Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
Boshiga tushumagunicha hech kim boshqa insonni dardini anglamaydi
Bunday insonlar atrofimizda juda ham ko'p...Bu ayol faqat bizga ma'lumlardangina ekan...Qanday munosabat bildirishga ham ikkilanasan kishi...
Samimiyatdan kelib chiqadigan bo'lsak ichimiz achishadi,rahmimiz keladi bu ayolga..Hatto uzining sabriga tahsinlar aytgiz keladi...
Yana bir tomondan bu yo'lda yurishiga o'zi sababchi ham deb o'ylanib qolasiz.. Hamma harakatiga yarasha natija oladi...bu yo'lni uzi tanlaganku axir shundeymasmi...
Nega qishloqda yashash og'ir deb kim aytdi.Odamzod o'zi uchun harakat qilsin.Harakat qilganga xudoyim ham beradi?Olma pish,og'zimga tush demasdan.Mening dadam oddiy dehqon edi.4-farzandni o'qitib oliy ma'lumotli qildi.Qishloq odami.Harakat qildi.Qishloq ayollari xunuk emas aslida tabiiy guzal.Qishloqlarimizda hamma sharoit bor.Faqat mehnat qilsak bo'ldi.
widget
Nasiba Tulqinovna🌺
Nega qishloqda yashash og'ir deb kim aytdi.Odamzod o'zi uchun harakat qilsin.Harakat qilganga xudoyim ham beradi?Olma pish,og'zimga tush demasdan.Mening dadam oddiy dehqon edi.4-farzandni o'qitib oliy ma'lumotli qildi.Qishloq odami.Harakat qildi.Qishloq ayollari xunuk emas aslida tabiiy guzal.Qishloqlarimizda hamma sharoit bor.Faqat mehnat qilsak bo'ldi.
Chekka qishloqlarda suv, gaz, svet muammo. Shaharliklar choy qaynatish uchun olovni yoqishga 1-2 soniya ketadi. Qishloqda esa olov muammo bo'lsa, bir necha oy ketadi (òtin, tappi tayyorlash vaqti). Biz o'rta asrlarda yashamaymizku? Elektr bormagan joylar qolganmi dersiz? Elektr kabellari borib, elektr bormagan joylar ayniqsa qishda ko'payadi. Agar elektr, gaz, suv va pul bo'lsa, istalgan joydan sharoit qilsa bo'ladi.
Afsuski O'zbekistonda chekka qishloqlar ko'p
Шахло
Ассалому алайкум, мени фикрим хам юқоридагилар каби илм, билим олиш, изланиш керак. Биз хам оилада 4 фарзанд, отам оддий шофёр. Бой бўлмаганмиз, лекин кечаси билан ўқиб ўз кучимиз бн бюджетга ўқишга кирганмиз. Хозир мен банкда бўлим бошлиғи, синглим ва укам шифокор, яна бир синглим ўқитувчи, хеч биримиз кам эмасмиз. Тўгри қишлоқда қийин лекин харакат қилса бўлади, мени фикрим илмли одам хеч қаерда хор бўлмайди хох шахар хох қишлоқ, илм деганда шунчаки диплом эмас, ўша дипломни хакикатда оқлайдиган билимлар жамланмасини назарда тутяпман
Hammada qandaydir yetishmovchiliklar bo'lib turadi undan chiqishni yo'llarini o'rganish lozim bo'lmasa shularga ko'milib yashashga to'g'ri keladi.
Assalomu alekum qoloqlikdan chiqish yuli faqat bilim bilan biz harakatdan to'xtamasligimiz kerak ayniqsa ayollar bilim olishiga e'tiborliroq bo'laylik . Bazi oilalardagi muhit nosog'lom erkaklar uqisa bo'ldida degan gap nimasi axir .
Xattoki ba'zi erkaklar hali gender tengligining mohiyatini tushinib yetgani yuq . Bu degani ayollar har narsada sizdan ustun bo'lib ketadi degani emas , itoatkorlik , vafolilik, milliylik saqlangan holda ideal ,bilimli, kelajak uchun yangilik kirita oladigan farzandlarni tarbiyalaydigan ayolni tushunishimiz kk
Кизлар купрок укиши,фикрлаши,урганиши керак,уз олдига максадлар куйиши,интилиши керак.
Чунки уша киз вакти келиб она булади,фарзандини тарбия килади
Шахарларимиз кучаларида понтоват килиб юрган одамларга худди эртакдек эшитилса керак, корни тукни корни оч Билан Нима иши боор дегандее
Бирни кўриб фикр қил, мингни кўриб шукур қил деб шуни айтади.
Ҳамма шароитлари бўла туриб нола қиладиганлар қанча.
Zulfiya
Shukur qilaylik utayotgan xar bir kunimizga
Абдигани Шовриков
B S
Hammada qandaydir yetishmovchiliklar bo'lib turadi undan chiqishni yo'llarini o'rganish lozim bo'lmasa shularga ko'milib yashashga to'g'ri keladi.
Лекин шунда хам улар дардини хар кимга дастурхон килмайди борига каноат килиб яшашда давом этади,шулар бор учун хам хали бери киёмат койим булмайди иншаоллох.
Shohista
widget
Hammasini negizida ilm. Yana manipulyaptsiya. Qachondan buyon ko'p xotinlikka munosabat yomonlashdi? Ulkan davlat sohibi Bobur Boburnomada o'z davri haqida turli faktlarni keltira turib, ko'p xotinlikning muammolari haqida nimaga yozmagan? Hozir oila boqish qiyin, oldin esa osonmidi? Bu ko'p xotinlikka munosabatni insonlarda kim shakllantirdi?
Kim aytdi sizga Bobur ko'p xotinlilikni yomonlamagan deb.Bobur aynan ko'p xotinlilikni yoqlamagan.Farzandlari o'rtasidagi sovuqchilikda ham,o'zi va ukasining o'rtasidagi salbiy munosabatda ham ko'p xotinlilikni sababchi deb bilgan.Agar imkoni bo'lganida Bobur ,albatta,bu odatni ta'qiqlardi.Ammi bir marta dminsonlar e'tiqodi bilan hisoblashmasligi unga qimmatga tushgani uchun inday olmagan.
Atoqli adibimiz O'tkir Hoshimov ham "Sharqning tanazzuli ko'p xotinlilikda" deb aytgandi.
Aaa bizda Andijonda, shahardagi MFY larni binosini tugirlashyapti, kuchani ichidagi kirishi mumkin bulgan kuchalarni tamirlayapti... Afsus, usha sirdaryodagida hotinlarni soni kamaymayaptida bizda ham...
Shohista
Ayollarni ilmli qilish kerak.Hech bo'lmaganda kasb-hunarli qilib hayotda,jamiyatda o'z o'rnini topgach,keyin turmushga berish kerak.Bizda turmushga chiqish muammoning yechimi sifatida qaraladi.Ertaklarni tahlil qilsangiz ham oxiri ikki yoshning qirq kecha-yu qirq kunduzlik dabdabali to'yi bilan yakun topadi.Xuddi shu bilan hammasi silliq kechdigandek.Qizlarimizning ajsariyati shu motivatsiya bilan ulg'ayadi.Shahzodani uchratish va ...
Erkak kishi har qanday ishda halol yo'l bilan kelajakda pul topishi mumkin.Ammo ayollarning imkoniyati ancha chegaralangan.Ertaga nima bo'lishiga hech kim kafolat bermaydi.Shuning uchun ilm olishi biror kasb yo hunarning boshini tutib keyin oila qurishi kerak.Ularning qizlari ham kelajakda onasining yo'lidan boradi.
Go'zal Isomiddinova
Shunga harakat qilyabmiz uqimishli ayol bolishga har qadamda qoqilasan yiqilasan hozir 80,foyiz ayol dardi
Umida
Lekin hicham nolimidi qishloq ayollari doim shukur qiladi
Togri hicham nolimidi lekin ulayam hohlidiku ich ich ichidan sizam chiroyli bo'lib yurishi holisizku
N.R.Raxmataliyevna
Bazida qaniydi Oqituvchilar uchun 2oylik kanikulda sanatoriyalarda 10kundan dam olish majburiy qilsaydi deb oylab qolaman😔
😂Мажбурий киса зур булардида 😂дам олишга рухсат бермидиган келинглар факат ишлаш керак деб фикрлидиган кайнаналар ва эрлани холига войда кейин👌🤗😂👍
Show next 15 comments