This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️11 январдан ОТМларда анъанавий таълим бошланади

Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашевга асосланиб, ЎзА (@uzauz) маълум қилди.

Хабарингиз бор, барча ОТМлар томонидан ўқув жараёнини анъанавий тарзда бошлаш бўйича график ишлаб чиқилган. График асосида 2021 йил 11 январдан барча ОТМларнинг тегишли курсларида ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади.

Айрим бетоб ёки ижтимоий ҳимояга муҳтож талабаларнинг ўқишлари онлайн шаклда давом эттирилиши мумкин. Бу ҳолатда ОТМлар талабаларнинг шароитларини ўрганиб чиқади. Барча имкониятлари мавжуд бўлган талабалар анъанавий таълимга тўлиқ жалб этилади.

Бу сафар ўтган галгидек шошилинч эълон қилинмасдан, 1 ҳафта олдин огоҳлантиришди, буниси анча яхши.

Хўш, талабалар, анъанавий ўқишга тайёрмисиз?


👉 @xushnudbek 👈

2008 comments

Show 100 more comments
Xadicha G'ulomova
Assalomu allekum! Onlayn o'qiyotgan talabalar qani vijdonan aytingchi har kuni soat soatida darsga kirdingizmi . Hamma o'tilyotgan fanlardan daftar va uy vazifangizni ko'rsata olasizmi? O'qituvchi 40 minutda o'tib bergan mavzusini siz ham yoritib berolasizmi . Menimcha 90% talaba bu savollarga javob berolmaydi. An'anaviy ta'limga qaytish kerak. Sog'ligimiz o'zimizga kerak o'z ehtiyotimizni o'zimiz qilamiz . Qolaversa vaziyat ham ancha barqarorlashdi . Onlayn o'qish deb ko'pchilik talabalar ishga kirib ketgan pul topyapti shuning uchun an'anaviyni boshlashga qarshi . Hech kim ham karantin qilib uyda o'tirgani yoq . Rivojlangan mamlakatlar balki shu tizmda o'qiyotkandir lekin hamma ham o'z sharoitidan kelib chiqib qaror qabul qilish kerak. Kasbimizni mukammal o'rganishimiz uchun biz institutga boriib 90 minut o'qib o'rganishimiz kerak onlayn darsda 40 minutni 20 minuti yoqlama va taahkiliy masalalarga ketyapti. Seminar darslarda 40 minut bitta talabani savol javobi bilan tugaydi. Hammasi yaxshi ketyotkanda internet uzilib qoladi. yanvardan o'qish boshlanishidan men juda ham xursandman . Katta rahmat shu qarorga kelgan mutasaddilarga
Qo'shilaman. Men ham talabaman. O'qishga qiynalib kirganman. O'zi ba'zi supperlarni ko'rsam yomon bo'lib ketaman.Shular ertaga meni farzandimga dars berishi ham mumkin-ku? Shu gapni siyosatshunoslikda o'qiydigan talabaga aytsam, siz bolangizni xususiyda o'qitasiz-da deydi. Xo'sh, shu paytda unga qurbi yetmaydigan oilaning bolalarini shunday "bilimli"lar o'qitaversinmi, shunda? Ularni aybi ota-otasining topish daromadi kamligida bo'ladimi? Bu ketishda hammamiz "supper" bo'lib tugatamiz universitetni!!!
Онлайн ёмон офлайн яхши эмас, укишни истаган инсон чулда хам укийди. Просто нохаклик килаябди сессияга чакириб пул олиш керакда буларам карантинда куриб колдида😆
𝓐𝓷𝓸𝓽𝓱𝓮𝓻
Homidova Mohigul (326)
xamma kurslarda ochilarkanmi majburiymi
Majburiy.kasal bòlsa yoki waroit tori kemasa online
Жасур Дониёров
Хамма шароитига карап иш тутуриш к к хечким бировди маломат килишга хакки йук деп уйлайман
Hohishiy qigani yaxshi hali tayyor emaslar ham bor
Najmiddin
Puli yuqqa farqi yuqku😎😎
Tanlash imkoni berilishi kk, karantin paytida ko'pchilik oilalarda moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo'lgan va ular hali ham davom etmoqda, Chet elda yurib, ishlab oilasini moddiy tarafdan ta'minlaydigan fuqarolarimiz judayam ko'pchilikni tashkil qiladi va ularning ko'pchiligi karantinda yoki karantin paytida uylariga qaytib kelishgan, tabiiyki, ularning bu yerda pul topib, oila ro'zg'orini tebratishi qiyin masala, shunday oilalarda ham Otm talabalari mavjud, o'qish boshlansa ularga turar-joy, uzoq tumanlardan kelib ketish uchun yo'l haqi kk bo'ladi, hukumat albatta shu tomonlarini ko'rib chiqsa yaxshi bo'lardi
Bizda to'liq tarkib bilan an'anaviy ta'lim boshlanguniga salkam 2 oy bo'ldi, sessiyani ham yopdik, an'anaviyga sharoitim yo'q degan talabalar shunday zo'r kelgandi yugurib kelib kerak bo'lsa bir kechada kurs loyihalarni tayyorlab topshirib ketti. Onlayn ta'limda bizda hech qanday ta'lim yo'q hammasi maynavozchilik.
Shu sessiyadan keyin qilinsa ajoyib boʻlardi
Onlayn oqiganlaga sessiyala topwiriw qiyin bolsa kk endu
Shermatova Zarnigor
Zukhriddin HASANOV_official®
Afsuski , talabalarni 50% ini ham yotoqxona bilan ta‘minlab berolmaydi.
uyida o'tirgan talabalarni nima og'irligi tushayabdi ekan, ta'lim sifati deb jar solmay qo'yaqolishsin, oldin ham zo'r emasdi shu sifat
Тошкентга бориб укишга хозир хич кимда пул шароит ёкку. Квартиралани нархи енг камида 300$ екан. Карантинга иш ёк. Бу ОТМ раиси шуларниям биларканми ё хамма талабаларни милярдеб деб уйлаяптими ...
Yaxshi boldi,uzi anchadan beri ta'lim sifati pasayib ketgandi
Хайдарова Гулшодахон Бекзод кизи
T̷̷i̷̷m̷̷u̷̷r̷̷
Bu degani hammagami 1dan 4gacha
Ha oziz uchun tegishli raspisaniyaga qarab oqiyverasiz kasal va ijtimoiy yordamga muhtoj bolmagan barchaga ekan
Tanlash imkoniyatisiz achinarli qaror
Хич каерга карамасдан карор чикариб ташайканда була
Show next 100 comments