Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
UMIDAXON👸.ASADBEK👶💞💞...
Iw bolsa iwlawadida iw yoqligidan towketda yuribmiz xudoga wukurkiy 2talab uy joyam qildik man norazi emasman faqat qiwloqda qiynalganlarni korib xafa bolib ketaman xolas etbor yoq chekka qiwloqlarga
𝒎𝒂𝒇𝒕𝒖𝒏𝒂
Qishloqda ham shahar sharoitidanda yaxshiroq qilib yashayotgan insonlar bor.Kòrsangiz havasingiz keladi.Faqatgina tinmay qilingan harakat va mehnat evaziga erishiladi bu natijaga.Avvalo insonni òzida yaxshi yashashga qiziqish va intilish bòlishi kerak.Inson òzi chin dildan istagan narsasiga qanday bòlmasin erishadi.Olloh soģlikni berib tursa qolganini hamma òzi eplasa bòladi.Avvalosi shukrda gap kòp deb òylayman.Bir tuyur nonni shukr bilan mazzali qilib yeb yurgan insonlar ham bor.uyida hamma narsasi bòla turib nima yeyishni bilmay noshukurlik qilib yurgan insonlar ham bor.5 qòl barobar bòlmaganidek jamiyatda hamma bir xil yashay olmaydi.
N.R.Raxmataliyevna
Xushnutbek doim yaxshi narsalarni kotarasizda men xam qishloqdanman oqidim maktabda ishlayman yetakchi bolib ertalab soat 7da uydan chiqib ketaman soat 17yarimda uyga kirib kelaman ishga kelguncha uy ishlari qaytganda dalaga borib ishlab kelishgayam ulguraman lekin judayam charchayman bu faqat menda emas qishlogimiz barcha ishlaydigan ayollardayam yakshanba dam olish kuni bayram kunlari bayram emas dalada ish uyda osh qatiq,kir yuv suv,gaz umuman muommo ochoqqda ochogi shaxarda yashash orzuyim😊😊😊
Hayot ham qimor chidasan g O'YNA chidamasang chetga chiq.... Xushnudbek aka postini kanali da joylaganiz uchun rahmat kattokon bu postlar haqiqiy samimiy qilib berilgan....
N.R.Raxmataliyevna
Bazida qaniydi Oqituvchilar uchun 2oylik kanikulda sanatoriyalarda 10kundan dam olish majburiy qilsaydi deb oylab qolaman😔
kim bu
Aslida gaplar gaplarga ulashadigan muhokamalar bolibdi. Hamma narsani, har holatni to'g'ri yo'lga yo'naltirsa, balkim zor bb ketar. Aslida hammasi yaxshi. Bunga shukur qilmoq darkor. 90-yillardan aaaannnncccchhhhhaaaa yaxshi. Buni korib turubmiz. Maktabda ishlaganim uchun aytamanki, maktabdagi holatni saaaaaallll o'zgartirish kerak. Bu fikrda. Simflarda bola sonini 25yadan qilgan maqul. Yana yoshlarga ВУЗ lar haqida ma'lumot berish kk. Bu larni mega yozdim bilmadim. Fikrda Xushnudbek aka.
Nigora Abdullayevani fikriga qòshilaman nolishdan kòra mehnat qilish kerak halol mehnat risq beradi
Saidmurodov Zafarbek
Assalomu alaykum yurtdoshlar men ham yuqorida bulib utgan gaplarga qushilaman lekin bu qishloqlarda yashash orqada baribir chunki oylik daromadi bor insonlar yaxshi yashaydi daromadi yuq inson nima qilsin? Baribir ish bn taminlansa yaxshi bular edi. Xullas gapirsa gap kup Xushnudbek aka sizga rahmat dolzarb mavzuni kutarib siz...
Dil ba yor - dast ba kor
widget
Hamdambek Soliyev
Kim bólsangizam oxirini òylab durib kn gap tashlash garak.
Sahobalar davrida boyu kambag'alda 4 tadan xotini bo'lmagan. Kimni imkoni va xohishi to'g'ri kelsa shular turmush qilishgan. Hali ruxsat berildi degani ayollar majburlab turmush qurushadi degani emas. Siz dinni òrganing. Dinda majburlash yoq.
Bandaning 2 xil yol bilan keluvchi rizqi boladi:
1. Buyuk yaratuvchi Alloh tomonidan beriluvchi rizqi
2. Banda ozi sayi harakati bilan topuvchi rizqi...
4 xotinlikni taklif qilayotganlar fikriga qòshila olmayman ayol bòlganim uchun emas tuģrilikcha yondoshmoqchiman bizni qishloqdaham 2 xotinli lar bor lekin hechqaysini oilasi tinch emas farzandlari ancha boshi egilgan òzimdan bir tosh kichik bola zur òqirdi dadasini 2 xotin olganidan sòng umuman òqimay qòydi dinda bor deb niqob qilish yaxshimas kelajakda singlingiz yo qizingiz kelib erini yana birbor uylanganini aytsa quvonasizmi.Hafa qilgan bòlsam uzur pichoqni avval uzinga ur oģrimasa birovga deyishgan.Hechqachon kòpxotinlik hayot ni yaxshilanishiga yordam bermaydi eplab bitta oilani boqa olmaydigan zamonda kòp xotinni eplolarmidi.Dinda birinchi xotini ruxsat bergan holatda deyilgan adashmayotgan bòlsam.Aslida mana shu 2xotinlik jamiyatni botqoqlika boshlayapti.Otadan tarbiya oladi farzandalar otasi shu ishni qilgandan keyin yetuk yoshlar qaerdan chiqsin.Ota onasi mehriga tòygan va tarbiyasini olgan farzandlar yurtimizni kelajagini yaxshilay oladi.
Hop oilaliymisiz singlingiz yo qizingizni kuyovi 4 xotin olsa quvonasizmi
widget
Shodiyam Shodligim😊
Hop oilaliymisiz singlingiz yo qizingizni kuyovi 4 xotin olsa quvonasizmi
Agar eplasa bemalol. Hammadan yashirib o'ynash ortirib yursa yaxshimi?
Erkakni er qiladigan ayol bòlsa ayolni ham ayol qiladigan erkakdir.Hardoim oila muommosini ayolga yuklamay ayolga hurmat bn qaralsa ayol uyni jannatga aylantira oladi va sizniham otaonangizniham roziligini oladi
Show next 55 comments