2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Bu yil man Toshkent Farmasevtika Instutiga o'qishga kirdim! Azaliy orzularim ushaldi! 2020-yilda mehr oqibat nima ekanligini va Taqdirdan yozilganidan boshqasi bo'lmasligini tushundim!
Yangi yil barchaga muborak. Farzandlar muborak bólsin. Ilohim ota -onasi bilan bergan bólsin roxatini kóring. Ota- onalarimiz baxtimizga bor bólishsin yurtimiz tinch xar doim xonadonlarimizda chaqaloq yiģisi jaranglab tursin.
Men bu yil talaba bolish baxtiga sazovor boldim. Grand asosida Toshkent davlat yuridik univerditetiga qabul qilindim. Juda ko'p noxush holatlarga qaramasdan 2020 yilni yaxshilik bilan eslayman.
Shohrux
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalambor Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga baxt omad olib kelsin Farzand muborak umri bilan bergan bo'lsin farzand(lar)ingizni rohatini ko'ring Men uchun ham 2020 yil -sinovlar yili xatolarimni ko'rsatib berdi 2021yil albatta Katta Katta yutuqlarga erishaman sizga VA oilangizga sog'liq xotirjamlik tilayman.
Asqar Turaev
Ассалому алейкум Хушнудбек ака фарзанд муборак булсин. 2020 йилда мени хам 3 чи фарзандим 2020 йилда тугилди. 2020 йил канчалик огир келмасин лекин Оллох Таолонинг хар бир берган кунига шукур.
SARDOR
Assalomu aleykum kirib kelayotgan 2021chi yil barchaga omadli kelsin, 2020chi yilda erisha olmagan tilaklariga 2021chi yilda erishishingizga tilakdoshman. To'g'ri 2020chi yil barcha uchun, butun dunyo uchun sinovli yil bo'ldi.Sardobadagi toshqin, Olot tumanidagi kuchli shamol sinovli kunlar bo'ldi. Fidokor shifokorlarimizga katta raxmat. Bu albatta Ollohning biz uchun bergan sinovidir.Bu sinovdan biz sabr qilib o'tib olamiz inshoolloh. Xushnudbek aka sizga ham raxmat, farzandli bo'lganingiz bilan tabriklayman. Hammaga 2021chi yil omadli kelsin.
Dilshoda & Nurmuhammad 👩‍🎓👨‍🎓 👨‍👩‍👧‍👦
Assalomu alekum Xushnudbek aka. Avvalo yangi yil bilan tabriklayman. Farzand muborak bòlsin, umri bilan, rizqi nasibasi bilan bergan bòlsin, ota onali qilib katta qilsin ollohim. Shu yilni men ham yomon deb aytolmayman chunki men ham siz qatori shu yilda farzandli bòldim😊😊! Ilohim kasbi koringizga olloh barokat bersin!
Xudoga shukur, zo'r yil bo'ldi. Uy qurdik 2020 yilda. Uylik bo'ldik.
Umri bn bergan bo‘lsin ilohim
Bu yil men grand talabasi bo'ldim .
Mutalova Dilnoza
Assalomu alaykum Xushnudbek aka!Sizga ham bayramlar muborak bo'lsin!Farzandingiz katta bo'lsin,umri bilan bergan bo'lsin, sizlar faxrlanib yuradigan inson bo'lib yetishsin ilohim!2020 men uchun ham unitilmas yil bo'ldi ,chunki shu yili men davlat granti asosida o'qishga qabul qilindim. 2021-yil hammamizga omadli yil bo'lsin, barchaga bayram muborak!!!
Nazarmat Obloqulov
Xushnudjon farzand muborak bulsin!
Umri bilan bergan bulsin
Elyor
Umri uzoq bolsin farzandingizni yangi yil omad olib kelsin
Gulchehra+Odinajon
Ассалому алайкум. Йилни хеч хам айби йук. Инсонни узига боглик бу барчаси синовли кунлар холос тушкунликка тушмаслик доим олга босиш кк. Мен учун унутилмас ажойиб йил булди. Оллох барчамизни уз панохида кулласин. 2021 йил барчамизга омадли йил булсин. Оллох ризкимизни бутун тану жонимизни соглом килсин. Омин
Nafosat Sayfiddinova
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, yangi yil muborak bo'lsin, xalqqa xizmat qilishdan charchamang. Yurtimiz tinch, sog-salomat bo'laylik!☃️☃️☃️☃️🎄🎄🎄
Жажжи фариштача муборак булсин.умри билан ,ризки билан бергани чин булсин.бахтингизга ота онангиз сог саломат булишсин........Хаммамиз ун синовли булди йил.мехр окибат кучайди.
Nasima
Assalomu aleykum, Xushnudbek, ijodizga omad, Yangi yil barchamizga barokatli bo'lsin...
Farzand muborak boʻlsin iymon eʼtiqodli farzand boʻlsin. 2020 yil shaxsan man uchun shukrona yil boʻldi. Qanaqa vaziyat boʻmasin shukr qilib yashash kerakligini oʻrgatdi. Alhamdulillah 2021 yil hammaga hayrli kesin goʻzal duolarimizni hayrli mukammal ijobatini koʻrish nasib qisin in shaa ALLOH Amiyn 🤲
2020 tez o'tib ketdi!
Маруф
Хушнудбек фарзанд муборак булсин! Умри билан берган булсин Илохим!
Shoira Norboyeva
Yangi yilingiz qutlug bolsin barchangizga!!!!
2020- yil men uchun juda ogir boldi. 25 yoshli sevimli jiyanim fojealii vafot etdi. Sal otib jondan aziz opajonim vafot etdi. 2 nafar qadrdo hamkasbim fojeali vafot etdilar. Oilam bilan koronovirus balosiga uchradik. Ollohga shukur yengdik.Hayot davom etadi. Oldinda farzandlar toylari. Yaxshi kunlarga umidvorman.
Lekin 2020 - yilni baribir yaxshi koraman. Axir u hayotimning bir varogi. Uni aslo yirtib bolmaydi.
Show next 100 comments