2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
2020 yil men uchun judayam og‘ir yil bo‘ldi. Virus tufayli qaynotamdan ayrilib qoldik😪 Alloh rahmatiga olsin. O‘g‘limda og‘ir kasallikka tashxis qo‘yildi. Oilamda ham kelishmovchiliklar ko‘paydi. Har tomonlama juda qiynaldim. Allohning menga bergan sinovi ekan. Barchasini yengib o‘tishimga ishonaman. Zero, bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi.
Sharipov Ulmas
Xushnud aka tabrikliyman, umri bilan bergan bo’lsin, iymonli, e’tiqodli, ilmli, ota-onasiga mehribon farzand bo’lsin, kamida Sizday o’zini kasbini ustasi bo’lsin!
Haqiqatdan 2020 yil bizga ko’p narsani o’rgatdi, chunki Yangi O’zbekistonning eski va yangi rahbarlarining yangi-yangi nayranglarini ko’rdik! Yevropa Koronavirusga qarshi kurashda barcha bo’sh turgan katta-katta binolarni, stadiuonlarni kasalxona qilib o’z aholisini davolab turganda, Biz o’zbek modeli deb “Xitoy 10 kunda kasalxona qurgan bo’lsa biz 5 kunda quramiz deb” barcha Artel va Ortiqxo’jayevga tegishli tashkilotlar ishlab chiqargan uskunalar va maishiy texnika vositalari bilan jihozlangan konteynerdan 500 kishilik kasalxona qurib, 100.000 minglab aholiga tibbiy yordam ko’rsata olmay, ularni o’ldirdik. Odamlar o’laman deb turganda kissasini, cho’ntagini o’ylagan millat faqat o’zbek, o’ziga bek bo’lsa kerak, boshqa millat hech bo’lmasa shunaqa paytda aholini o’ylaydi
Xushnudbek aka farzandli boʻlganiz bilan tabriklayman . 2020- yil esda qolarli yil boʻldi. Endi 2021- yilda Yangi Oʻzbekistonni birga quraylik. Lekin manga koʻproq eski Oʻzbekiston yoqardi. Chunki unda chiroq kamroq oʻchar edi. Yangi Oʻzbekistonda esa aksincha judayam koʻp oʻchyapti. Hattoki 31- dekabr va 1- yanvarda ham chiroqsiz qoldirishdi. Balkim hukumatimiz aytayotgan Yangi Oʻzbekiston shudir. Yangi Oʻzbekiston - Yangicha chiroq oʻchishlar.
Men 2020 yilda talaba bo'ldim va o'zim yoqtirgan qiz bilan unashtirildim. Men uchun unutilmas yil bo'ldi 🙂👍
Shokir Abrayev
Xushnudbek farzandli bo‘lganingiz bilan tabriklayman orzuyingizdagidan ham yaxshi farzand bo‘lsin. 2020 yil biz uchun xam yaxshi keldi 2chi farzandim dunyoga keldi singlim otm ga grand talaba bo‘ldi
2020 yil menga omadli va baxtli yil boldi bu yil men orzu qilgan ishimga kirdim. Farzandlik boldim. Ukam institutga kirdi.
2020 -yil insonni dinga chaqiradigan yil buldi
Нодира Наврузовна
Ассалому алайкум яхшимисиз Хушнудбек фарзандли булганингиз билан табриклайман. Умри узок булсин. 2020 йил ман учун омадли йил бди. Кизим Зулфия номидаги Давлат мукофотига номзод бди. Угил невара курдим кичкина кизим мед институтининг даволаш факультети талабаси бди углим DED MAX программный ценр очди узим фалсафа доктори PhD химоя килдим.
Shaxnoz Jo‘rayeva Sultonovna
Ассалому алейкум Хушнуджон фарзанд муборак келажаги порлок булсин 2020йил яхшиликларга тула булди сабок берди бизга кизим укишга кирди узим карантинда онлаин да психолагик билимлар олдим 2020 йилдан розиман😘
Shaxnoz Jo‘rayeva Sultonovna
оллохга хамд яхши йил булди
Нилуфар Махамадовна
Углим ТДЮУ талабаси булди. Аллохга бехисоб шукур, йилни яхши ёмони булмайди. Факат жуда тез утиб кетгандай булди.
Sàlem! Oñ bolsın bawı berik, elge belgili azamat bolsın! Men 2020 jıl magistraturaģa oqıwģa kirdim. Men ushın 2020 àwmetlı jıl boldı , pandemiyani esapqa almasaq 😔
Salom. Xushnudbek. Avvalo oilani quvonchi farzand muborak. Otasidek xalqqa, davlatga kerakli inson bo‘lib voyaga etsin. Men Sizning kanalingizni doimo kuzatib boraman. So‘rovnomalarda ishtirok etaman. 2020 haqiqatdan sinovli yil bo‘ldi. Yo‘qotishlar ko‘p bo‘ldi. Lekin shu bilan birga hammaning hayotida esda qolarli yaxshi kunlar ham ko‘p bo‘ldi. Shxsan men uy sotib oldim. Kichkina farzandim bog‘chaga chiqdi. Turmush o‘rtog‘im ishga kirdi... xullas zo‘r yil bo‘ldi. Pandemiya ham ollohning bir sinovi. Insonlarni iymonga chaqirdi. Lekin mana shu davrdan ham ba‘zi bir iymonsiz (kottakon)lar "foydalanib" qolishdi. Ularni xalq, davlat kechirishi mumkin. Lekin ular o‘zlarini kechira olarmikinlar... manimcha ular sinovli yilning "sinov"idan o‘ta olmadilar. Salomat bo‘ling.
Shahnoza Pardayeva
Assalomu alaykum Xushnudbek. Avvalo farzandli bulganingiz bilan tabriklayman .Ushbu yil hammamiz uchun sinovli yil buldi, ammo bir - birimizga qadrli buldik, inson g'animat ekanligini ham angladik ma'nimcha
2020yilda katta qizimni turmushga chiqardik, 2-qizim Moliya instituti grand talabasi buldi Ollohga shukr .
Har bir kunimizni qadriga yetaylik , yuqotganlarimiz ham ko'p buldi .
Salomat buling
Assalomu alaykum. 2020-yil man uchun baxtli yakun topdi. Man ushbu yilda 1-farzandimni dunyoga keltirdim
Assaomu alekum barchaga ALXAMDULILLAH yaxshi yil bo'ldi hammani iymonini sinovdan o'tkazildi hamma ISLOM DINIni o'rgandi va ALLOXga ishonishdi deb o'yliman
Abror Xaqberdiyev
Assalomu alaykum mendaxam unitilmas yil buldi birnchi farzandim dunyoga keldi
Ассалому алайкум. Барчани янги 2021 йил билан табриклайман. Манда ҳам 2020 йил омадли келди, чунки ман ҳам Ота бўлдим! Оталик - бу жудда катта масъулият ва шу билан бирга, ёқимли
ва орқангда санга суянадиган, талпинадиган одамлар борлигидан хурсанд бўласан.
Мен учун кийин ва омадсиз йил булди 2марта ковид булдим оллохга шукир йенгил утказдим Ва мехрибоним Бобожонимдан айрилиб колдик.Енг ачинарлиси Ишонган одамим алдаб кетти.Майли хаммаси Оллохдан 2021йил Омадли йил булсин😊🥰
Zulayho Erkinovna
Alhamdulillah man uchun judayam yaxwi yil buldi turmushga chiqdim, 11 yil diganda talaba buldim shukutlar busin allohga farzandli buliy db turimman inshaaloh, manimcha yil bubbu yil hammasi allohdan u yil yaxwi buldi buyil yomon keldi diyishni uzi noturi buladi manimcha Abdikarim Mirzayevni bir hikoyalarida etganlariday "Yaxwi ish buldmi yomon ish buldimi bizga ma'lum emaaaaas Alloh bilguvchi" 2021 yil ham insha'Allah yaxshiliklarga boy yil busin