❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
Эртага,
16 апрель куни соат 15:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида хориждан ва Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда талаб этиладиган ўтиш баллари, имтиҳон тартиби ва бошқа шунга оид масалаларни муҳокама қиламиз.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
O'qib turgan institutimda, shu institutni turdosh bolmagan fakultetiga perevod qilish qanday boladi???
Yana bitta savol. Tibbiyot hodimlariga chet tillarini bilish sersifikati nega kerak. Kimga kerak bo'lsa o'qib olaversin. Biz chetga chiqmasak. Hammani chet tiliga o'qitgancha chet tilida yozilgan adabiyotlarni norm qilib tarjima qilishga pul sarflash kerak. Tibbiyot hodimiga ingiliz tili nimaga kerak?. Sersifikat bo'lmasa o'qishga hujjat topshirib bo'lmasligi nimasi?
Shuni hammasiga izoh berilar iltimos. O'zi hamma yoq rasvo bo'ldi karantinda onlayn o'qish. Endi hamma ingiliz tili o'qib yuribdi. Tibbiyotni kim o'qiydi. Har kuni tepada turvolib tizimni kundan kunga o'zgartirib nima keragi bor. O'quv adabiyoti kerak O'zbekcha tibbiyotni rasvosi chiqqan.