Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
Gulbahor Rahmonova
Аёллар муаммоси кўтарилганда ҳозирги даврда ёлғиз аёл деб берилаётган ёрдамлар, уй жойлар хақиқий эгасига бериляптими, деган савол туғилади. Беникоҳ фарзанд орттириб олиб ёлғиз онаман, деб ҳокимиятга,маҳаллага, поликлиникага ва бошқа жойларга жанжал кўтариб ўз "ҳуқуқини" уялмай талаб қилаётган аҳлоқсиз аёллар ҳам кўп. Юртга фойдаси тегмайдиган худди ўзидай фарзандни тарбиялаб қолдирадиган бу кабиларга нега ёрдам бериш керак?! Ундан кўра бир нечта фарзандларни ўқитиб юрт корига ярайдиган қб етиштирган, лекин оиладаги етишмовчилигини сабр бн енгиб яшаётган, дардини айтишнии ор деб биладиган аёлларга ("ёлғиз аёл" бўлиши шартми? ) "яхши фарзандлари учун" , келажакда юртга зарари эмас фойдаси тегадиган авлод тарбиялагани учун рағбатлантириш ҳақида ўйлаб кўриш керакмиккан???
Тупа тугри мен шу гапларга кушиламан
Allohga shukr qilishni yodidan chiqarganlarni kózidan yoshini chiqaradi bu haqiqatlar
Yo‘q umuman aloqam yo‘q mahallako‘mga o‘z fikrimni bildirdim xolos hamma narsadan yaxshilik izlab boriga shukur yo‘g‘iga sabr qilishga odatlangan bir insonman xolos
Men qishloq ayoliman,hayotimizni yomon desalar "or"im keladi,o'zini xor qilmasdan mehnat qilsa,turmush o'zgaradi,qachongacha osmondan chalpak yog'ishini kutish kerak,azizlarim...
Etihad
Siz internetda o'tirgan Ketmon chopayotgan qishloq ayolimisz!?,yoki usha taqdir deb atayotgan kalish kiygan ayoldek ota onayiz yoq yetimmisz!?,yoki eri ichadi diysz er kishi nimadan ichadi savol havasdan ichadimi!?Bu jamiyat qachon o'zgaradi hamma inson o'zini qarichi bilan baholaydi hayotni insonni siz internetda otirgan ayollar yoki insonlar qishloqdagi sz u ayollarni ustidan kulib bir burda non uchun Mardikor qilib ishlataszku uyizda nega hokim yoki tekshirish borsa o'zingizni yaxshidek,hayot zo'rdek qilib korsatib "Paxta" qoyib yuboraszlarku,Savol usha gaz,Tok yoq tappi yoqvotgan insonlar hayoti zormi szningcha havosi tozami savol!?Sal haqiqatni aytinglar yetar endi Maqtashlar Vijdonni unitib Oxiratni unitmayabmizmi O'zbek xalqi !? Togri eng aqlli yoshlar Qishloqdan chiqadi balki usha tappi yoqqan ketmon chopgan ayollarni farzandifarzandidir balki!?
эр чиқди деб қизларини суриштирмай мол сотгандай узатворадиганлар шу ахволга тушвуради.

шу холатга келганига ўзида айб, нолигандан ким ёрдамга келувчилар бораканми....
Nima o'zgaradi,rahm qilib sadag'a berishlarini kutmasdan halol mehnat qilsang,hech kimga muhtoj bo'lmaysan-ku,men pensiyaga chiqqach internetda muhokamalarni kuzatyapman
ELDORBEK YULDASHEV
Vaqtida o'sha chekka chekka qishloqlardagi talim tizimi, aholi turmush tarzi, maktabgacha talim tizimi umuman barcha barcha sohalar isloh qilinganda edi shu ayollar mana shu ahvolga tushmagan bo'lar edi.
Rahbar nima uchun kerak xalq dardi bilan yashamasa. Faqat poraxo'rlik, tanish bilishchilik......
Sirojiddin
Shodiyam Shodligim😊
Bunday kamchiliklar hamma mamlakatlarda bor.Manaman degan rivojlangan mamlakatlardaham bor.Balkim meni tosh bagir db uylarsizlar ammo men uzimni anglaganimni aytaman insonni hayotini yaxwilaw uzini qulida menham qishloqda katta bulganman.3bor uriniwda unversitetga kirdim agar yengilganimda balkim wular kabienham wunday bb qoliwim ham mn edi men ham dala iwlari oģir mehnatlarni oz bulsada kurdim xulosam uqiw uqiw va yan uqiwni anglab yetdim.Tuģri bu ayollar orasida chindanham ogir noilojlar bordir lekin hammasiham emas men xalqqa qarwi emasman ammo tan olinglar biz uzbeklar ozgina dangasamiz va qizbolani uqiwi kkmas degan chirkin aqidaga yondowib qolganmiz.Agar sarqit mintalitetlarni tuqotsak ozfina mehnat qilsak taqdirni uzgartirsa buladi .Hamma wunday noliyversa hechqachon yuksalmasak kk.Oddiygina karantinni olaylik aybga buyurmangu uziga tuq oilalarham yordam suradi bu uyat bu warmandalik wuning un bu ayollarning hammasiga savr toqat va matonat tilayman.Va bizda tuyni va bemaza urf odatlarni kamaytirilsa kamxarj tuylar bulsa vazaytimiz qncha yaxwi buladi.Tanqid qiliw oson ammo muommoni yechimiga kelganda aql xòjalik qilolamiz xolos.Qizbolani uqitmasaham hunarli qiliw kk.Farzandlarni sonini emas sifatini owiriw kk wundagina hayotimiz yaxwilanadi.
Sizni bu matningizda butunlay imloviy xato borki siz qanday qilib institutga kirdingiz va yana o'zbeklarga boshqa millatlar nega past nazarda qaraydi chunki o'zbeklar o'z tilida doimo imloviy xatolar bilan yozadi
Ulug'bek
Assalom alaykum yaxshimisz bu xolatga men togrisi qoshilmaymn qishloq sharoitida yaxshi hayot kechirishga insonni oziga bogliq unday Sunday Deb Kim kelsa aytib ketaversa hech qachon Hal but qolmiydi xudayim hammaga rizqini albatta beradi faqat sabr qilush kk va mehnat qilish kerak xudoni esdan chiqarmasang qishloqmi shaharmi hammasida yaxshi hayot kechirsak boladi
Buni bari ilmsizlikdan
Yordam berar ekan deb,o'zingni xor qilishing,insoniylikning qaysi bandida bor,qishloqi bo'lish uyat emas,yerning ichiga eski kalish kiyib kiradi hamma
Miss.....
Хар кимга оллох ўз рисқу насибасини берган. Хеч ким ундан ортиғини ололмайди.
Etihad
Ilmiszlikmas ishsizlikdan Bazi Oliy malumotli tupoylardan Maktabni tugatganlar ongliroq Hayotni uqqan O'qimagan ular Hayotni uqqan !
Азизлар азиз ватандошлар биз кураётган не не иншоатлар имкониятлар замонидамиз лекин аччик хакикат инсоннинг узига яраша уз имконияти онги фикри бор. Шундай огир шароитга тушишга ким Айбдор деб уйлайсиз.... узи айбдор деманг сиз эришган нарсаларни келтириб имконияти 0 га тенг инсонларни узи айбдор деманг. Бу давлатда кискаси уларга ёрдам бериш кк
Sirojiddin
Shodiyam Shodligim😊
Bunday kamchiliklar hamma mamlakatlarda bor.Manaman degan rivojlangan mamlakatlardaham bor.Balkim meni tosh bagir db uylarsizlar ammo men uzimni anglaganimni aytaman insonni hayotini yaxwilaw uzini qulida menham qishloqda katta bulganman.3bor uriniwda unversitetga kirdim agar yengilganimda balkim wular kabienham wunday bb qoliwim ham mn edi men ham dala iwlari oģir mehnatlarni oz bulsada kurdim xulosam uqiw uqiw va yan uqiwni anglab yetdim.Tuģri bu ayollar orasida chindanham ogir noilojlar bordir lekin hammasiham emas men xalqqa qarwi emasman ammo tan olinglar biz uzbeklar ozgina dangasamiz va qizbolani uqiwi kkmas degan chirkin aqidaga yondowib qolganmiz.Agar sarqit mintalitetlarni tuqotsak ozfina mehnat qilsak taqdirni uzgartirsa buladi .Hamma wunday noliyversa hechqachon yuksalmasak kk.Oddiygina karantinni olaylik aybga buyurmangu uziga tuq oilalarham yordam suradi bu uyat bu warmandalik wuning un bu ayollarning hammasiga savr toqat va matonat tilayman.Va bizda tuyni va bemaza urf odatlarni kamaytirilsa kamxarj tuylar bulsa vazaytimiz qncha yaxwi buladi.Tanqid qiliw oson ammo muommoni yechimiga kelganda aql xòjalik qilolamiz xolos.Qizbolani uqitmasaham hunarli qiliw kk.Farzandlarni sonini emas sifatini owiriw kk wundagina hayotimiz yaxwilanadi.
Rivojlangan davlatlarda ham bundaylar bor debsiz, lekin men rivojlangan davlatlarda yashab chekka qishloqlarida bo'ldim xech ko'rmadim, siz qachon qaerda ko'rdingiz bilmadim, to'g'ri rivojlangan Xindistonda bor lekin axoli soni bilan geografik hamda boshqa imkoniyatlarini solishtirib ko'ring
widget
Òtgan ketgan turtmaslik uchun turmush qurush kerak. Beva erkaklar kamligini va chimildiq ko'rmagan yigitlar beva ayolga uylanish ehtimoli kamligini inobatga olsak, Alloh ruxsat bergan, Alloh halol qilgan ko'p xotinlik ya'ni 4 tagacha ayolga uylanish huquqini yuridik jihatdan ruxsat berish kerak.

Oxirida savol !

Alloh ruxsat bergan narsani cheklaydigan, jinoyat darajasiga olib chiqadiganlarni kim deyish mumkin?
Show next 81 comments