Ashulaga gap yo'q eshitib mazza qildik. Ammo, Dilshodga aytib qo'yish kerak “poklon”ni o'zbekchasi “Ta'zim” bo'ladi. Har holda televidenieda chiqyapti. Ustiga-ustak o'zbek tilini maqomi kun mavzulari qatorida turibdi.
Нодира Алиевна
Отабекни хар бир кушиги юрагидан чикади,ижодига омад.Бошловчиларни хиссобга олмаса ,колгани зур булди.
Nilufar Ulugmurodova
Rosti qoʻshiqqa gapyoʻq bugungi sinovli kunlarda nafaqat sanat ahli balki butun Oʻzbekiston siz shifokorlarga boshimiz yerga tekkunicha tazimdamiz 👏👏👍👍
Assalomu alaykum, Otabek Muhammadzohid nafaqat O'zbekistonning balki butun jahonda bunga o'xshagan san'atkor topilmasa kerak, Otabek akadan ancha muncha san'atkorlar o'rnak olishsin!
Otabek Muhammadzohid iste'dodiga shubha yo'q. Men uni hurmat qilaman, lekin ko'rsatuvni olib borayotgan boshlovchilarga qoyil emasman, negaki hozirgi sharoitda hammani uyda o'tirishga chaqirib turilgan bir paytda boshlovchilarning ishi to'g'rimikan? Menga xuddi dam olishga borishgandek taassurot qoldirdi. O'rtaga tushib olib o'ynaganichi bularni. Keyin ijtimoiy masofa saqlansin deb tinmay bong urilmoqda, ular esa bir joyga o'tirib olishgan. Xalqqa o'rnak bo'lish o'rniga qilingan bu ishlar meaning naznimda to'g'ri emas. Shu paygacha o'sha ko'rsatuvni bir boshlovchi juda ajoyib olib borayotgan edi.
Biz ham oilaviy mazza qilib tomosha qildik. Bir narsaga xayron qolamanda. Shunday jonli ijroda qoshiq kuylaydigan qoshiqchini bironta unvoni yo‘q. Nega olmagan, nega berilmagan...... Shunchaki QOYIL ovozga, ijroga!
Lekin kayfiyatni ko‘tarishdi, Sevimli bn Milliy tvdagi boshlovchila zeriktirib qo‘yishyapti. 24- kuni Sevimli tv borishadi Fargonaga . Shunda ko'rarmiz. Boshlovchila nima qilisharkin. Shunday kayfiyatni ko‘taradigan, madaniy dam oladigan konsert bo'lsin InshaAlloh
Harry
Otabek akani ijodlariga omad
Sirojiddin Mardiyev
Отабек Муҳаммадзоҳид жуда истеъдодли хонанда, қўшиқларини маза қилиб эшитамиз. Ўзбекона оҳанг, овози ширали,ёқимлидир. Қўшиқларни жуда мароқли қилиб куйлайди. Жонли ижрони шунчалик мейёрига қўйиб куйлайдики, фонаграммадан яъни пардоз берилган ашулалардан ҳам зўр ва тиниқ эшитилади. Илоҳим ижолларига кўз тегмасин. Шу хонандамизга бирор унвон берилса, ижоди муносиб тақдирланган бўлар эди
Қахрамон Саидов
Shifokorlarga raxmat... qo'shiqchi akamizga ham omad yor bo'lsin...
Фаргона- санъаткорлар юрти, инсонлари хам жуда самимий,камтарона ва маданиятли. Жонли ижрога гап йук. Бирорта сохталик йук.Хаммаси табиий... бор булинг,фаргоналиклар...
Йўқ врачлар ҳақида умуман куйламаслик керак эди. Фақат ўлдим куйдим СЕВГИ ва ВАТАН тўғрисидаги барака топгур ҳисобланган баландпарвоз ашулаларни куйлаш ҳам қарз ҳам фарз эмасму......?????
Marg'uba Ermatova
Хакикий санъатсевар,хакикий кушикни жон-жонидан хис килиб айтди. Хаттоки баъзи санъаткорлардай сиртини силаб эмас,енг шимариб,маромига етказиб хизмат килди. Узок вакт тинмай, кушик куйлаш хаммага хам эмас. Бу ижро- хамир учидан патир.Отабек Мухаммадзохид истеъдодига гап йук. Оллох рози булсин!!!
Yulduzxon Mahammadiyeva
Jonli ijrokuychisi,shirali ovoz sohibi ijodingizga omad!!!
Фақат ўлдим куйдим СЕВГИ ва ВАТАН тўғрисидаги барака топгур ҳисобланган баландпарвоз ашулаларни куйлаш ҳам қарз ҳам фарз эмасму......?????
Бу ижро- хамир учидан патир.Отабек Мухаммадзохид истеъдодига гап йук. Оллох рози булсин!!!