2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Hushnudakamenhamkutakutashuyilotabo‘ldim.Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin
Ismatov Jasurbek
Фарзандингизни умри узок ризки баланд булсин. Сиздек пули расо Эл брига нафи тегадиган инсон булсин.
Medic
Bu yil uncha yaxwi bolmadi onam chet davlatda kela olmadi mayli nima bolsa xam sog bolsn baxtmga xullas bu yil men un yaxwi tasurot qoldirmasi 2021-yildan umidim katta
Муҳаммад Юсуф
Ассалому алайкум. Барчани янги йил билан табриклайман. Хушнуд ака фарзанд муборак бўлсин. Мен ҳам фарзандли бўлдим. Абдуллоҳ. Биринчиси.
Ismatov Jasurbek
Сиздек акли расо Эл юртга нафи тегадиган инсон булсин.
Ismatov Jasurbek
Техник хатолар кетиб колди минг бор узр.
Assalomu alaykum Xushnudbekaka,shu 2008 -yilgi zakovatni toʻlliq vidyosini koʻrigim keldi.qayerdan topsam boʻladi?
Assalomu alaykum hammanga yangi yil muborak boʻlsin
Katta dars berdi bu yıl.manga ..
Allohimga shukur yaqinlarim sog' salomat
Virüs Sabab oylab uyda qamalib karantinda otirganda Kop nematlarning qadrini tushunib yettim...
Vaqtni yanayam qadrlashni organdim, ota ona farzand qarindohslar hammasi omanat ekanligini koproq his qildim...
Har doim har on Shukrona keltirib yurishlikni organdim.
Sogliq eng katta boylik ekanligini ozimda angladim...
Allohim barchamizni 2 Dunyo Saodatiga erishtirsin ..
Yurdimizda Adolat Va insonilik doimo birinchi o'rinda bo'lishi tilab qolaman.
Shodmonova Marhabo
Assalomu aleykum Xushnudbek umri bilan bergan bo'lsin.Bu yil sinovli keldi albatta.Ortda qolgani rost bo'lsin.2020-yil biz uchun omadli bo'ldi.ikki farzandim talaba bo'ldi Ollohimga shukur.
YANGI YIL ham yurtimizga tinchlik,xotirjamlik,baxt,omad olib kelsin.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yangiyil bn sizni tabriklayman sog boling oilaviy xotirjamlik baxt omad tilayman. Yangi yilmiz ilohim barokatli fayzli yil bolib kelsin hammamizga yangiyil muborak bolsin. Yangi yilmiz albatta,O'zbekistonimiz ravnaq topadigan rivojlanadigan yillardan biri bolib kelsin. Yana birbor yangiyil qutlug' bo'lsin🤝🤝🤝🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄
Фарзанд Муборак булсин. Утган йилми, янги йилми хаммаси Оллох берган умрни яшаймиз. Насиб килганини кутамиз. Йилни яхши,емон деб ажратиб булмади. Асосийси бошимизга келган синовлардан эсон ОМОН утганимиз чин булсин. Келгуси йил хаммамизга бахт омад, дастурхонларимизга Файз барака дилларимизга хотиржамлик олиб келсин
Zavqiddin Bo'riyev
2021-yil baxt omad olib kelsin. Sizdek zamonaviy fikrlaydigan inson bilan suhbat qurishni rejamga kiritdim .
Imkoni bo'lsa .
Ilohim umri bilan bergan bo'lsin. Men ham qo'shaloq bayram qilyapman. Bugun oilamiz safi yana bittaga ko'paydi. O'g'il farzandli bo'ldim. Men uchun bu juda katta baxt.
Мен учун хам яхши таасуротлар колдирди. Икки талабанинг бахтли ОНАСИ булиш насиб килди. Бу синов ли кунлар ортда колсин. Хамма уз оиласида бахтли булсин. Хушнудбек сизга ям фарзанд муборак. Оллох умри ризки билан берган булсин.
Farzand muborak . Rizqi bilan, umri bilan bergan bo‘lsin, ilohim. Farzandlarim sizdek yetuk, komil inson bo‘lishini xohlayman. Men sizni hozirgi zamon adolat kuychisi degim keladi....
Bu yil man Toshkent Farmasevtika Instutiga o'qishga kirdim! Azaliy orzularim ushaldi! 2020-yilda mehr oqibat nima ekanligini va Taqdirdan yozilganidan boshqasi bo'lmasligini tushundim!
Yangi yil barchaga muborak. Farzandlar muborak bólsin. Ilohim ota -onasi bilan bergan bólsin roxatini kóring. Ota- onalarimiz baxtimizga bor bólishsin yurtimiz tinch xar doim xonadonlarimizda chaqaloq yiģisi jaranglab tursin.
Men bu yil talaba bolish baxtiga sazovor boldim. Grand asosida Toshkent davlat yuridik univerditetiga qabul qilindim. Juda ko'p noxush holatlarga qaramasdan 2020 yilni yaxshilik bilan eslayman.
Shohrux
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalambor Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga baxt omad olib kelsin Farzand muborak umri bilan bergan bo'lsin farzand(lar)ingizni rohatini ko'ring Men uchun ham 2020 yil -sinovlar yili xatolarimni ko'rsatib berdi 2021yil albatta Katta Katta yutuqlarga erishaman sizga VA oilangizga sog'liq xotirjamlik tilayman.
Asqar Turaev
Ассалому алейкум Хушнудбек ака фарзанд муборак булсин. 2020 йилда мени хам 3 чи фарзандим 2020 йилда тугилди. 2020 йил канчалик огир келмасин лекин Оллох Таолонинг хар бир берган кунига шукур.
Show next 100 comments