This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️11 январдан ОТМларда анъанавий таълим бошланади

Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашевга асосланиб, ЎзА (@uzauz) маълум қилди.

Хабарингиз бор, барча ОТМлар томонидан ўқув жараёнини анъанавий тарзда бошлаш бўйича график ишлаб чиқилган. График асосида 2021 йил 11 январдан барча ОТМларнинг тегишли курсларида ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади.

Айрим бетоб ёки ижтимоий ҳимояга муҳтож талабаларнинг ўқишлари онлайн шаклда давом эттирилиши мумкин. Бу ҳолатда ОТМлар талабаларнинг шароитларини ўрганиб чиқади. Барча имкониятлари мавжуд бўлган талабалар анъанавий таълимга тўлиқ жалб этилади.

Бу сафар ўтган галгидек шошилинч эълон қилинмасдан, 1 ҳафта олдин огоҳлантиришди, буниси анча яхши.

Хўш, талабалар, анъанавий ўқишга тайёрмисиз?


👉 @xushnudbek 👈

2008 comments

Show 100 more comments
HOZIRDA TALABALARNING GLOBAL MUAMMOSI KVARTIRA MASALASI, AYNI DAMDA TOSHKENDA ENG XAROBA KVARTIRA 200$DAN BOSHLANADI. QOLAVERSA TOSHKENDA YASHASH JUDA QIYIN BO'LIB QOLDI
Erkinjon Abdumalikov Tohirovich
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, biz tayyormasmiz, sabablari kop, birinchidan bizda vaziyyat iziga tushgani bilan bartaraf bolmadi, ikkinchidan hozirgi sharoitda hamma ham shaharga kelib o'qiy olmaydi, chunki oilaviy sharoiti, ijara, yashash va deyarli 80 % talaba ish bilan mashg'ul, online o'qishni qiyinchiliksiz olib boryapdi, misol uchun 3 va 4 - kurslar kopchiliki oilali, bundan tshaqari kasallik yuqtirib olishi kuchli, uni yana ota ona davolidi, shusiz ham tashvishi ozdek, oliy ta'lim dargohi bunga pul ajratmidi, kasal bolsang davolan deb qoyaqoladi, bu o'limga olib boradigan kasallik bo'lgani uchun yana ham chuqurroq o'ylab ko'rish kerak deb bilaman
Men 4kursman. Bizga amaliyot shartnomasini dekabrda berishdi endi faqat amaliyot qilasizlar deyishgandi. Nima bo'larkanaa?
Online qulay edi.
Ҳакимов Ш С
Мажбуриймас дияптику
Majburiy. Agar talabaning sog‘ligi va yana boshqa sharoitlari to‘g‘ri kelmasa, online davom ettirishi mumkin .
Onlayn yaxshi. Hozi koronavirusni yangi shtapni bizga ham keladi .
Javohir
Birinchidan kvartira topish va pulini tõlash osonmas shu sovuqda sarson bõlib, ikkinchidan yana tanlash ixtiyorini berish kerak talabalarni õziga
Анъанавий сессия - битта нексия.

Онлайн сессия топширсак яхши эди. Ҳар ҳолда пандемия шароитида пулни босиб қўйган еримиз йўқ. «Ҳа, майли, сиёсатда. Коттала нима деса шу» дейишдан ўзга фикр бору лекин жиммиз, айтолмаймиз. Талаба ҳам одамми?!
Ha tayyorman. Tezroq ananaviy bowlansin
Anvar
Yo‘q tayyor emasmiz. Yilni yarmisida viloyatlardan Toshkentga borib o‘qishni boshlash qiyinchilik bor. Ish topish kvartira degan muammolar bor.
2 semestirdan ananaviy boshlansa yaxshi bolardi
Ishqilib aniqmi bir amallab borsak uy topsak Ijaraga keyin endi buyog'i rihsat karantina deb turmaydimi?!
Сессия, пул йигиш кере😣😭
Dildora
Assalom alaykum. Yotoqxona ochilarmikin??
Dars berib turgan maktabida ôqituvchi kerak bôlsa bitiruvchi kurs talabalari dars bersa bôladimi?
Bu degani sessiya offlayn deganimi bizni dekanat 25 idan debdi demak 2 chi semesterdan bolsa kk lekin haliyam aniqlik yoq
Oxiri baxayr bòlsin ishqilib
Lekin yana gibrid bo'lsa normalni darslar bo'midi. Chunki noyabr-dekabr oyida ham shunday bo'lganda🙁
Sessiyaga oz vaqt qoldi, oqishni yarim yil online oqib, sessiyani offline topshirsak, qanday bolarkan? 🤔
Show next 100 comments