❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

Эртага, 16 апрель куни соат 15:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида хориждан ва Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда талаб этиладиган ўтиш баллари, имтиҳон тартиби ва бошқа шунга оид масалаларни муҳокама қиламиз.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

1025 comments

Show 100 more comments
Ассалому алейкум. Ички перевод хакида малумот берсангиз.Ёзги перевод килиш 50 50га дейишаяпти.айникса Тошмига.узим Чирчик шахридаги УзДЖТВСУ университети тиббиёт факултути даволаш ишида укийман.Пропискам шахарда .Тошкент шахарда яшайман.Тошми даволаш ишига перевод кила оламанми 2чи курсдан .хозр 1чи курсдаман.контракт асосида талаба булганман.жавоб учун олдиндан Рахмат.
Bir viloyatdan boshqa viloyatga o‘‘qishni ko‘chirish qay tarizda boladi agar talaba kochirayotgan viloyatida emas boshqa viloyatda istiqomat qilsa
Savollar bazadan olinadimi. Agar bazdan olinsa 2021 oʻquv yilida tushgan testlar sotuvga chiqqanku.
Assalomu aleykum. Men hozirda Moskva shahridadagi Московская Академия Предпринимательства ning talabasiman. Bu akademiya nodavlat hisoblanadi. Lekin akkerditsiyasi bor. Men yozda shu o'qib turgan Akademiyadan Toshkent Davlat Yuridik universitetiga ko'chira olamanmi?
Men Toshkentdagi yojju institutida oqiyman.Boshlangichdan o'zlitga perevod qilsam buladimi ozim yashaydigan joy Qarshiga,va bu qanday tartibda bo'ladi.
❤MUNISA❤
Assalomu aleykum men hozirda Termiz davlat Pedagogika institutida kechki yònalishida òqiyman turmushga chiqqanim sababli (turmush òrtoģim harbiy ) òqishimni sirtqi yònalishiga boshqa viloyatga
kòchirmoqchi edim kòchira olamanmi
Assalomu alekum men hozirda Rossiyaning Irkutsk shaxridagi "Иркутский государственный медицинский университет " da 1-kurs stomatologiya fakultetida tahsil olmoqdaman
oqishni 2-kursdan O'zbekistongga ko'chirish maqsadida edik bir qancha savollarim bor edi batafsil ovozli chatda javob olsam degandim
Assalomu aleykum men Samarqand Veterenariya instituti Toshkent fillialida oʻqiyman Farmatsevtikaga perevod qilmoqchiman shu haqida ham malumot bersangiz oldindan raxmat
A Karimova
Meni qizim GulDuda òqiydi hozir 2 kurs 3kurs uchun SamDuga kòchirsa bòladimi.
Kosonsoy 43-maktab MMIBDO' Usmonova Inobatjon
Ассалому алейкум угли чет Давлат институтида юрфагда укийди.Узбекистонда юрфагнинг сиртки талими мавжудми
3-kursda o‘qidigon talaba 3-kursni bitirb sirtqi ta‘lim dan kundizgi ta‘limga o‘zgartirsa bo‘ladimi
て دَدَبَيْوْ أمَر
Ассалому алейкум мен хозирда Коракалпоґистон Давлат Университетида таксил оламан бу йилги ёзда Наманган Давлат Университетига кучирсам буладими?
Kitobxo"r 1996-2007
Soatini kechga qililar iltimos
Assalomu alaykum men Toshkent nodavlat OTMda sirtqi bòlimida òqiyman.2-kurs 2-semestr 10-sentabrda tugashini aytishdi shunda men òqishimni perevod qilishim uchun imtihonga qatnasha olamanmi?imtihon javoblari chiqgach Òqishimni Navoiy Davlat OTMning kundizgi bòlimiga kòchira olamanmi?
Assalomu alaykum ukrainada kuchirish masalasida aniq malumot bersangiz imtixon buladimi yoki tugridan tugri kuchiramizmi
Diqqat !!! Assalomu alaykum barchaga. Savolim shundan iboratki men Toshkent kimyo-texnologiya institutida 1-kurs talabasiman o'zim Samarqnda yashayman. Aslida Med insttitutga kirish niyatim yuqori edi. Ushanga yozgi ta'tilda Sam med unversitetga ko'chirsam bo'ladimi va xarajat ham bajarishim kerak bo'ladigan ishlarni aytib o'tsangiz iltimis. oldindan RAHMAT.
Show next 100 comments