa-sog'. Singlim ham men va opacham singari talaba bo'ldi. Umuman aytganda omadli yil bo'ldi. Alhamdulillah
Assalomu alekum hurmatli kanal a'zolari va Xushnudbek aka Xudoyberdiyev sizlarni kirib kelayotgan yangi 2021-yil muborak bòlsin. Hammaga omadli va barokatli yil bòlsin.
Toshkenliklarga mazzada svet gaz bor mazza qilib yangi yil kutishyapti bizdaqa chekka tumanlarda yangi yil kuni xam svet yoq padariga lanat bunaqa Davlat raxbarlarini xech bolmasa bayram kuni o'chirmasa bolardi
Show next 100 comments