❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
Эртага,
16 апрель куни соат 15:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида хориждан ва Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда талаб этиладиган ўтиш баллари, имтиҳон тартиби ва бошқа шунга оид масалаларни муҳокама қиламиз.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Mening savolim shuki: Men Termiz Davlat Universiteti Yuridik Fakultet Yurisprudensiya(faoliyat turlari bo'yicha) O‘qiyman 1 kursman men o‘qishimni Toshkent Davlat Yuridik Universitetiga perevod qilmoqchiman Iltimos szdan shu haqida malumot bersalariz javob uchun oldindan rahmat
Ro'zayi Ramazonlaring bilan tabriklayman.
Men hozirda Buxoro Davlat Universiteti filologiya va tillarni o'qitish, O'zbek tili fakultetida tahsil olaman (1-kurs yakunlayapman ). Bu yil Farg'ona Davlat Universiteti filologiya va tillarni o'qitish O'zbek tiliga perevod qilmoqchiman, shunga qaday hujjatlat yoki biror imtihondan o'tishim kerakmi? (O'tish ballim 144.90). Mening o'qishim sirtqi va sirtqiga perevod qilmoqchiman (sirtqidan-sirtqiga). Farg'onadanman.
O'tkan yili Abduvali Xoliqov oddiy kantraktini to'laydi degandilar shu gap bu yil kuchga kiradimi