2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Sayyora Abdurahmonova
Xushnudbek, o‘g‘ilcha muborak bo‘lsin! Umri, rizqi bilan bergan bo‘lsin!
2020-yil bizning oilamizga ham omadli keldi.
1. Barcha yaqinlarim sog‘- salomat.
2.Qizim oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi.
3. Yangi mashina oldik.
Ollohga ming shukur.
2020-yilni hokim boʻlib boshlab, magistrant boʻlib yakunladim. Bundanda katta yutuqlarga erishishim mumkin ediyu, berganiga shukr!
Juda koʻp Juma namozlaridan qolib ketdim😭
Shakhrux
Man uchun 2020 alohida ahamiyatga chunki talaba boldim.Ota Onamni yuzini yorug' qildim.
Gulnoza
2020-yil xammamiz uchun xam juda sinovlarga boy boldi but yilda koplab yoqotishlar boldi xammasi ollox tomonidan berilgan sinovlardur 2021yil xammamizga baxt oilaviy totuvlik olib kelsin kelayotgan yil men uchun qu onchli yil farzandim 1-sinfga chiqadi
Mamasobirova Dildor Ma'naviyati qashshoqlardan yiroq yur
Hushnudbek sizga juda xavas qilaman óg'lim xam sizga óxshagan aqilli bilimdon yigit bolsin iloxim ollox shu kunlarga yetkazsin sizga omad oilangizga tinchlik xotirjamlik baxt uzoq umr tilayman martabangiz bundanda ulug' bólsin
Mamasobirova Dildor Ma'naviyati qashshoqlardan yiroq yur
Sizga sog'lik baxt tilayman
Men u4un ham utayotgan yil esda qolarli buldi. 2-marta talaba buldim. Talabalikka bowqa qaytmasam kk deb uylagandim. Taqdirimda bor ekan juda xursandman. Oilam baxtimga sog omon bulsin.
Ассалому алайкум, яхшимисз Хушнуд ака, табриклайман Фарщандингизни умрини Аллох зиёда қилсин, мен 2020 чи йилда талаба булдим Алхамдулиллах, лекин бу кунни Онам кура олмадилар, мен учун энг қайғули йил булди,
Orif Rahmatullayev
Salom Hushnudbek men uchun 2020 yil unitilmas yil bo'ldi,chunki ota bo'ldim naqadar baxtliman.
Rahbarxon Azizova
Assalomu alaykum, Xushnudbek, ota bo‘lganingiz bilan tabriklayman. 2020 yilni pandemiya tufayli yomon deya olmaymiz, bu Allohning sinovi, shukur, bu sinovdan o‘tyapmiz. Pandemiya insoniy fazilatlarni mustahkamladi deya olaman.
Men uchun unutilmas yil bo‘ldi bu yil. Yolg‘iz ayol bo‘lishimga qaramay 3 farzandni oliy ma‘lumotli qilish bilan birga o‘zimni kasbim-o‘qituvchilikka qattiq kirishdim. Prezidentimiz ko‘p yillik mehnatlarimni inobatga olib, "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirladilar. Men hech ikkilanmay ayta olamanki,bu yil men uchun omadli keldi, kovid-19 dan sog‘ salomat o‘tganimizning o‘zi ham omad emasmi.

Barchaga bayram muborak bo‘lsin, yangi yil hammamizga omad, baxt, sog‘lik, quvonch olib kelsin. Hamjihatlik bizni tark etmasin.
Ha aytgan4a oliy talim borasida qarashlarimiz uxwaw menim4a. Bilimli abituriyent talaba bulsin. Super muper kontraktga juda qarshiman. Uqiwga kiriwdagi korrupsiya yuqolyapti ammo keyingi jarayon yani iwga kiriwda korrupsiya ku4ayiwiga olib keladi menim4a.
Хушнудбекжон биринчидан фарзанд билан билан муборакбод этаман оллоҳ умри билан берган бўлсин. Иккинчидан янги 2021-йилингиз билан табриклаб,соғлик, омонлик, халқимиз учун қилётган савобли ишингизга ривож, омад тилайман. Сиздек,Шаҳноздек,Давлатевдек халқпарвар блогерларимиз бор экан давлатимиз ривожи янада яхши бўлади. Сизга ҳурмат билан Рашид Жумаев. Сурхондарё вилояти Шеробод тумани.
Oliy talimga kiriwdagi korrupsiya bilan emas. Oliy talim ichidagi (uqiw jarayonidagi) korrupsiyani yuqotiw kk.
Ismatov Jasurbek
ХУШНУДБЕК сиз учун хурсанд булдим. фарзанди умри узок ризки
Hushnudakamenhamkutakutashuyilotabo‘ldim.Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin
Ismatov Jasurbek
Фарзандингизни умри узок ризки баланд булсин. Сиздек пули расо Эл брига нафи тегадиган инсон булсин.
Medic
Bu yil uncha yaxwi bolmadi onam chet davlatda kela olmadi mayli nima bolsa xam sog bolsn baxtmga xullas bu yil men un yaxwi tasurot qoldirmasi 2021-yildan umidim katta
Муҳаммад Юсуф
Ассалому алайкум. Барчани янги йил билан табриклайман. Хушнуд ака фарзанд муборак бўлсин. Мен ҳам фарзандли бўлдим. Абдуллоҳ. Биринчиси.
Ismatov Jasurbek
Сиздек акли расо Эл юртга нафи тегадиган инсон булсин.
Ismatov Jasurbek
Техник хатолар кетиб колди минг бор узр.
Show next 100 comments