Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 60 more comments
Yig'ladim.😢 Qizlaringiz o'qiy olmagan taqdirda ularga hunar o'rgating.
Mirjalol
Shuning uchun aytishganda birni ko‘rib fikr qil birni ko‘rib shukr qil
@2010ХRashidov
Хаёт кийинчиликлари хакида пост эркаклар хакидамас камбагал иш йук аёлларга мос юртимиз кашшок
Qiyinchilikka bardosh beruvchi o'zbek xalqimni hech qachon qaddi bukilmasin, inshallah vaqt o'tib hammasi Yaxshi tarafga o'zgaradi....
Maxmudova Mohira
Bu ayollarga yordam berish uchun ularning farzandlariga yaxshi ta'lim berish kerak. Bir kun kelib qizlari, o'g'illari xuddi ulardek "plastmassa butik" kiyib yurmasligi kerak.
Sizni fikringiz juda ham togri fikr. Onamning umri xuddi shu zaylda otgan. Ming mashshaqatlar bilan meni va ukamni o'qitgan. Bizga ilm olishimizga sharoit yaratib bergan. Oxirgi pullariga ham bizni repititorda oqitgan. Biz yaxshi ilm olib Universitetga grant asosida oqishga kirib alo baholar bilan oqishlarni tamomladik. Va Biz hayotda òz òrnimizi topdik. Mana endi Onam rohat farogatda yashayabdi. Men Onamdan xech narsamni ayamayman. Onam korgan qiyinchiliklarini rohatini kòrishi kerak.
Рустам
Haqiqatlarni kashf qilish shart emas. Holat shunday va bundan-da yomon ekanligini aksariyat odamlar biladi. Muammo aniq takrorlayman muammo aniq uni kashf qilish emas bartaraf qilish real bartaraf qilish kerak.
Айнан шунака,кайси кишлокга борманг,аёлларимизнинг купчилиги шундай хаёт кечиришади,жамиятимиз кузгуси бу...😥😥
😢😥😢😥
Hammalaridan olloh rosi bulsin oulalari va dasturxonlar to'kin sochin bulsin
Гулрух
Olloh insonga bergan ne'matlardan ,imkoniyatlardan o'z vaqtida foydalana olsak inshaolloh barchasi go'zal bo'ladi!!
Sirdaryolik ayol uchun ham go'zal kunlar bor ...
Laylo
Shunchaki gapirishga til ojiz .....
Xarobadan chiqqan millioner filmi qahramoni haqiqiy Hindistonni ko'rstadi sayyohlarga. Jurnalist opamiz ham haqiqiy O'zbekistonni ko'ribdi-da
BIBIHOJAROY Isroilova
Hamma ayollarimiz bahtli yashashga haqli mehrimizni ayamaylik
Abbos Zilola
Xamma baxli bolisha xaqli
Бу хаммаси аелнинг касби хам хунари хам йукликдан ота она кизмиди угилмиди касб еки хунар ургатиши керак фарзандларига
Maxmudova Mohira
Bu ayollarga yordam berish uchun ularning farzandlariga yaxshi ta'lim berish kerak. Bir kun kelib qizlari, o'g'illari xuddi ulardek "plastmassa butik" kiyib yurmasligi kerak.
Mana siz aytgan òsha kun biz uchun kelgn. Men va onam "rezinka botik" kiyganimiz yoq.
Aslida " rezinka botiik"kiysamda uyalmayman. Chunki Koreyning eng rivojlagan shaharlarda kochada hamma rezinga botik kiyib yuradi. Universitetg ha rezinga tapichkalarda ha oqishga chuqaverad. Ularda kiyim muhum emas. Muhumi talim olishishi
Shularga yordam berilar yuqori lavozimda o‘tirganlar unaqa o‘zgarish qilyapmiz bunaqa o‘zgarish qilyapmiz deb olamga jar solgancha
Assalomu alaykum xozirgi kunda prizdentimiz topshirig'i bilan axoli bilan xamma rahbarlar ko'chada odamlar bilan suhbat qilyapti.Bu zo'r lekin odamlarga qo'l bilan bergani bilan bir oy yahshi yashaydi bora bir yildur qolgan kunlari yana o'sha kunlar .Meni shahsiy fikrim mexmonxona,maktab ,unversitet,xar xil makro do'konlar kerak emas.Ishlab chiqarish zavodlarini qurush kerak axoli osha yerda ishlar edi .SSSR vaqtida xar bir maxallada bunday zavodlar bo'lar edi .Masalan " tamat "zavodi "g'isht" zavodi bundan tashqari atlas fabrikasi.Xozirgi kunda xam bor faqat tuman markazlarida u yerga borib ishlasa yo'l kira xisobiga qo'liga arzimagan pul tegadi .Shunday zavodlarni xar bir maxxalalarga davlat tamonidan! qurush kerak axoli xam ish bilan taminlanadi . Davlatga xam pul tushar edi
Mutasaddilar boradigan joyini bir oy avval e'lon qilmasda dabdaba bilan kelmasdan oddiy xalq qiyofasida aylansin O'zbekistonni shunda ko'radi haqiqiy muammolar
RUSLAN
Albatta bu sinov bir kun yaxshi kunlar keladi. OAV orqali yoritilsa ba'zi bir ayollarga saboq bo'lar edi balki...
Show next 100 comments