Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
Òzdan balandoqni kòrib ģam yema,
Ki odamlar borki, sen bòlishni orzu qilur.
☪︎
Televidniya kelganda haqiqiy hayotni kursatib ketsa hamma uchun ibrat bulardi masulyati borlar ozgina his qilardi. faqat 4qator she’rni uqib berganday gapiradi qachon qarasak!!!Bu mani fikrim.
Кишлокдаги аёллар : улар аёллигини аллакачон унитиб хакикий эркакка айланишган улар шароит ёмонлигидан хардоим тепадагилардан яьни шу шароитларни яхшилаш керак булган масьул шахслардан нолиб норози булиб яшайди.Лекин хечкайерга бориб шикоят килмайди .Бечора ожиз "эркаклашган аёллар"
Umida
Lekin hicham nolimidi qishloq ayollari doim shukur qiladi
avvalam bor assalomu aleykum xushnudbek aka qani edi sizday uylashsa xamma Xamma qiwloq ayollari wu kabi yashashadi ularni sabri metin kabi bulib ketgan
Oddiy aholi (xalq )ga hali ham qiyin.
G.SH.H.
Nechta qishloqni ko’rgan bo’lsam yaqin orada bundanam og’ir hayot u yerda . Erkaklar o’ylamasa , ayollar o’ylaydi ro’zg’orni
Shahnoza Mahmudova
Иллат излаганга иллатдир дунё,ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё. Мен қишлоқни севаман, тўғри у ерда шаҳарникидек шароит йўқ,лекин соф ҳаво, сунъий бўлмаган дунё бор.
Ha bularni hammasi rost😔
Bir gektar yerni ag'darib sog'lom holda yurish ham "baxt",qishloqning asl hayotini bilganlar bunday o'ylamaydi,achinish kerak emas,bundan ham yomonroq yashaydiganlar bor...men qishloqda ishlagan,"ichuvchi" erga chidagan ayolman...internetda muhtojlarni ko'rib yig'layman,ammo tiriklik,mehnat qilish ham "baxt"--ku
Assalomu alaykum yurtdoshlar
Oldindan uzr soʻrayman
Qishloqlarga kimdir (amaldorlar) kelsa (moboda kelsa ham) faqat yaxshi yaxshi joylarni rasmga videoga olishadi. Xamma narsa xoʻja koʻrsinga. Har kim yaxshi yashashga haqqi bor.
Men ham qishloqda yashayman qishloqdagi barcha ayollar shunday deb o‘ylaysizmi yo‘q unaqamas shunday ayollar ham borki men man degan shaharlik ayollarni yo‘lda qoldiradi... ammo lekin albatta shukur qilish kerak qanday yashash esa har kimni o‘z qo‘lida deb o‘ylayman hamma o‘zi uchun harakat qilish kerak ayol kishi 15 20 daqiqani o‘ziga sarflasa menimcha olam guliston.
G.SH.H.
OG'ABEK.丂༻
Ha bularni hammasi rost😔
Qishloqni hayotiga havas qilganlar , ozroq yashab ko’rsin , singillarim mendan ancha yosh , 8,10 kichik , lekin yoshi ancha katta ko’rinadi
Kambag'al bo'lib tug'ilish ayb emas, kambag'al bo'lib o'lish ayb degan gap bor.Har bir inson xoh ayol xoh erkak kelajakda yaxshi yashayman desa yoshlikdan kitob o'qishi kerak edi.Juda kitob o'qishga imkoni bo'lmasa ham biron bir hunarni egallashi kerak.Hozirgi zamonda 1 daqiqa ham bo'sh yurmasdan tinmasdan mehnat qilish kerak.Albatta aqlni ishga solib!
Qishloqda balki sharoit yo'qdir,lekin "mehr" bor,oriyat bor,muhimi-shu
G.SH.H.
Iroda , sizga javob , balki siz yosh ko’rinarsiz , lekin ketmon chopib , makka sitgan , piyoz o’tagan , kartoshka kavlagan , kuzda qishligimni g’amlab Olay , deb dalalarda mashoq Tergan qo’llar qadog’i uncha muunchaga ketmaydi, vaqti ham yo’q bechora ayolning yo’q, .
Sirojiddin
Xukumat xar doim qishloq axlini o'ylamagan va o'ylamaydi ham. Oldinlari xar xolda qishloqda ish bo'lardi davlat ishxonalari a xozir esa juda xarob
Qiwloq ayollari uwa waroitga kunikkan. Man uzim yerga tarvuz ekiwga iwlaganman ozim 1 gk tarvuz ekganman uwanga uzim qaraganman . qiyin . Lekin kunikadi hamma inson db uyliman . Qiyincilikladan kyn xoz uqiwga kirdm mehnati roxati db uyliman. Inson iwlasa hec qacon xor bomiydi.
Show next 100 comments