Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 87 more comments
«Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса» нақадар тўғри сатрлар. Ўша ҳамма нарсага эга бўлган ва буни мансабини суъистемол қилиш эвазига, пора эвазига топган амалдорларлага сўзим бор. Оллохнинг инояти билан амал, ваколатга эришдинг, нега тўймайсан? Бунча нафсинг ўпқон? Етар тўплаганинг...., бошқа оддий инсонлар қила олмайдиган яхшиликларни қила оласан, бунга ваколатинг ҳам имкониятинг ҳам бор. Барибир олиб кетолмайсан. Номингни тарихда қолдирсангчи, исмингни асрларга мухрлаб қўймайсанми? Яхши амаллар ила......
NO NAME:?????
Bu davlat boshqaruvi.Mutasaddilarning ochkoz poraxorligi.Ortiqcha gapga hojat yoq.Chunki befoyda baribir
Jasur
Хушнудбек!
Заковатни қайта ташкил этиш яхши. Лекин, шу каби реал ачинарли ҳолатларга ўша “ташкилотчилар”нинг эътиборни қаратиш яхши бўлармиди. Ҳар замонда гендер тенглик ҳақида эслаб қолишадимией;((
Ayol bahtli boliwlga loyiq.Ayol ojiza.🥺🥺🥺🥺🥺
Bugun O‘zbekiston u reytingda bir pog‘ona ko‘tarildi bu,bu indeksda o‘rni o‘zgardi deb reytingga ishlamasdan o‘zimizning muammolarni hal qililar
Tafakkurni ham boyitish kerak, hisob kitobni o'rganish kerak. Serial ko'rib o'tiraversa ayollar, kelajakda ularni farzandlari ham shunday oyoq kiyim kiyadi.
Bolasiga bir nima o'rgatsa, tafakkur qilsa keyin oyoq kiyimni olishni ham, yaxshi yashashni ham o'rganadi. Yashash serialni bir qismidan ikkinchi qismigacha yetib olish emas!!!
Aziza
O'zbek ayoli matonat timsoli matonat timsoli bo'lishni istamasa ham majburlaymiz .Ayol kishi undoq bolishi kerak bunday qilishi lozim joni 40 taku😂
Ayrim joylarda eshitib qolamiz, kamiga erkaklar aytishadi ayollarga qarata ''suv kelsa simirishi tosh kelsa kemirishi kerak " . Mayli bir kun ..... kelar
Millat shu holatda atrofida faqat o‘zni o‘ylaydigan shaxs yegilgannhokimyat mayli o‘zbekning boshiga 200 yildan beri kambag‘allik yozilgan shekli afsus
Olloh o‘zi osha qiynalayotganlarga sabir bersin ajr bersin iloyim
Bu muammo faqat Sirdaryoning bitta qandedir qishlog‘idagi ahvol bu muammo butun O‘zbekistonda borku
Maxfuzaxon
Yig'ladim, men ham qishloqda yashayman.Qishloq ayollari o'zlarini ayolligini unutib qo'yganligi sir emas!!!Tirikchilik qursin, erkaklari ishlamaydigan yurtga aylanib boryapmiz, o'qimagan qizlarga rahmim, keladi, ularni ham shunday hayot kutadida, qiz farzandingizni o'qiting odamlar!!!
Fazliddin Choriyev
Yozilgan hamma commentlar to'gri. Ayb islohotda yoki biron bir amaldorda emas. Islohotni ham amaldorni ham to'g'irlasa bo'ladi. Lekin bilimsizlikni to'g'irlash qiyin. Odamlarda haligacha dunyoviy va diniy bilimlari kam. O'rgatish o'rganish yaxshi bo'lmagan. Hayot shunday. Kimdir shunaqa yashashi kerak-ku. Taqdiri peshonasiga yozilgani shundaydir. Men ham yoshligimda yirtiq kalishda, sovuqlarda rezina etiklarda loy kechib, maktab qatnaganmiz. Hamma ham bir tekis mashina minolmaydi. Peshona yozilgani shu. Taqdir. Bunaqa muammolarni erkak zimmasiga olishi kk. Bekorga bizni oila boshlig'i qilishmagan. Bilimsiz erkakdan ideal olia boshlig'i chiqmaydi
Ollohim hammani yaxshi kunlarga yetkazsin, uzgarish buladi degan gaplar ertakka aylanib borayabdi!!!!
Нимасини айтасиз.682минг ойлик
Adilov Shoxrux
.
Shaharda tug'ilganlar, omadi chopganlar!
U.T.Umaraliyeva
Bu butun O'zbekiston qishloqlaridagi holatku. Gaz yo'q svet yo'q. 21 asrda gaz o'rniga tappi yoqadi. Svetni o'rnida sham yoqadi. Internet yaxshi ishlamiydi. Xamma bejizga shaharga intilmaydi
Ravshan Axmatov
Nafaqat Sirdayo bu butun dunyoda bor. Bu jutnalist Sirdaryodagi xolat bilan o‘zini muammolarini solishtiribdi. Afrikaga borib ochlikdan nobud bo‘layotgan, Suriyaga borib uysiz qolib ko‘chada tunayotgan, Afg‘onistonga borib loy paxsali uyda yashab paranjisidan yuzini ocholmaydigan ayollar oldiga borib Sirdaryodagi ayollarni solishtirsin. Mana bu xayot shunday yaralgan. Xamma o‘zi uchun kurashmasa bir yoki ikki kishi bu muammolarni bartaraf qila olmaydi.
O‘zim ham qishloqda turaman qishloqda hamma bir birini taniydi biror gapni aytgani uyaladi qishloqdagilar,ichidagi dardni aytolmaydi.Har bir oila bn indivudalni ishlamaydi mutasaddilar.Mahalla faollari hamon uyquda.Yordam pullari beva bechoralarga berish o‘rniga dang‘illama uyi bor,tagida mashinasi bor odamlarga beriladi.Hamma yoq tanish bilish.
Javohir Botirov
Hurmatli jurnalistxon!!! Ularni muammosini ijtimoiy tarmoqda yoritib, nimaga erishdingiz oyoģidagi kalishini yangilab berdingizmi, yoki bir boģ gul sovģa qildizmi??!!
Аллох сабру жамил берсин. Жаннатни хурларидан юксак макомларга чикасиз мунис аёллар, иншааллох.
С Ш А
Shaharda tug'ilganlar, omadi chopganlar!
Унчалик эмас, ажр олишда фарклар бор
Show next 100 comments