Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
Hop oilaliymisiz singlingiz yo qizingizni kuyovi 4 xotin olsa quvonasizmi
widget
Shodiyam Shodligim😊
Hop oilaliymisiz singlingiz yo qizingizni kuyovi 4 xotin olsa quvonasizmi
Agar eplasa bemalol. Hammadan yashirib o'ynash ortirib yursa yaxshimi?
Erkakni er qiladigan ayol bòlsa ayolni ham ayol qiladigan erkakdir.Hardoim oila muommosini ayolga yuklamay ayolga hurmat bn qaralsa ayol uyni jannatga aylantira oladi va sizniham otaonangizniham roziligini oladi
2xotinga uylanish uchun sabab kerak agarda 1xotin dan kònglingiz tòlmasa uni yaxshilashga va ardoqlashga urinish kerak.Òzga ayolga qaradingizmi bu nafsdan boshqa narsa emas
widget
Shodiyam Shodligim😊
Erkakni er qiladigan ayol bòlsa ayolni ham ayol qiladigan erkakdir.Hardoim oila muommosini ayolga yuklamay ayolga hurmat bn qaralsa ayol uyni jannatga aylantira oladi va sizniham otaonangizniham roziligini oladi
O'z ayoli bo'la turib, begona ayollar bilan zino qilgan erkakning oldiga pok taom qo'yilarkan. Lekin bu erkak pok taomni emas, bir axlatni yerkan. Nimaga deyilganda halol jufti turib zino qilgani uchun ekan
Bir qiz siz un uyini oilasini va yaqinlarini tashlab keladi uni baxtli qilo olmasangiz va sizham rozi qila olmasangiz sizham dozaxiysiz
widget
Shodiyam Shodligim😊
2xotinga uylanish uchun sabab kerak agarda 1xotin dan kònglingiz tòlmasa uni yaxshilashga va ardoqlashga urinish kerak.Òzga ayolga qaradingizmi bu nafsdan boshqa narsa emas
Jannatda erkaklarning kamida 2 ta ayoli bòladi. 2 ta xotin tutish degani yomon narsa emas, agar shariat buyurgan amallarga bo'ysunsa
Xullas nafsini tiya olgan erkak haqiqiy erkak.
Avval savolimga javob beringchi singlingiz yo qizingizni eri 2 3 xotin olsa xursand bòlasizmi
widget
Shodiyam Shodligim😊
Bir qiz siz un uyini oilasini va yaqinlarini tashlab keladi uni baxtli qilo olmasangiz va sizham rozi qila olmasangiz sizham dozaxiysiz
Shariat shuning uchun ham eplasa 4 ta xotin olsin deganda. Lekin shariat aytgandek hamma shartlarni erkak kishi bajarsa, ayol shunda ham kam, rozi emasmas desa bu ayol noshukur bòladi. Lekin ayolning shariatda aytilgan haqlarini erkak bajara olmasa, erta hisob-kitob kuni juda qiynaladi. Lekin Islom dini osonlik dini ekanligini hisobga olsak, erkak kishi qunt qilsa va shariat talablarini bajarishga harakat qilsa, 4 ta xotinni eplay olishi shart
Hayotda aql òrgatish juda oson his qilib yashah juda qiyin.Insonni tushinish un òsha insong aylanish kk.Shundagina adolat li bòladi
widget
Shodiyam Shodligim😊
Avval savolimga javob beringchi singlingiz yo qizingizni eri 2 3 xotin olsa xursand bòlasizmi
Allohga isyon qilmasa, ayollariga shariatda buyurilganidek chiroyli muamola qilsa, xursand bo'laman
Unda kutamiz hayotinizda ròy bersa😊
widget
Kuting bu hayot barchamizniki, men bunday holatga tayyorman. Sizchi?
Tanasi boshqa dart sezmas
Show next 40 comments